Feng Xiaoting (1985-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining "Shanhai Shenhua " klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Feng Xiaoting futbolchilik faoliyatini 2003-yilgi liga mavsumida Sichuan Guancheng bilan boshlagan va u yerda tezda kuchli futbolchi sifatida oʻzini namoyon qilgan. U bor-yoʻgʻi 17 yoshda boʻlishiga qaramay, ularni bir necha oʻyinlarda sardorlik qilgan va Xitoyning professional futbolidagi eng yosh klub sardoriga aylangan. 2003-yil dekabr oyida Feng Liga 1 jamoasi „Nant“ bilan qisqa sinovdan oʻtgan, ammo klubga qoʻshila olmagan. Uning ikkinchi mavsumi jiddiy jarohat olib, 2004-yilgi liga mavsumining koʻp qismini oʻtkazib yuborgan.
Feng 2008-yilning yozida A Seriya vakili AC Siena bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgan. Ularning sport direktori Manuel Gerolin 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasining barcha oʻyinlarini tomosha qilgan. Dalian bilan shartnomasi tugash arafasida Feng 2009-yilgi mavsum oldidan K-liga jamoalari Chunnam Dragons, Jeju United va Daegu FCdan takliflar olgan. Oxir-oqibat, u „Daegu“ FC bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Feng klubdagi debyutini 2009-yilning 22-martida Poxang Stilersga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan. 2010-yil 29-yanvarda Feng K-liga chempioni Jeonbuk Hyundai Motors bilan shartnoma imzolagan. Feng oʻsha mavsumda Jeonbukning himoya chizigʻida asosiy tarkibga kira olmagan va tez orada klub tomonidan isteʼfoga chiqarilgan.
Feng 2011-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Xitoy Superligasi vakili Guanzhou Evergrand bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan. Oʻsha yili kuchli himoya bilan butun mavsum davomida bor-yoʻgʻi 23 ta gol oʻtkazib yuborgan Guanzhou oʻzining birinchi oliy divizondagi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilgi mavsumda Feng Oliy ddivizion chempionligini va Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritgan.
Xalqaro faoliyati Fengni Xitoy terma jamoasiga birinchi marta 2004-yilning 17-martida Myanmaga qarshi oʻyinda ishtirok etish uchun oʻsha vaqtdagi bosh murabbiy Arie Xoan chaqirgan. 2018-yil 20-noyabr kuni Feng oʻzining ilk xalqaro golini Falastinga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan.
Shaxsiy hayoti Feng 2009-yil 16-fevralda Xitoyning CCTV milliy televizion tarmogʻida ishlaydigan Chjao Yinging bilan oila qurgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSichuan Guancheng2003Xitoy Ji A Ligasi25220 - - -2722004Xitoy Super Ligasi1006020 - -180Jami35280200000452Dalian Shide2005Xitoy Super Ligasi602000 - -8020064020 -6000120200740 - - - -402008210 - - - -210Jami35040006000450Daegu FC2009K-League1902010 - -220Jeonbuk Hyundai Motors2010110101070 -200Guangzhou Evergrande2011Xitoy Super Ligasi27210 - - -282201219030 -9010320201325040 -13140461201423000 -9000320201527100 -13030431201622050 -5010330201724120 -10010371201826000 -7010340201916100 -40 -201Jami2095150007011103056Shanghai Shenhua (Ijara)2020Xitoy Super Ligasi13000 -60 -190Shanghai Shenhua2021Xitoy Super Ligasi12060 - - -180Karyerada jami3347360408911104748
Xalqaro statistikasi Milliy terma jamoa YilOʻyinlar Gollar 2004 2 0 2005 0 0 2006 0 0 2007 0 0 2008 5 0 2009 6 0 2010 8 0 2011 5 0 2012 4 0 2013 7 0 2014 6 0 2015 5 0 2016 9 0 2017 7 0 2018 7 1 2019 5 0 Jami 76 1
Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.20.11.2018 Wuyuan River stadioni, Xaykou, Xitoy 1 — 0 1-1 Oʻrtoqlik
Yutuqlar
Klub Dalian Shide
Xitoy Superligasi : 2005-yil Xitoy FA kubogi : 2005-yil
Guangzhou Evergrand
Xitoy Superligasi : 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019 Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015 Xitoy FA kubogi : 2012 2016 Xitoy FA Superkubogi : 2012, 2016, 2017, 2018
Xalqaro Xitoy milliy futbol jamoasi
Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2005, 2010
Shaxsiy yutuqlar
Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2015, 2016, 2017, 2018 Xitoyda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2017
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar