thumb|Xojai Bob qabristonida joylashga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev haykali thumb|Xojai Bob qabristonida joylashgan Usmonxoʻjayevlar oilasining haykallari va qabrlari.(Tasvirda: oʻng tomonda Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayevning haykali, chap tomonda esa uning oʻgʻli Inomjon Usmonxoʻjayev haykali. Yonida esa oila aʼzolarining qabrlari joylashgan)

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896-yil, Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi — 25-may 1977-yil, Fargʻona shahri) — sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator (1964), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1927).

Tarjimayi holi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1896-yilda Rossiya imperiyasi tasarrufidagi Turkiston oʻlkasi Fargʻona viloyati Rishton volosti Uyrat qishlogʻida yollanma dehqon oilasida tavallud topgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1916-yilda Rishtonda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan. 1916-yil 12-iyulda “Xoʻja Ilgʻor” masjidi yonidagi jangda tayoq va toshlar bilan qurollangan rishtonlik qoʻzgʻolonchilar bilan birga mahalliy pristav va uning qoʻriqchilariga hujum uyushtirgan. 1917–1923-yillari Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatini oʻrnatish janglarida qatnashgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1917–1922-yillarda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishloq soveti kotibi, volost oziq-ovqat otryadi inspektori; 1922–1924-yillarda Rishton tumani Ijroiya qoʻmitasi kommunal xoʻjalik boʻlimi mudiri, oziq-ovqat otryadi inspektori; 1924–1927-yillar va 1930–1933-yillarda Bagʻdod tumani Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1927–1929-yillarda Fargʻona okrugi yer boʻlimi mudiri; 1929–1930-yillarda okrug qishloq ittifoqi raisi; 1933–1939-yillar Izboskan tumani, 1939–1943-yillar Oʻzbekiston tumanlari va 1943–1952-yillar Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1952–1957-yillar Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspulatatsiya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi 10-syezdida Markaziy Komiteti aʼzosi, 12-syezdida esa Markaziy Komiteti aʼzoligiga nomzod etib saylangan. 2-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1946—1950), 2-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1947—1950) deputati boʻlgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1977-yil 25-may kuni Fargʻona shahrida vafot etgan.

Farzandlari Erkin Usmonxoʻjayev (1926—1987) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) — Oʻzbekiston SSR davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1983—1988).

Unvon va mukofotlari

„O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator“ unvoni (1964); Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971-yil 8-aprelda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish, davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirib berishda beshyillik rejani bajarishdagi ulkan yutuqlari, partiya xoʻjalik tashkilotlarida hamda irrigatsiya ishlarida uzoq ishlab, yuqori koʻrsatkichlarga erishgani uchun); Lenin ordeni (1939-yil 23-dekabr; 1950-yil 16-yanvar; 1971-yil 4-avgust); Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 25-dekabr; 1946-yil 23-yanvar; 1957-yil 11-noyabr; 1966-yil 30-aprel); „Hurmat belgisi“ ordeni (1945-yil 1-oktabr); Qizil Yulduz ordeni (1947-yil 6-fevral); 2-daraja Vatan urushi ordeni (1945-yil 1-fevral) bilan taqdirlangan.

Xotira

Fargʻona shahrining markaziy koʻchalaridan biri Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi bilan atalgan. Rishton tumanidagi qishloq fuqarolar yig‘inlaridan biriga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi berilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Nekrolog

Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigatorlar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston SSR tuman ijroiya qoʻmitalari raislari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:1991-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar