Mirjahon Mirahmadov (; 1997-yil 15-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi. Samarqandning „Dinamo“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Bunyodkor (2016) Mirahmadov 2016-yil Bunyodkor safiga qoʻshildi.
Obod (2017–2018 ijara) Bunyodkordan ijara asosida oʻtgan Mirahmadov Obod safida 2017-yillarda toʻp surdi. 2017-yilda umumiy 3 ta oʻyinda 54 daqiqa maydonda oʻynadi. 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bunyodkor (2019–2022) 2019-yil Mirahmadov ijaradan qayti va 2019-yilgi mavsumda 7ta gol urdi. 1853 daqiqa oʻynab birorta ham golli uzatma amalga oshira olmadi. Vadim Abramov boshchiligidagi Bunyodkor klubi va Mirahmadov 2019-yil bronza medali hamda OCHL yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Mirahmadov mavsum oʻyinchisi boʻldi.
Paxtakor (2022) Paxtakorga qarshi 4 marta gol urgan urgan Mirahmadov 2022-yil boshida erkin agent sifatida sherlar bilan ikki yillik shartnomani imzoladi. „Navbahor“dan ham taklif boʻlgan edi. 2022-yilda klubda yarim mavsum oʻynadi. Hujumchi „sherlar“ safida Superligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi. Ichki chempionatda raqiblar darvozasini ishgʻol qila olmadi. Osiyo chempionlar ligasida doirasida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi va faqat „Al-Taavon“ga qarshi oʻyinda 1ta gol urdi.
AGMK (2022–2023) Erkin agent maqomida boʻlgan hujumchi Mirjahon Mirahmadov AGMK futbol klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. Lokomotiv klubiga qarshi dubl qayd etdi.
2024-yilgi mavsum boshida AGMK jamoasi bilan hayrlashganidan soʻng „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoa Oʻzbekiston U20 terma jamoasida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan. Oʻzbekiston U23 terma jamoasi safidagi ilk debyutini 2019-yil 22-mart kuni Hindistonga qarshi bahsda oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti Mirahmadov Edinson Kavani, Zlatan Ibrahimović va Luis Suárezning muxlisi.
Faoliyat stasistikasi
Klublarda +Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasiKlubMavsumLigaOʻzbekiston kubogiBoshqaOsiyo Chempionlar ligasiJamiManbaIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolBunyorkor20160000——3020173000Obod (ijara)201740——70Bunyorkor201811220—0201925731—7202016311004202120841—9Jami6418Paxtakor202280———312AGMK202212431——320232525272Jami87217310325
Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirokGollar2017Oʻzbekiston U20102019—2020Oʻzbekiston U20100Jami110
Yutuqlar Bunyodkor: Oʻzbekiston Superligasida bronza medali (2019-yil);
Bunyodkor: Superliganing 2019-yil mavsum oʻyinchisi (2019-yil);
Manbalar
Havolalar
Mirjahon Mirahmadov Transfermarkt saytida Mirjahon Mirahmadov OʻzPFL saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari