Xalqaro ot sporti federasiyasi (, ) — ot sporti bo‘yicha xalqaro boshqaruv organi sanaladi.

Uning shtab-kvartirasi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan. U 1921-yilda Belgiya, Daniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Norvegiya, Shvesiya va AQSH milliy ot sporti tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan. Bugungi kunda Federasiya tarkibiga 134 ta milliy ot sporti federasiyasi kiradi. 2014-yildan buyon federasiya prezidenti Ingmar de Vos hisoblanadi.

FEI axloq kodeksi otlarni jismoniy zo‘ravonlik va dopingdan himoya qiladi.

Yo‘nalishlari Xalqaro ot sporti federasiyasi sakkizta yo‘nalishni tartibga soladi:

Ot bilan raqs Ot poygasi Ot bilan masofaga yugurish Ot ustida uchkurashlik Ot parasporti Jilovlash - bundan mustasno To‘siqlardan ot bilan o‘tish Ot ustida akrobat mashqlar

Mintaqaviy boshqaruv doirasida quyidagi ikkita yo‘nalish mavjud:

xorsbol tentpegging

FEIdan tashqarida ot sportining ikki turi rivojlanmoqda, ot poygasi va polo, ammo ikkinchi holatda Xalqaro polo federasiyasi bilan kelishuv memorandumi imzolangan.

Musobaqa

Olimpiya o'yinlari Konkur(ot bilan to‘siqlardan o‘tish), ot ustida sakrash va uchkurash (ot bilan) 1912-yildan buyon Olimpiada o‘yinlarining bir qismi bo‘lib kelgan va  Paralimpiya ot sporti 1996-yildan buyon Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

FEI Butunjahon ot sporti o'yinlari Xalqaro ot sporti federasiyasi 1990-yildan buyon har to‘rt yilda bir marta Butunjahon ot sporti o‘yinlarini (ingl. World Equestrian Games, WYeG) o‘tkazib keladi. Butunjahon ot sporti o‘yinlari g‘oyasi 1980-yillarning o‘rtalarida vujudga kelgan va o‘sha paytda FEI prezidenti bo‘lgan shahzoda Filipp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. WYeG barcha FEI jahon sport yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati unvonlarini qamrab oladi.

Jahon kubogi FEI Jahon kubogi () har bir yo‘nalish bo‘yicha finalga olib boradigan saralash ligalari bilan butun dunyo bo‘ylab musobaqa sanaladi. FEI jahon chempionatlari seriyasi 1978-yilda Jahon kubogi shousida sakrash bilan boshlandi va shundan so‘ng yana uchta yo‘nalishni o‘z ichiga oldi: ot raqsi, ot poygasi va ot ustida akrobat mashqlar.

Asosiy musobaqalar:

Ot ustida sakrash bo‘yicha Jahon kubogi  Ot bilan to‘siqlardan o‘tish Jahon kubogi Otlar poygasi bo‘yicha Jahon kubogi Ot bilan akrobatik mashqlar bo‘yicha Jahon kubogi.

Jahon, qit’a va mintaqa chempionatlari FEI bo‘yicha jahon chempionatlari, qit’a va mintaqa chempionatlari barcha FEI yo‘nalishlari va yosh toifalarida o‘tkaziladi. Musobaqalarga quyidagilar kiradi:

Yosh otlar o‘rtasida uchkurash bo‘yicha jahon chempionati Otlar poygasi bo‘yicha FEI jahon chempionati FEI yakka holatda otlar poygasi bo‘yicha jahon chempionati FEI kattalar o‘rtasidagi chidamlilik bo‘yicha jahon chempionati Kattalar o‘rtasida ot ustida akrobat mashqlar bo‘yicha FEI jahon chempionati FEI ot sporti bo‘yicha jahon chempionati

Reytinglar Ot sportida FEI tomonidan tan olingan ikkita asosiy reyting mavjud. Bular Concours de Saut International va Concours Complet International reytinglaridir.

Concours de Saut International (CSI) — konkur (ot bilan to‘siqlardan o‘tish) musobaqalari uchun reyting tizimi. Barcha CSI musobaqalari Xalqaro ot sporti federasiyasi tomonidan taqdim etilgan.

Concours Complet International (CCI) va Concours International Combiné (CIC)— Xalqaro ot sporti federasiyasi tomonidan ot sporti musobaqalari bo‘yicha reyting tizimlari joriy etilgan

Prezidentlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/64/FEI_Headquarter.jpg/220px-FEI_Headquarter.jpg|thumb| FEI shtab-kvartirasi Lozanna, Shveysariya . Ushbu federasiya 1921-yilda tashkil etilganidan buyon 13 ta turli Prezidentlar rahbarlik qilgan. Karl F.Kuorls van Ufford — ikki marta Xalqaro ot sporti federasiyasi rahbari etib saylangan yagona shaxsdir. Bugungi kunda prezident ko‘pi bilan ikki muddatga saylanishi mumkin. 2014-yildan buyon FEI prezidenti belgiyalik Ingmar de Vos hisoblanadi. # Prezident Mamlakat Muddati1 Baron du Tay Fransiya 1921-1927 2 Gerrit Johannes Maris Niderlandiya 1927-1929 3 Karl F. Kvarl van Ufford Niderlandiya 1929-19314 Gay Genri AQSH 1931-1935 5 Baron Maks fon Xolzing-Berstett Germaniya 1935-1936 6 Karl F. Kvarl van Ufford Niderlandiya 1936-1939 7 Magnus Rudman Finlandiya 1939-19468 Baron Gaston de Trannoy Belgiya 1946-1954 9 Shahzoda Bernard Lippe-Bisterfeldskiy   Niderlandiya 1954-196410 Shahzoda Filipp Buyuk Britaniya 1964-198611 Malika Anna Buyuk Britaniya 1986-1994 12 Infanta Pilar, Badaxoss gersoginyasi Ispaniya 1994-2006 13 Malika Hayo bint al-Husayn Iordaniya 2006-201414 Ingmar de Vos Belgiya 2014 yil - h.v.

Manbalar

Turkum:Sport tashkilotlari