Neil Martin Kilkenny (; 1985-yil 19-dekabr, Enfild Town, London, Angliya) — avstraliyalik futbolchi"Pert Glori" klubi va Avstraliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

4 yoshida Kilkenni oilasi Avstraliyaga koʻchib oʻtgan. 11 yoshida ular Angliyaga qaytishgan.

Jamoalardagi faoliyati Kilkenni Avstraliyada futbol oʻynay boshladi. Angliyaga qaytgach, u Londonning „Arsenal“ futbol akademiyasiga qabul qilingan. Oʻqishni tugatgandan keyin, unga "Manchester United", „Aston Villa“ va „Leicester City“ qiziqish bildirishgan.

2004-yilda Nil „Birmingem City“ bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Kilkenni „Oldxem Athletic“ ga ijaraga berilgan. 20-noyabr kuni Barnsliga qarshi oʻyinda chempionshipda debyut qilgan. Navbatdagi „Bredford City“ga qarshi oʻyinda Nil ikkita gol urgan.

2005-2006-yilgi mavsumda Kilkenni „Birmingem“ga qaytgan. 2005-yil 20- sentabrda Liga kubogi doirasidagi „Skuntorp United“ "ga qarshi oʻyinda u „koʻk-anorranglilar“ safida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Muzzy Izzetning oʻrniga maydonga tushdi. Toʻrt kundan keyin, asosiy oʻyinchilarning jarohatlari tufayli Nil "Liverpool" ga qarshi Premer-liga bahsini boshlagan. „Lids“dagi ijara muddati tugaganidan keyin, Nil jamoa bilan doimiy shartnoma imzolagan. 2009-2010-yilgi mavsumda Kilkenni jamoaga Birinchi ligada ikkinchi oʻrinni egallab, chempionatga chiqishga yordam berdi. Nil „Lids United“ tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2016-yilning yozida Nil „Melburn City“ga koʻchib oʻtdi va ikki yillik shartnoma imzoladi . U A-Ligadagi debyutini 8-oktabr kuni „Vellington Feniks“ga qarshi oʻtkazgan. Kilkenni „Melburn City“ safidagi ilk golini 2017-yilning 18-fevralida „Vellington Feniks“ darvozasiga kiritgan.

Xalqaro martabasi Faoliyatining boshida Kilkenni Angliya va Irlandiya yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2006-yilda u Avstraliya terma jamoasida oʻynashga qaror qiladi. 7-iyun kuni Lixtenshteynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Nil Avstraliya terma jamoasi safida debyut qiladi.

2008-yilda Avstraliya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Kilkenni Pekin Olimpiadasida ishtirok etgan. Turnirda u Argentinaga qarshi guruh bosqichida oʻynagan.

2011-yilda Nil terma jamoaning Osiyo Kubogi uchun daʼvosiga kiritilgan edi. Turnirda u Bahrayn , Oʻzbekiston , Iroq va Yaponiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Musobaqa yakunida Kilkenni kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yutuqlari Xalqaro yutuqlari

Avstraliya

Osiyo Kubogi 2011 — 2-oʻrin

Xalqaro musobaqalari

TurnirDavlatNatijaOsiyo kubogi 2011QatarIkkinchi oʻrin

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Irlandiyalik erkak futbolchilar