Nico Schulz (1993-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Borussia Dortmund klubi va Germaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Schulz futbol oʻynashni boshlaganida to 2000-yilgacha Berlinning BSC Rehberge jamoasida oʻynagan va 7 yoshida Hertha BSCga jamoasiga qoʻshilgan. U yosh oʻyinchi sifatida yaxshi oʻyin koʻrsatadi va Liverpool eʼtiborini tortadi. Biroq Liverpool tomonidan tushgan taklifni rad etadi. Keyingi yillarda u Herthaning yoshlar jamoalarida oʻynaydi va 2009-2010-yilda U19 DFB-Pokal musobaqasi finaliga chiqadi. Ammo 1899 Hoffenheimga qarshi final oʻyinida magʻlubiyatga uchrab, ikkinchi oʻringa sazovor boʻlishadi.
Keyingi yil yozida Schulz professional futbolga oʻtadi. U 2010-yilning 14-avgustida DFB-Pokalning birinchi bosqichida SC Pfullendorfga qarshi oʻyinda 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Keyingi ikki mavsumda Schulz muntazam zaxirada qolar edi. U Hertha BSC jamoasi safidagi birinchi golini 2013-yilning 30-martida VfL Bochumga qarshi oʻyinda kiritadi.
2015-yilning 18-avgustida Schulz 4 yillik shartnoma asosida Mönchengladbachning Borussia jamoasiga oʻtadi. 2017-yilda esa Hoffenheim 1899 bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va 2019-yil 22-maygacha jamoa safida qoladi.
2019-yilning 22-mayida Schulz Julian Brandt va Torgan Azar bilan birga Borussia Dortmund jamoasiga o‘tadi.
Xalqaro faoliyati Schulz 2018-yilning 29-avgustida Germaniya terma jamoasining 2018-2019-yilgi UEFA Millatlar ligasi doirasidagi Fransiyaga qarshi o‘yinida va Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Germaniya terma jamoasiga chaqirildi.
Shaxsiy hayoti Uning akasi Jan Luka Schulz ham professional futbolchi.
Faoliyat statistikasi
Klub +GolMavsumLigaKubokQitʼalararoBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHertha BSC2010-112. Bundesliga21020——2302012-132. Bundesliga20100——2012013-14Bundesliga23010——2402014-15Bundesliga28110——2912015-16Bundesliga1010——20Jami93250——982Hertha BSC II2010-11Regionalliga Nord80———802011-12Regionalliga Nord140———1402012-13Regionalliga Nordost10———102013-14Regionalliga Nordost10———10Jami240———240Borussia Mönchengladbach2015-16Bundesliga100010—202016-17Bundesliga1211030—161Jami1311040—181Borussia Mönchengladbach II2016-17Regionalliga West20———201899 Hoffenheim2017-18Bundesliga2712051—3422018-19Bundesliga3012150—372Jami57241101—714Borussia Dortmund2019-20Bundesliga1113030101812020-21Bundesliga1302030101902021-22Bundesliga1601060102402022-23Bundesliga000000—00Jami4016012030611Faoliyatida jami2296161261302748
Xalqaro + Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Germaniya 2018 4 1 2019 6 1 2020 2 0 Jami 12 2 +Niko Shuls tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2018-yil 9-sentyabr Rhein-Neckar-Arena, Sinsheim, Germaniya 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2019-yil 24-mart Yoxan Kroyff Arena, Amsterdam, Gollandiya 3-2 3-2 UEFA Evro-2020 saralashi
Yutuqlari Hertha BSC
Bundesliga : 2010-2011
Borussia Dortmund
DFB-Pokal : 2020-2021 DFL-Superkubogi : 2019
Individual
Kicker Bundesliganing mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2018-2019
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar