Kim U Bin (Hangul: 김우빈; 1989-yil 16-iyulda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor. Faoliyatini model sifatida boshlagan va aktyor sifatida „White Christmas“ (tarjimasi: Oq Rojdestvo) teleserialida debyut qilgan. Keyinchalik „A Gentelman Dignity“ ("Jentelmenning qadr qimmati) (2012), „School 2013“ (Maktab 2013) (2012-2013), „Vorislar“(2013) dramalarida rol ijro etgan. 2016-yilda o‘zining birinchi bosh rolini „Uncontrollably Fond“ (Nazoratsiz oshiqlar) serialida ijro etgan.

Faoliyati Kim U Bin oʻrta maktabda oʻqib yurganida modellik faoliyatini boshlashni orzu qilgan. 2009-yilda u model sifatida ilk bor podiumlarda yurgan. U Bin Seul moda haftaligi toʻplamlarida namoyon boʻla boshlagan.

Kim U Bin sahna nomi ostida u 2011-yilda aktyor sifatida „White Christmas“ sirli dramasida debyut qilgan va „Vampire Idol“ (Vampir aydol) sitkomida rol ijro etgan.

2012-yilda u taniqli ssenariy muallifi Kim Yong SukKim Woo Bin Gets Beat Up on ‘A Gentlemanʼs Dignity’ tomonidan yozilgan „A Gentelman Dignity“ romantik komediya filmida ikkinchi darajali rolni ijro etgan.

Muvaffaqiyat unga 2013-yilda ikkita xit filmining namoyishdan keyin kelgan. Dekabr oyining oxiridan 2013-yil boshigacha u „School 2013“KPOP NEWS — Lee Jong Seok, Kim Woo Bin, Park Se Young, 5dolls’ Hyoyoung Cast as Main Students for ‘School 5’ | Mwave oʻsmirlar dramasida suratga tushgan.

Oʻsha yili u Janubiy Koreyada va xalqaro miqyosda mashhur boʻlgan oʻsmirlar uchun "Vorislar"Kim Woo Bin Confirmed in Role for ′The Heirs′ dramasida rol ijro etgan. Kim U Bin seraldagi roli uchun nafaqat Koreyada balki, butun dunyoda mashxurlikka erishgan.

2013-yilda taniqli shaxsga aylangan Kim katta ekrandagi loyihalarda paydo boʻlishni davom ettirgan. 2014-yil yanvar oyida u „Specialists“ filmida oʻgʻri rolini ijro etgan.

Kim U Bin Calvin Klein + Jewelry soatlari reklama kampaniyasida ham faoliyat yuritgan va bu brendni reklama qilgan birinchi Sharqiy Osiyo modeliga aylangan ..

2013-yilda u Chonju universitetining faxriy elchisi etib tayinlangan.

2015-yilda Kim U Bin „CJ CGV arthouse CGV ARTHOUSE“ koʻrgazmalar tarmogʻining reklama elchisi etib saylandi.

2015-yilda Kim oʻzining birinchi „Fallout in Love“ melodramasida rol ijro etdi. Drama premyerasi 2016-yil 6-iyulda bo‘lib o‘tgan.

2017-yilda u „The Wire“ nomli jinoyat filmida rol ijro etgan. Kim U Bin saraton kasalligiga chalinib, davolanishni boshlagani sababli loyihani suratga olish ishlari toʻxtatilgan.

2017-yil aprel oyida u Pyonchxandagi 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining faxriy elchisi etib tayinlangan. Kim U Bin elchi etib saylangan ikkinchi aktyor edi va bu voqeani targʻib qilish uchun turli tadbirlarda qatnashishi kerak boʻlgan. Biroq, aktyor saraton kasalligini davolash tufayli tadbirlarda qatnashishdan bosh tortgan.

2017-yil 24-may kuni Kim U Binga nazofarengeal saratoni tashxisi qo‘yilgan. Agentlik aktyorning radiatsiya bilan davolashni boshlaganini va barcha faoliyatini vaqtincha to‘xtatishini maʼlum qilgan. 29-dekabr kuni Kim saraton kasalligini davolashni yakunlaganini eʼlon qilgan. U sogʻligʻining holati sababli harbiy xizmatdan ozod qilingan.

Shaxsiy hayoti Kim U Bin modellik faoliyati davomida hamkasbi Lee Jong-suk bilan tanish boʻlgan, lekin „School 2013“ ni suratga olish jarayonida birga ishlab, yaqin doʻstlarga aylanishganLee Jong Suk says Kim Woo Bin is the Only Friend He Can Lean On[Star of the Week] Kim Woo Bin′s Past, Present and Future Best Friends.

2015-yilning may oyidan beri Kim model va aktrisa Sin Min A bilan ishqiy munosabatda.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:16-iyulda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak aktyorlar