Papi Mison Djilobodji () 1988-yil 1-dekabrda Senegalning Kaolak shahrida tugʻilgan. Papi Mison Djilobodji senegallik futbolchi, „Gaziantep“ klubi va Senegal terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati Djilobodji faoliyatini mahalliy „Salum“ klubida boshlagan va 2007/08-yilgi mavsumda ilk professional futbol oʻyinlarini oʻtkazgan. Senegal Premer-ligasida „Salum“ bilan ikki muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, u 2009-yil oktabr oyida Fransiyaga, havaskorlar chempionatidagi „Senard-Moissy“ klubiga koʻchib oʻtgan. 2009/10-yilgi mavsumning birinchi yarmini muvaffaqiyatli oʻtkazib, u 2009-yil 27-dekabrda Liga 2ga koʻchib oʻtgan futbolchi „Nant“ klubining eʼtiborini tortgan.

2010-yilning 14-may kuni Djilobodji „Nant“ safida bo‘lajak Liga 2 chempioni „Kana“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Birinchi yildagi raqobatdan soʻng, Djilobodji asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Ikkinchi mavsumida 27 oʻyin oʻtkazgan futbolchi 2 ta gol urishga erishgan. Uning taʼsirchan himoyadagi o‘yinlari „Nant“ga 2012/13-yilgi mavsumda Liga 1ga chiqishga yordam bergan. „Nant“da olti mavsumda Papi 185 oʻyin oʻtkazib, 9 gol urgan. 2015-yil yozgi transfer oynasida Djilobodjiga Angliya Premer-ligasining „Sanderlend“ va „Aston Villa“ kabi klublar qiziqayotgani xabar qilingan. Biroq bu klublarning hech biri senegallik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashga jur’at eta olmagan.

2015-yil 1-sentabrda Djilobodji 4 yillik shartnoma imzolab, Premer-liga chempioni „Chelsea“ safiga qo‘shilgan. Transfer summasi 2,7 million funtni tashkil qilgan. Papi 23-sentabr kuni „Chelsea“ safida debyut qilgan va u 90-daqiqada Radamel Falkaoning oʻrniga Futbol Ligasi kubogi 3-turida „Uolsoll“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2016-yilning 21-yanvarida Djilobodji mavsum oxirigacha „Werder“ga ijaraga berilgan. 24-yanvar kuni u Bundesligadagi debyutini oʻtkazgan va 18-tur doirasidagi „Shalke-04“ga qarshi oʻyin uchun asosiy tarkibga kiritilgan. 13-fevral kuni u Bundesligadagi ilk golini „Xoffenxaym“ga kiritgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yilning 31-iyul kuni Djilobodji Zambiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun jamoadoshi Issa Sissoko bilan birga Senegal terma jamoasiga chaqirilgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2013-yilning 14-avgustida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. U Afrika Millatlar Kubogidagi debyutini 2015-yilning 19-yanvarida guruh bosqichida Ganaga qarshi o‘tkazgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan. Turnirda Djilobodji ikkita oʻyinda maydonga tushgan. Ammo uning jamoasi guruhdan chiqa olmagan va 3-oʻrinni egallagan.

Statistika Milliy terma jamoa Mavsum Oʻrtoqlik Turnirlar Jami Oʻyinlar gollar Oʻyinlar gollar Oʻyinlar gollar 2013-yil 1 0 1 0 2 0 2014-yil 3 0 6 0 9 0 2015-yil 2 0 2 0 4 0 Umumiy faoliyatida 6 0 9 0 15 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar