Shoyim Boʻtayev (1959-yil 20-iyun) — yozuvchi va kinodramaturg, noshir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va „Doʻstlik“ (2002) ordeni sohibiShoyim botayev haqida maʼlumot.

Tarjimai hol 1959-yil 20-iyunda Tojikistonning Oʻratepa tumanidagi Maydoncha qishlogʻida tugʻilgan.

O‘rta maktabni 1976-yilda tamomlagan va 1982-yili Leninobod hozirgi Xo‘jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini „Guliston“ jurnalidan boshlab, keyinchalik „Tong yulduzi“ gazetasida boʻlim mudiri, „Choʻlpon“ nashriyotida muharrir boʻlib ishladi.

Oʻzbekiston radiosining „Adabiyot va radioteatr“ muharririyatining bosh muharriri hamda „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Asarlari Hikoyalar toʻplami „Sirli yulduzlar“ nomli ilk qissasi „Sharq yulduzi“ jurnalida 1984-yili bosildi; Xuddi shu yili „Dunyoning sarhisobi bor“ qissalar toʻplami chop etildi; „Endi bari boshqacha“ hikoyalar toʻplami (1988); „Shamol oʻyini“ nomli qissa va hikoyalar majmuasi (1995); „Qoʻrgʻonlangan oy“ romani (1996); „Kunbotardagi bogʻ“; „Hayot“, „Koʻchada qolgan ovoz“ qissa va hikoyalar toʻplamlari ketma-ket nashr qilingan.

Esselari „Odil Yoqubov fenomeni“, „Shukur, ayt-chi bu hayot nima?“ (Shukur Xolmirzayev haqida) esselari bilan kitobxonlar orasida keng tanilgan. „Orfey iltijosi xaloskori“(I. V. Savitskiy haqida)Shoyim BOʻTAYeV IGOR SAVITsKIY YoXUD ORFYeY ILTIJOSI XALOSKORI Roman-esse deb nomlangan essesi „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika koʻrik tanlovida gʻolib boʻlgan. Teleseriallar „Bogʻ“, „Dil payvandi“, „Qaldirgʻochlar yana qaytadi“, „Beshovlon“ singari teleseriallar hamda „Muzaffar“, „Sarvinoz“ deb nomlangan badiiy filmlar adabiy ssenariylariga, shuningdek, oʻnlab hujjatli filmlar va radiopostanovkalar ssenariylariga mualliflik qilgan.

Ayni damda yozuvchi „Shoh“ nomli romani ustida ish olib bormoqda.

Yozuvchining bir qator asarlari rus, tojik, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan.

Shoyim Boʻtayev adabiy-ijtimoiy faoliyati davlat tomonidan munosib baholanib 2002-yilda yuksak mukofot — „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlandi.

Taniqli yozuvchi, kinodramaturg Shoyim Bo‘tayev adabiyot ixlosmandlarining chanqogʻini qondirish maqsadida madaniy va maʼrifiy tadbirlada faol ishtirok etibSamarqand davlat universiteti talabasi „Zomin seminari“da, inson tafakkurini oʻsishiga, maʼnaviy dunyoqarashini boyitishda kitobxonlik va kitobsevarlikning oʻrni beqiyos ekanligini alohida tarannum etadi.

Manbalar

Havolalar O‘zbek yozuvchilari tushkunlikni qanday bartaraf etadilar? Лучшие фильмы с Шоим Ботаев YOZUVCHI VA KINODRAMATURG SHOYIM BO’TAYEV BILAN UCHRASHUV Shoyim Boʻtayev

Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar