Musa Barrow (1998-yil 14-noyanrda tugʻilgan) Gambiyalik professional futbolchi. A Seriyaning Bolonya klubida va Gambiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Dastlabki faoliyati Barrow „Atalanta“ga 2016-yilda Gambiyadan kelib qoʻshildi va u yerda yoshlar tarkibidagi birinchi uchrashuvida ikkita gol urdi. U 2018-yilda yoshlar safida 15 oʻyinda 19 ta gol urganidan keyin asosiy tarkibga qoʻshildi.
Atalanta Barrow professional debyutini 2018-yilning 30-yanvarida „Atalanta“ safida Italiya kubogi doirasida Juventus" ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U A seriyadagi debyutini 2018-yilning 10-fevralida „Atalanta“ safida „Krotone“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazdi.
2019-yil 18-sentabrda Barrow Chempionlar ligasidagi debyutini Zagrebning „Dinamo“siga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
Bologna 2020-yilning 17-yanvarida Barrow 13 million yevro toʻlov evaziga sotib olish majburiyati bilan Atalantadan Bolognaga ijaraga oʻtadi. Uning transferidan koʻp oʻtmay, Barrow Sinisha Mixaylovich qoʻl ostida asosiy hujumchiga aylandi. Yanvar oyida kelganiga qaramay, mavsumning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi. 2021-yil 2-iyulda Bologna uning toʻliq sotib olib, oʻz jamoasiga qoʻshib oldi.
Xalqaro faoliyati 2018-yil 1-iyun kuni Barrow Marokash U23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Gambiya U23 terma jamoasi safida ushbu oʻyindagi yagona golni kiritdi.
Barrow 2018-yil 8-sentabrda Gambiya terma jamoasi safida Jazoir qarshi kechgan Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinda debyut qildi.
U 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi musobaqasida oʻynadi va 2 ta gol urdihttps://www.cafonline.com/total-africa -cup-of-nations/matches/2021/2243295/lineups. Bu musobaqa uning jamoasi uchun birinchi qitʼa turniri edi va ular shov-shuvli tarzda yarim finalgacha yetib borishdi.
Faoliyati statistikasi
Klub + Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Atalanta 2017-18 A seriya 12 3 2 0 — — 14 3 2018-19 A seriya 22 1 2 0 6 4 — 30 5 2019-20 A seriya 7 0 0 0 1 0 — 8 0 Jami 41 4 4 0 7 4 — 52 8 Bologna (ijara) 2019-20 A seriya 18 9 0 0 — — 18 9 2020-21 A seriya 38 8 2 1 — — 40 9 Bologna 2021-22 A seriya 34 6 1 0 — — 35 6 Jami 90 23 3 1 — — 93 24 Faoliyatidagi jami 131 27 7 1 7 4 0 0 145 32
Xalqaro + Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Gambiya 2018 3 0 2019 6 1 2020 2 1 2021 7 0 2022 10 3 Jami 28 5
+Musa Barrou tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2019-yil 12-iyun Stade de Marrakech, Marrakesh, Marokash 1-0 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2020-yil 16-noyabr Mustaqillik stadioni, Bakau, Gambiya 2-0 2-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi saralashi 3 2022-yil 16-yanvar Limbe stadioni, Limbe, Kamerun 1-1 1-1 2021 Afrika Millatlar Kubogi 4 2022-yil 24-yanvar Kouekong stadioni, Bafoussam, Kamerun 1-0 1-0 2021 Afrika Millatlar Kubogi 5 2022-yil 29-may Zabeel stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar