Li Xuerui (1991-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik professional badmintonchi. U oʻz davrining eng muvaffaqiyatli oʻyinchilaridan biri. Xuerui 2012-yilgi London Olimpiadasining ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida oltin medal sohibi, 2013 va 2014-yilgi jahon chempionatlarida kumush medal sohibi boʻlgan. Li Xuerui oʻn toʻrtta Superseriya gʻalabasini qoʻlga kiritdi va bu uning Xitoyda Wang Yihandan keyin ikkinchi eng muvaffaqiyatli badmintonchi ekanligini tasdiqladi. Xuerui 124 hafta davomida ayollar yakkalik bahslarida 1-oʻrinni egallab, faoliyatining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Li Huaqiao Universitetining bakalavr darajasini tamomlagan.
Faoliyati Li Xuerui 7 yoshida badminton o‘ynay boshlagan. U Chunsin shahridagi mahalliy klublarda oʻynay boshladi. Xuerui Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etganida badmintonchi sifatida professional debyut qilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/91/Li_Xuerui_3_crop.jpg/220px-Li_Xuerui_3_crop.jpg|thumb| Li Xuerui 2011-yilgi AQSh ochiq musobaqasida
2008-yil Xuerui 2008-yilda Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2010-yil 2010-yilda Li Xuerui Makao ochiq chempionatida birinchi Grand Pri Oltin sovrinini qoʻlga kiritdi, finalda u indoneziyalik Adrianti Firdasarini 21-18, 21-15 hisobida magʻlub etdi.
Li oʻzining birinchi yirik turniri — Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi. Finalda u o‘z hamyurti Liu Xinni 21-13, 18-21, 21-19 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
2012-yil 2012-yilda u Osiyo chempionatida Wang Yihanni 21-16, 16-21, 21-9 hisobida mag‘lub etib, o‘zining muvaffaqiyatini takrorladi.
Li finalda Wang Yihanni 21-13, 21-19 hisobida magʻlubiyatga uchratib, birinchi marta Butun Angliya ochiq musobaqasida nufuzli Superseriya Premier gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Keyin u Hindiston, Xitoy va Gonkong ochiq xalqaro musobaqalari kabi boshqa gʻalabalarga sazovor boʻldi.
Xuerui beshta Superseriya sovrinini toʻpladi, jumladan Dubaydagi Superseriya finalida u finalda Wang Shixianni magʻlub etdi.
2012-yilgi mavsumni Li Xuerui uchun faoliyat choʻqqisi deb aytish mumkin. U Olimpiada o‘yinlarida ilk bor ishtirok etdi va 5-avgust kuni London Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi, finalda hamyurti Wang Yihanni 21-15, 21-23, 21-17 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
2013-yil 2013-yilda Xuerui finalda tailandlik Ratchanok Intanonga 22-20, 18-21, 14-21 hisobida mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xuddi shu yili u Indoneziya, Xitoy ochiq musobqalari va Superseriya finalida uchta Superseriya chempionligiga sazovor boʻldi.
2014-yil 2014-yilda Xuerui jahon chempionati finaliga chiqdi, keyin u ispaniyalik badmintonchi Carolina Maringa 21-17, 17-21, 18-21 hisobida yutqazdi.
Li toʻrtta Superseriya chempionligini qoʻlga kiritdi, shu jumladan Indoneziya Ochiq chempionatida oʻz gʻalabasini muvaffaqiyatli himoya qildi, qolgan gʻalabalar: Yaponiya, Malayziya va Daniya ochiq chempionatlari.
2015-yil 2015-yilda Li Xuerui Daniya ochiq chempionatida oʻz gʻalabasini himoya qilishga muvaffaq boʻldi. Finalda u hindistonlik P. V. Sindhuni 21-19, 21-12 hisobida magʻlub etdi.
2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari: yurak urishi va jarohatlar bilan bogʻliq muammolar 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida yarim finalda Li Xuerui oldingi xochsimon bogʻlami (ACL) va lateral meniskdan jarohat olganida dunyoning 1-raqamli badmintonchisi Carolina Maringa magʻlub boʻldi. Bu yana uni bronza medali uchun Nozomi Okuharaga qarshi bahsni ham tark etishga majbur qildi.
2018-yil: Professional badmintonga qaytish Li 2017-yilgi Xitoy milliy oʻyinlarida professional badmintonga qaytdi, u yerda ayollar juftlik bahslarida oʻynadi, ammo guruh bosqichida magʻlub boʻldi. U hali to‘liq tuzalmagani sababli yakkalik o‘rniga juftlik toifasida o‘ynagan edi. 2018-yilda Xuerui 600 kunlik tanaffusdan soʻng 2018-yilgi Lingshui China Masters musobaqasida gʻolib boʻlgan holda xalqaro ayollar yakkalik musobaqasiga qaytdi.
2019-yil 2019-yilda Xuerui 25 marta o‘ynagan va 11 ta g‘alaba va 14 ta mag‘lubiyatga ega boʻldi. U Butun Angliya ochiq turnirida chorak finalga chiqdi va 2017-yilgi jahon chempioni yaponiyalik Nozomi Okuharaga 17-21, 14-21 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan soʻng, Yangi Zelandiya ochiq chempionatida janubiy koreyalik yosh An Se-young 19-21, 15-21 hisobida yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi.
Xuerui Avstraliya ochiq chempionatida ikkinchi o‘yinda ustun kelganiga qaramay, Busanan Ongbamrungphanga 21:18, 20:22, 6:21 hisobida yutqazdi. Keyinchalik uning faoliayti katta muvaffaqiyatsizlikka guvoh boʻldi. Xuerui Indoneziya, Tailand, Yaponiya va Xitoyda qatnashib, barcha turnirlarda birinchi bosqichdayoq mag‘lub bo‘ldi. U 17-oktyabr kuni Koreya ochiq musobaqasida Sayaka Takahashiga qarshi birinchi davra o‘yini 2-matchda 15:21, 3:11 hisobida ortda qolganidan so‘ng xalqaro turnirdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Yutuqlari
Olimpiada oʻyinlari Ayollar yakkaliklari Yil Joy Raqib Hisob Natija 2012 Wembley Arena, London, Buyuk Britaniya Wang Yihan 21-15, 21-23, 21-1716x16px Oltin
Jahon chempionatlari Ayollar yakkaliklari Yil Joy Raqib Hisob Natija 2013 Tianhe sport markazi, Guanchjou, Xitoy Ratchanok Intanon 20-22, 21-18, 14-21alt=Silver|Kumush Kumush 2014 Ballerup Super Arena, Kochiq turnirigagen, Daniya Carolina Marin 21-17, 17-21, 18-21alt=Silver|Kumush Kumush
Osiyo oʻyinlari Ayollar yakkaliklari Yil Joy Raqib Hisob Natija 2014 Gyeyang gimnaziyasi, Incheon, Janubiy Koreya Wang Yihan 21-11, 17-21, 7-21alt=Silver|Kumush Kumush
Osiyo chempionati Ayollar yakkaliklari Yil Joy Raqib Hisob Natija 2010 Siri Fort yopiq stadioni, Nyu-Dehli, Hindiston Liu Xin 21-13, 18-21, 21-19alt=Gold|Oltin Oltin 2012 Qingdao Sport Center Conson stadioni, Qingdao, Xitoy Wang Yihan 21-16, 16-21, 21-9alt=Gold|Oltin Oltin 2013 Taypey arenasi, Taypey, Tayvan Wang Yihan 15-21, 13-21alt=Silver|Kumush Kumush 2015 Uxan sport markazi gimnaziyasi, Uxan, Xitoy Ratchanok Intanon 22-20, 21-23, 12-21alt=Silver|Kumush Kumush 2016 Uxan sport markazi gimnaziyasi, Uxan, Xitoy Wang Yihan 14-21, 21-13, 16-21alt=Silver|Kumush Kumush
Universitetlar oʻrtasidagi jahon chempionati Ayollar yakkaliklari Yil Joy Raqib Hisob Natija 2010 Taypey gimnaziyasi, Taypey, Xitoy Taypeyi Liu Xin 21-12, 21-14alt=Gold|Oltin Oltin Ayollar juftligi Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2010 Taypey gimnaziyasi, Taypey, Xitoy Taypeyi Liu Xin Cheng Shu Ma Jin Yurishalt=Silver|Kumush Kumush
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Qizlar yakkaliklari Yil Joy Raqib Hisob Natija 2008 Stadium Juara, Kuala Lumpur, Malayziya Wang Shixian 22-20, 21-13alt=Gold|Oltin Oltin
BWF World Tour 2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF World Tour World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tourning bir qismi) va BWF Tour Super 100 darajalariga boʻlingan.
Ayollar yakkaliklari Yil Turnir Daraja Raqib Hisob Natija 2018 Lingshui China Masters Super 100 Kim Ga-eun 16-21, 21-16, 21-18 Gʻolib 2018 Qoʻshma Shtatlar ochiq turniri Super 300 Beiwenn Zhang 24-26, 21-15, 21-11 Gʻolib 2018 Kanada ochiq turniri Super 100 Sayaka Takahashi 22-20, 15-21, 21-17 Gʻolib 2018 Korea Masters Super 300 Han Yue 21-10, 21-18 Gʻolib 2019 Yangi Zelandiya ochiq turniri Super 300 An Se-young 19-21, 15-21 Ikkinchi oʻrin
BWF Superseriyasi 2006-yil 14-dekabrda boshlangan va 2007-yilda joriy etilgan BWF Superseriyasi Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF Superseriyasi ikki darajaga ega: Superseriya va Superseriya Premier. Superseriya mavsumi butun dunyo boʻylab 2011-yildan beri joriy qilingan oʻn ikkita turnirni oʻz ichiga oladi, muvaffaqiyatli oʻyinchilar yil oxirida boʻlib oʻtadigan Superseriya finaliga taklif qilinadi.
Ayollar yakkaliklari YilTurnirRaqibHisobNatija2010Fransiya ochiq turniri Wang Yihan13-21, 9-21 Ikkinchi oʻrin2011Fransiya ochiq turniri Wang Xin15-21, 19-21 Ikkinchi oʻrin2012Butun Angliya ochiq turniri Wang Yihan21-13, 21-19 Gʻolib2012Hindiston ochiq turniri Juliane Schenk14-21, 21-17, 21-8 Gʻolib2012Indoneziya ochiq turniri Saina Nehwal21-13, 20-22, 19-21 Ikkinchi oʻrin2012Xitoy ochiq turniri Ratchanok Intanon21-12, 21-9 Gʻolib2012Gonkong ochiq turniri Wang Yihan21-12, 11-3 nafaqaga chiqqan Gʻolib2012Jahon Superseriyasi finali Wang Shixian21-9, 15-4 nafaqaga chiqqan Gʻolib2013Indoneziya ochiq turniri Juliane Schenk21-16, 18-21, 21-17 Gʻolib2013Singapur ochiq turniri Wang Yihan18-21, 12-21 Ikkinchi oʻrin2013Xitoy ochiq turniri Wang Shixian16-21, 21-17, 21-19 Gʻolib2013Jahon Superseriyasi finali Tai Tzu-ying21-8, 21-14 Gʻolib2014Malayziya ochiq turniri Wang Shixian21-16, 21-17 Gʻolib2014Butun Angliya ochiq turniri Wang Shixian19-21, 18-21 Ikkinchi oʻrin2014Hindiston ochiq turniri Wang Shixian20-22, 19-21 Ikkinchi oʻrin2014Singapur ochiq turniri Wang Yihan11-21, 19-21 Ikkinchi oʻrin2014Yaponiya ochiq turniri Tai Tzu-ying21-16, 21-6 Gʻolib2014Indoneziya ochiq turniri Ratchanok Intanon21-13, 21-13 Gʻolib2014Daniya ochiq turniri Wang Yihan21-17, 22-20 Gʻolib2014Fransiya ochiq turniri Wang Shixian15-21, 3-8 nafaqaga chiqqan Ikkinchi oʻrin2015Malayziya ochiq turniri Carolina Marín21-19, 19-21, 17-21 Ikkinchi oʻrin2015Daniya ochiq turniri P. V. Sindhu21-19, 21-12 Gʻolib2015Xitoy ochiq turniri Saina Nehwal21-12, 21-15 Gʻolib2016Hindiston ochiq turniri Ratchanok Intanon17-21, 18-21 Ikkinchi oʻrin
BWF Superseriyasi final turnirlari BWF Superseriyasi Premier turnirlari BWF Superseriyasi turnirlari
BWF Grand Prisi BWF Grand Prisi ikki darajaga ega: BWF Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu 2007-yildan beri Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan badminton turnirlari seriyasidir.
Ayollar yakkaliklari Yil Turnir Raqib Hisob Natija 2010 Makao ochiq turniri Adriyanti Firdasari 21-18, 21-15 Gʻolib 2010 Koreya Grand Pri Liu Xin 9-21, 14-21 Ikkinchi oʻrin 2011 Tailand ochiq turniri Jiang Yanjiao 14-21, 21-14, 21-14 Gʻolib 2011 Bitburger ochiq turniri Yao Jie 21-8, 21-9 Gʻolib 2012 Germaniya ochiq turniri Juliane Schenk 21-19, 21-16 Gʻolib 2015 Xitoy Taypeyi ochiq turniri Wang Yihan 10-21, 9-21 Ikkinchi oʻrin 2016 Germaniya ochiq turniri Wang Shixian 21-14, 21-17 Gʻolib 2016 China Masters Sun Yu 21-16, 19-21, 21-6 Gʻolib
BWF Grand Pri Oltin turnirlari BWF Grand Pri turnirlari
Tanlangan raqiblarga qarshi rekordlari Quyida Li Xueruining yil yakuni boʻyicha finalchilar, jahon chempionati yarim finalchilari va Olimpiada chorak finalchilariga qarshi oʻyinlaridagi rekordlari keltirilgan:
Oʻyinchilar Matchlar Natijalar Farq Gʻalaba Magʻlubiyat Petya Nedelcheva 2 2 0 +2 He Bingjiao 5 2 3 −1 Lu Lan 2 1 1 0 Wang Lin 1 1 0 +1 Wang Shixian 17 9 8 +1 Wang Xin 7 1 6 −5 Wang Yihan 18 8 10 −2 Zhang Yiman 1 1 0 +1 Zhu Lin 1 0 1 −1 Cheng Shao-chieh 3 2 1 +1 Tai Tzu-ying 14 11 3 +8 Tine Baun 3 2 1 +1 Pi Hongyan 2 2 0 +2 Juliane Schenk 7 6 1 +5 Wang Chen 1 1 0 +1
Oʻyinchilar Matchlar Natijalar Farq Gʻalaba Magʻlubiyat Yip Pui Yin 10 10 0 +10 Zhou Mi 1 1 0 +1 Saina Nehwal 14 12 2 +10 P. V. Sindhu 7 3 4 −1 Lindaweni Fanetri 7 6 1 +5 Maria Kristin Yulianti 1 1 0 +1 Minatsu Mitani 10 10 0 +10 Nozomi Okuhara 6 2 4 −2 Akane Yamaguchi 11 7 4 +3 An Se-young 1 0 1 −1 Bae Yeon-ju 10 8 2 +6 Sung Ji-hyun 14 13 1 +12 Carolina Marín 6 3 3 0 Porntip Buranaprasertsuk 13 10 3 +7 Ratchanok Intanon 11 7 4 +3
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Xitoy badmintonchilari