Igor Taran (; 1983-yil 29-dekabr, Toshentda tavallud topgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Hozir futbol murabbiy.
Jamoalardagi faoliyati Faoliyatini 2003-yil Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida boshlagan. Bu vaqt ichida u „Shoʻrtan“ jamoasi safida 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan. 2007-2008-yilda „Andijon“ jamoasiga oʻtib, ikki mavsum oʻynagan. Andijonliklar safida 55 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 2009-yilda u sobiq jamoasi „Shoʻrtan“ga qaytdi va 2013-yilgacha Gʻuzorliklar safini himoy qildi. Bu vaqt ichida u 102 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urishga erishgan. Bu koʻrsatkichlar evaziga Igor Taran „Shoʻrtan“ning eng yaxshi posbonlari va toʻpurarlaridan biriga aylangan. 2013-yil 4-yanvar kuni „Bunyodkor“ Igor Taran bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi. Taran qaldirgʻochlar safida Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylangan. 2014-yili Qarshining „Nasaf“ jamoasida bir mavsum oʻynab, 2015-yilda „Shoʻrtan Gʻuzor“ ga qaytdi va 2018-yilgacha Gʻuzorliklar safini himoy qilgan. 2018-yil Mavsumni Fargʻonaning Qoʻqon-1912 jamoasida boshladi, ikkinchi davrada viloyatning boshqa jamoasi Neftchi klubida oʻtkazgan. 2019-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Hozir futbol murabbiyi. Futbolchilik karyerasi statistikasiYillarJamoa (klub)Oʻyin(Gol)2003—2006Shoʻrtan48(22)2007—2008Andijon55(6)2009—2012Shoʻrtan102(33)2013Bunyodkor18(4)2014Nasaf16(3)2015—2017Shoʻrtan72(26)2018Qoʻqon-19126(0)2018—2019Neftchi9(1)
Milliy terma jamoa U 2010-yil 11-avgust kuni Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va u Albaniyani 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.
Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Igor Taran toʻrtta uchrashuv oʻtkazdi. U milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2010-yilning 11-avgustida Albaniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.
Yutuqlari
Bunyodkor
Oʻzbekiston Superligasi Chempioni (1): 2013-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2013-yil
Manbalar
Havolalar
Igor Taran Milliy futbol terma jamoalar saytida futbolchi profili Igor Taran Soccerway saytida futbolchi profili Igor Taran Transfermarkt saytida futbolchi profili Igor Taran Footballfacts saytida futbolchi profili
Turkum:29-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari