Saúl Ñíguez Esclápez (; 1994-yil 21-noyabrda Ispaniyada tugʻilgan) — „Atletico Madrid“ futbol klubining yarim himoyachisi hisoblanadi. Klublardagi faoliyati Saúl Ñíguez „Real Madrid“ jamoasidan „Atletico Madrid“ jamoasiga futbolchi sifatida qabul qilingan. 2011-yilning 10-aprelida „Extremadura“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda jamoa tarkibida debyut qilgan. 2012-yil 8-mart kuni Saúl Ñíguez „Atletico Madrid“ futbol klubi safida „Beşiktaş“ futbol klubiga qarshi bahsning 6-daqiqasida maydonga kiritildi hamda jamoa safida debyut qilgan. Uning asosiy jamoada navbatdagi oʻyini 2012-yilning 20-sentabr kunida „Hapoel“ futbol klubi bilan uchrashuvda boʻlib oʻtgan.
2013-yilning 20-iyulida Saúl Ñíguez „Real Madrid“ futbol klubidan „Rayo Vallecano“ futbol klubiga shartnoma bilan yuborildi va u yerda bir mavsumlik faoliyatini davom ettirdi.
2015-yilning 7-fevralida „Real Madrid“ derbisida Saúl Ñíguez jarohat olgan oʻyinchi Kokening o‘rniga maydonga tushdi va o‘n daqiqadan so‘ng jamoasining ikkinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi. Soʻngra, oʻyinning yakunida uning jamoasi g‘alaba qozondi. 2016-yilning 27-aprelida Saúl Ñíguez „Bayern Munich“ futbol klubiga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida yagona golni kiritishni uddasidan chiqdi. 2017-yilning 18-aprelida Saúl Ñíguez Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida „Leicester City“ futbol klubi darvozasiga yana bir navbatdagi golini kiritishni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi.
2017-yilning 1-iyulida Saúl Ñíguez „Atletico“ futbol klubi bilan 9 yillik yangi shartnoma imzoladi. 2019-yilning 18-avgust kuni Saul „Getafe“ futbol klubiga qarshi klubdagi 250-uchrashuvini o‘tkazdi.
2020—2021-yilgi mavsum yakunida esa Saúl Ñíguez „Atlético Madrid“ futbol klubidagi faoliyati davomida ilk bor Ispaniya chempioniga aylandi.
Xalqaro faoliyati Saúl Ñíguez Ispaniyaning turli yoshlar jamoalarida oʻynagan. Xususan, Ispaniya terma jamoasi tarkibida va 2012-yilda 19 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida Yevropa chempioni boʻldi. 2017-yilda Saúl Ñíguez yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu turnirda Saúl Ñíguez ham 5 ta gol kiritib eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Shuningdek, 2018-yilning 8-sentabrida Angliyaga qarshi oʻyinda UEFA Millatlar ligasida Ispaniya terma jamoasi safida debyut golini kiritdi.
Shaxsiy hayoti Saúl Ñíguezning katta akalari Honey va Aaron ham futbolchi boʻlib, mos ravishda Ispaniyaning „Elche“va Malayziyaning „Johor“ klublarida faoliyat olib borishgan.
Saúl Ñíguezning rafiqasining ismi Amaia Salamanca boʻlib, ularning Africa ismli qizi bor.
Statistika +Jamoa MavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAtlético Madrid B2010—2011221——2212011—2012221——2212012—2013266——266Jami7080000708Atlético Madrid2011—20120000—102012—20132020—1102014—201524440—3542015—201631442—4892016—201733481—5392017—201836250—5662018—201933430—456Jami241262930035643Rayo Vallecano (ijara)2013—201434230—372Chelsea2021—20221003140231Umumiy faoliyatida355363544048654
Manbalar
Havolalar
Saúl Atlético Madrid saytida Saúl Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi veb-saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Atlético Madrileño futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Rayo Vallecano futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:CR Flamengo futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Copa Libertadoresda gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyadagi muhojir erkak futbolchilar