Yellowstone Milliy Bogʻining kumush dollar tangasi – 1999-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari zarbxonasi tomonidan chiqarilgan esdalik tanga. Uning savdosidan keladigan daromad Milliy bogʻ jamgʻarmasi orqali Yellowstone milliy bogʻi va boshqa milliy bogʻlarning xarajatlarini qoplash uchun sarflanadii.
Qonunchilik 1996-yildagi Amerika Qoʻshma Shtatlarining esdalik tangalari toʻgʻrisidagi qonuniga koʻra, Yellowstone milliy bogʻi tashkil etilganining 125 yilligiga bagʻishlab, mamlakatda birinchi esdalik kumush dollar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. Ushbu akt tangalarni ham tasdiqlangan, ham muomalada boʻlmagan holda zarb qilish imkonini bergan.
Zarb etilishi Yellowstone bogʻining esdalik tangasi XX asrda AQSh zarbxonasi tomonidan chiqarilgan soʻnggi esdalik kumush dollar edi. Tangalar birinchi marta 1996-yil 20-oktyabr zarb etilgan, hamda 1999-yil 16-iyuldan toʻliq muomalaga chiqarilgan. Tanganing 500 000 nusxasi yaratilgan. Esdalik tangalari faqat Amerika Qoʻshma Shtatlari Zarbxonasida, davlat qonunchiligida belgilanganidek, cheklangan vaqt davomida muomalaga chiqarilgan.
Dizayni Yellowstone milliy bogʻi esdalik dollarining old tomonining dizayni Edgar Z. Stiver IV (Steever AQShda Yulduz turkumi kabi mavzularda 40 dan ortiq medallar dizaynini ishlab chiqqan va modellashtirgan) tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, fonda parkning daraxtlar bilan qoplangan landshaftida otilayotgan geyzer tasvirlangan. William Cousins (1999-yilgi Yellowstone Milliy Bogʻi esdalik kumush dollaridan tashqari, Cousins Mount Rushmore oltin besh dollarining revers qismi; Uso kumush dollari old tomonni; 1996-yil Olimpiya stadioni oltin besh dollari old tomon dizaynini ishlagan) tomonidan ishlab chiqilgan reversdagi sur`at AQSh Ichki ishlar vazirligi muhriga moslashtirilgan boʻlib, fonda togʻlar tepasidan quyosh koʻtarilayotgan vaqtda, tekislikda yurgan Amerika Bizoni tasvirlangan.
Texnik xususiyatlari
Qutisining rangi: quyuq yashil Ogʻirligi: 26,730 gramm; 0,8594 troya unsiyasi Diametri: 38,10 millimetr; 1,500 dyuym Tarkibi: 90 % kumush, 10 % mis
Yana qarang
Yellouston milliy parki Yellouston
Manbalar
Turkum:Yellowstone milliy bogʻi