Abbosbek Sayidjon oʻgʻli Fayzullayev (2003-yil 3-oktyabr, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tugʻilgan) kelib chiqishi Jizzax viloyati, Baxmal tuman, Qo’shtamg’ali qishlog’i bo’lgan — oʻzbekistonlik professional futbolchi, İstanbul Başakşehir klubi va Oʻzbekiston futbol terma jamoasida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
2023-yilda dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga daʼvogarlar roʻyxatiga kirgan.
Futbolchilik faoliyati Ilk yillari 2003-yil 3-oktyabrda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 8ta gol kiritdi.
Paxtakor safida 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston Superligasida 6 ta, Oʻzbekiston Kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 2 ta oʻyin oʻtqazdi, maydonda umumiy hisobda 280 daqiqa harakat qildi.
2022-yilgi mavsum 2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston Kubogida 2 ta va Osiyo Chempionlar ligasida 3 ta oʻyin oʻtqazdi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda maydonda 645 daqiqa harakat qildi.
SSKA Moskva Abbosbek Fayzullayev 2023-yil 27-iyulda SSKA Moskva jamoasi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzoladi. 19 yoshli Fayzullayev 500 ming yevroga transfer qilindiAbbosbek Fayzullayev Rossiya klubiga transfer qilinmoqda.
19-avgust kuni „Dinamo“ga qarshi oʻyinda (1:2) Fayzullayev 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib yangi klubida debyut qildi. 24-sentyabr kuni „Rostov“ga qarshi oʻyinda (3:3) SSKA Moskva jamoasi safida oʻzining birinchi golini kiritdi.
2023-yil dekabr oyida u IFFHS tomonidan 2023-yilda „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ mukofotiga nomzod qilib koʻrsatildi. 2024-yil 26-may kuni Rossiya Premyer-ligasining 2023—24-yilgi mavsumida „Mavsum kashfiyoti“ mukofotiga sazovor boʻldi.
Osiyoning 2023-yilgi eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. Qishki tanaffus paytida SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich qanot yarim himoyachisini oʻz ichiga olmagan 4-4-2 sxemasini joriy qila boshladi. Natijada, Fayzullayev oʻyinlarni zaxira oʻrindigʻida boshlagan edi. 2024/25-yilgi mavsumdan soʻng, SSKA Rossiya chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 2025-yil 1-iyunda Rossiya kubogini qoʻlga kiritdi.
2025-yil 12-iyulda Rossiya Superkubogi sovrinini qoʻlga kiritdi.
Istanbul Bashakshehir 2025-yil 30-iyulda Turkiyaning Istanbul Bashakshehir klubiga oʻtdi va besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 7,5 million yevroni tashkil etdi. 2025-yil 21-avgustda Ruminiyaning Universitatea Craiova klubiga qarshi UEFA Konferensiya Ligasi saralash oʻyinida (1:2) klub safida debyut qildi va 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 29-noyabrda Superliganing „Kasimpasa“ klubiga qarshi oʻyinida (3:1) debyut golini kiritdi va jarima zarbasidan gol urdi. 2025-yil 22-dekabrda klub safidagi ikkinchi golini kiritdi va Gaziantep klubiga qarshi oʻyinda (5:1) gol urdi.
Terma jamoalardagi faoliyati thumb|303x303px|Fayzullayev, 2024 Abbosbek Fayzullayev 2021-yil 30-oktyabrda Bangladesh U-23 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oyiniga Temur Kapadze tomonidan jalb etildi va shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi.
2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritildi. 2023-yilgi OFK U-20 Osiyo Kubogi uchun 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirildi va musobaqada eng yaxshi futbolchi boʻldi. Finalda Iroqqa qarshi oʻyinda u penaltidan gʻalaba qozonib, jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi, chunki jamoadoshi Umarali Rahmonaliyev penaltini golga aylantirib, Oʻzbekistonga 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tarixidagi ilk chempionlikni taqdim etdi. Oʻz harakatlari bilan u turnirning eng futbolchisi oʻyinchisi deb topildi. 2023-yilning 6-iyun kuni Fayzullayev Oʻzbekiston terma jamoasi safida futbol boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida Ummonga qarshi oʻyinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi. Uch kundan soʻng Tojikistonga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, oʻzining terma jamoa safida birinchi xalqaro darajadagi golini urdi, bu oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Turnir finalida Eronga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. 2023-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida Hindiston ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada oʻz hissasini qoʻshdi.
2024-yil 29-aprel kuni Oʻzbekiston U23 terma jamoasi tarkibida Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Ispaniyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
2026-yilgi jahon chempionati saralashida 2024-yil 14-noyabr kuni Qatar terma jamoasiga qarshi oʻyinida (3:2) dubl qayd etdi, bu uning terma jamoadagi debyut gollari boʻldi.
2025-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida MOFA Millatlar Kubogida gʻolib chiqdi. Finada terma jamoa qoʻshimcha vaqtda Eronni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Turnirda ikkita oʻyinda, jumladan, finalda ham maydonga tushdi.
2026-yil 18-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi birinchi golini kiritdi.
Faoliyatidagi statistikasi Klub safidagi statistikasi
+ Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasiKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPaxtakor2021Oʻzbekiston Superligasi601020—902022Oʻzbekiston Superligasi2152231—2682023Oʻzbekiston Superligasi620000—62Jami3373251—4110SSKA Moskva2023–24Rossiya Premyer-ligasi224101——3252024–25Rossiya Premyer-ligasi272121——3932025–26Rossiya Premyer-ligasi0000—1010Jami496222—10728İstanbul Başakşehir F.K.2025–26Turkiya Superligasi2034120—264Jami2024120—264Umumiy faoliyat statistikasi9415285711013021 Izohlar
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi
Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarOʻzbekiston2023822024155202571Jami308
Xalqaro + Fayzullayev tomonidan milliy terma jamoa safida kiritilgan gollar roʻyxati№SanaStadionRaqibGolNatijaMusobaqa1.2023-yil 17-iyunMilliy Stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston4–15–1CAFA Millatlar Kubogi 20232.2023-yil 25-dekabrAl Maktoum Stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari1–04–1Oʻrtoqlik oʻyini3.2024-yil 18-yanvarAhmad bin Ali stadioni, Al Rayyan, Qatar1–03–0AFC Osiyo Kubogi 20234.2024-yil 30-yanvarAl Janoub stadioni, Al Vakrah, Qatar2–12–1AFC Osiyo Kubogi 20235.2024-yil 14-noyabrJassim bin Hamad stadioni, Doha, Qatar1–22–32026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi6.2–27.2024-yil 19-noyabrLaos yangi milliy stadioni, Ventyan, Laos1–01–08.2025-yil 25-martOzodiy stadioni, Tehron, Eron2–12–2
Yutuqlari Paxtakor
Oʻzbekiston Superligasi 2020, 2021, 2022
Oʻzbekiston Superkubogi 2021, 2022 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2020 Oʻzbekiston kubogi fianlchi: 2021 CSKA
Rossiya kubogi sohibi: 2024-25 Rossiya Superkubogi sohibi: 2025
Oʻzbekiston
AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 chempioni: 2023 AFC U-23 Osiyo kubogi 2022 Ikkinchi oʻrin: 2022
Individual
Oʻzbekiston eng yaxshi yosh futbolchisi: 2022 Oʻzbekiston eng yaxshi futbolchisi: 2023 AFC U-20 Osiyo kubogi eng yaxshi futbolchisi: 2023 AFC Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan: 2023 Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023 Rossiya Premer-ligasining mavsum kashfiyoti: 2023/2024 Unvon va mukofotlari „Kelajak bunyodkori“ medali 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar Abbosbek Fayzullayev Transfermarktda saytida Abbosbek Fayzullayev Soccerway saytida
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi Turkum:Kelajak bunyodkori medali sohiblari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari