Sepp van den Berg (2001-yil 20-dekabrda tugʻilgan) – gollandiyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Liverpool“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
PEC Zwolle 2012-yildan beri Zwolle yoshlar safida oʻynab kelgan Van den Berg 2018-yilning 11-mart kuni oʻzining asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi va 45-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Liverpool 2019-yilning 27-iyunida Van den Berg 1,3 million funt sterling evaziga „Liverpool“ga oʻtdi. Agar kelishilgan barcha shartlar amalga oshirilsa van den Berg maoshi 4,4 million funt sterlinggacha oshishi mumkin edi. U klubdagi debyutini 2019-yil 25-sentabrda Milton Keyns Donsga qarshi EFL kubogi oʻyinida oʻtkazdi. Van den Berg 30-oktyabr kuni EFL kubogi 4-bosqichida Liverpoolning „Arsenal“ ga qarshi 5:5 hisobidagi durang oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Ushbu oʻyinda penaltilar seriyasida „Liverpool“ 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi.
Preston North End (ijara) 2021-yil 1-fevralda Van den Berg 2020-21-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Chempionshipning Preston North End jamoasiga ijara asosida qoʻshildi. Besh kundan soʻng, u „Roterxem Yunayted“ga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib tushib, debyut oʻyinini oʻtkazdi.
2021-yil 21-iyun kuni Van den Berg Prestonga qoʻshimcha 12 oyga ijaraga berilib, shartnomasi uzaytirildi va 2021-22 yilgi mavsumda klubda qoladigan boʻldi . U oʻzining birinchi professional golini 2021-yil avgust oyida EFL kubogida Morecambe FCga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi.
Xalqaro faoliyati Van den Berg Gollandiyaning yoshlar terma jamoasida oʻynaydi. Gollandiya U19 terma jamoasida 10 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Van den Berg 2021-yil 12-oktabr kuni Uelsga qarshi oʻyinda (5:0) Gollandiya U21 terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti Uning ukasi Rav Erediviziyada PEC Zwolle jamoasida oʻynaydi.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPEC Zwolle2017-18Eredivisie700000——702018-191501000——160Jami22010000000230Liverpool2019-20Premier League001030——402020-21000000——002021-22000000——00Jami001030000040Preston North End (ijara)2020-21Championship160———001602021-224511041—00502Jami61110410000662Jami83130710000932
Yutuqlari Liverpool
FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2019
Manbalar
Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar