Toshqulov Akbar Joʻraboyevich (1971-yil 21-sentyabrda Jizzax viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, huquqshunos, adliya katta maslahatchisi. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – oliy darajadagi huquqshunos.

Faoliyati 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini 1994-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

1995-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi bosh maslahatchisi.

1997-2000-yillarda boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2000-2002-yillarda Qonunchilik va huquqiy axborotni tasniflash boʻlimi boshligʻi.

2002-2003-yillarda – Xalq xoʻjaligida yuridik ishlar boʻlimi boshligʻi.

2003-2005-yillarda xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan.

2005-2017-yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi farmoniga asosan Akbar Toshqulovga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan huquqshunos“ faxriy unvoni berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi qarori bilan Akbar Toshqulov Adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan.

Akbar Toshqulov boshchiligida 2019-yil 24-yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston beshinchi siyosiy Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Akbar Toshqulov 2021-yil 9-dekabr kuni Adliya vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov 2021-yilning iyunida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Akbar Toshqulov 2021-yil 10-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

2022-yil 15-noyabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangach, uning oʻrniga 2022-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi.

Manbalar

Havolalar Akbar Toshqulov

Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar