Shen Longyuan () (1985-yil 2-martda Shanxayning Yangpu shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning „Rizhao Yuqi“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Shen Longyuan oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2004-yilda „Shanhai Shenxua“ yoshlar jamoasini tugatgandan soʻng boshlagan. U 2004-yil 23-oktabrda „Shenxua“ safida „Qingdao Zhongneng“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazgan va 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan vaqtda zaxiradan maydonga tushgan. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng u butun mavsum davomida faqat bitta liga oʻyinida maydonga tushgan. 2006-yilgi liga mavsumiga kelib u koʻproq maydonga tusha boshlagan va 2006-yil 9-sentyabrda Shen oʻzining birinchi ligadagi golini BeijingGuoanga qarshi oʻyinda kiritgan. 2008-yilgi liga mavsumida Jia Xiuquanning doimiy oʻyinchisiga aylana boshlagan. 2010-yil liga mavsumi boshida Miroslav Blaževich bosh murabbiy boʻlib kelganida, u Shenni kamdan-kam maydonga tushirgan.

Shartnomasi 2010-yil liga mavsumi oxirida tugaganidan soʻng u Shanghai Shenhuani tark etadi va 2011-yilning yanvarida Hangzhou Grintaunga qoʻshiladi. Hangzhohuda Shenhuaning sobiq mmurabbiyi Vu Jingui qoʻl ostida harakat qiladi. 2011-yil 1-mart kuni Hangzhouning mavsumdagi birinchi oʻyinida Shen 2011-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida Nagoya Grampusga qarshi debyut qilgan, bu oʻyinda Hangzhou 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Shen 2012-yilning fevral oyida Xitoyning birinchi ligasiga yangi kelgan „Chongqing“ klubiga oʻtgan. U 2013-yilgi mavsum oxirida Chongqing tarqatib yuborilganidan soʻng, Superliganing „Tianjin TEDA“ klubi bilan bogʻlangan. Shen 2014-yil avgust oyida Xitoyning ikkinchi liga jamoasi „Fujian Broncos“ga oʻtgan. 2016-yil 14-mart kuni Shen Shanghai Jiading Boo King havaskor klubi bilan shartnoma mojarosini hal qilgandan soʻng Shanghai JuJu Sports ikkinchi liga klubiga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati U bir necha mavsum davomida Xitoy olimpiya (U-23) futbol jamoasida muntazam maydonga tushgan. Keyinchalik u 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi musobaqada ishtirok etgan va u yerda guruhning soʻnggi oʻyinida Xao Junminning oʻrniga maydonga tushgan.

Shen Longyuan xalqaro maydondagi debyutini Tailand milliy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:3) oʻtkazgan, u 46 daqiqada Vang Dongning oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShanghai Shenhua2004Xitoy Super Ligasi2000110000202005100000 - -10200610110 -30 -1412007110 - -00001102008191 - - - -1912009191 - -50 -241201070 - - - -70Jami69310118000794Hangzhou Greentown2011Xitoy Super Ligasi21110 -40 -251Chongqing F.C.2012Xitoy Birinchi Ligasi21010 - - -220201319020 - - -210Jami40030000000430Shanghai JuJu Sports2016Xitoy Ikkinchi Ligasi18654 - - -2310201720000 - - -200Jami386540000004310Taizhou Yuanda2018Xitoy Chempionlar Ligasi - - - - - - -2019Xitoy Ikkinchi Ligasi27331 - - -304Jami27331000000304Karyerada jami19513135111200022119

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar