right|thumb|Fizioterapiya olayotgan poliomielit tashxisli bolalar. 1950-yillar.
Viruslarning ijtimoiy tarixi — viruslar va virusli infeksiyalarning insoniyat tarixiga taʼsirini tavsiflaydi. Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari shakllana boshlagan davrda paydo boʻla boshlagan. Bunday hayot tarzi viruslarning tez tarqalishiga va keyinchalik endemik koʻrinish olishiga sabab boʻldi. Oʻsimliklar va chorva hayvonlarining viruslari ham koʻpaydi. Odamlarning tirik qolish bilan bogʻliq mehnat faoliyati tufayli qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka qaram boʻlib qolishlari kartoshka potiviruslari va qoramol o'lati kabi kasalliklarning halokatli oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻldi.
Chechak va qizamiq viruslari odamlarga yuqadigan eng qadimgi virus turlaridan hisoblanadi. Ular ming yillar oldin Yevropa va Shimoliy Afrikada boshqa jonivorlardan odamlarga yuqqan. Viruslar keyinchalik Ispaniya istilolari davrida yevropaliklar tomonidan Yangi Dunyoga olib kelingan, ammo mahalliy aholi tomonidan tabiiy qarshilik koʻrsatilmaganligi sababli millionlab odamlar epidemiyalar paytida nobud boʻlgan. Gripp pandemiyasi ilk bor 1580-yilda qayd etildi va keyingi asrlarda uning koʻrsatkichlari tobora yuqorilab bordi. 1918-1919-yillardagi pandemiya davrida bir yildan kamroq vaqt ichida 40-50 million kishi halok boʻldi, bu tarixdagi eng halokatli pandemiyalardan biri edi.
Louis Pasteur va Edward Jenner virusli infeksiyalardan himoya qiluvchi vaksinalarni birinchi boʻlib ishlab chiqdilar. 1930-yillarda elektron mikroskopning ixtiro qilinishi va buning natijasida virusologiya fanining jadal rivojlanguniga qadar viruslarning tabiati odamlar uchun nomaʼlum edi. XX asrda koʻplab avvaldan maʼlum va yangi kasalliklar viruslar sababli yuzaga kelganligi aniqlandi. Birgina poliomielit epidemiyalarini 1950-yillarda bu kasallikka qarshi vaksina ishlab chiqilgandan soʻng nazoratga olishga muvaffaq boʻlindi. OIV asrlar davomida paydo boʻlgan eng patogen yangi viruslardan biri boʻlgan.
Odatda, viruslar tufayli koʻplab kasalliklarning yuzaga kelishi olimlar tomonidan oʻrganilsa-da, koʻpchilik viruslar foydalidir. Ular turlararo genlarni tashish orqali evolyutsiyani boshqaradi, ekotizimlarda muhim rol oʻynaydi va hayot uchun zarurdir.
Qadimgi davrda Soʻnggi 50 000—100 000-yillar davomida hozirgi koʻrinishdagi takomillashgan odamlar soni ortib, butun dunyo boʻylab tarqalib ketganligi sababli yangi yuqumli kasalliklar, shu jumladan, viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklar paydo boʻldi. Ilgari odamlar kichik, izolyatsiya qilingan jamoalarda yashagan va u davrlarda epidemiya kasalliklarining aksariyati mavjud emas ediClark, p. 56Barrett and Armelagos, p. 28. Kishilik tarixidagi eng halokatli virusli infeksiya boʻlgan chechak birinchi marta Hindistondagi qishloq xoʻjaligi jamoalari orasida taxminan 11 000 yil oldin paydo boʻlganVillarreal, p. 344. Faqat odamlarni zararlagan virus, ehtimol, kemiruvchilarning poxviruslaridan kelib chiqqan. Odamlar kasallik tashuvchi kemiruvchilar bilan aloqa qilishgan degan taxminlar bor. Ushbu „turlar toʻsigʻi“ni kesib oʻtganda viruslarning taʼsiri jiddiy boʻlishi va odamlarda tabiiy qarshilik kam boʻlishi mumkin. Zamonaviy odamlar kichik jamoalarda yashagan, infeksiyaga duchor boʻlganlar yo vafot etgan yoki kasallikka nisbatan immunitet orttirgan. Ushbu orttirilgan immunitet faqat ona sutidagi antikorlar va onaning qonidan tugʻilmagan bolaning yoʻldoshi orqali oʻtadigan boshqa antikorlar orqali avlodlarga vaqtincha oʻtgan. Shuning uchun, ehtimol, har bir avlodda sporadik epidemiyalar sodir boʻlgan. Taxminan miloddan avvalgi 9000-yillarda koʻpgina odamlar Nil daryosining unumdor tekisliklariga joylasha boshladilar, aholining zich joylashuvi natijasida sezgir odamlarning yuqori konsentratsiyasi tufayli viruslar doimiy ravishda mavjud boʻlishi mumkin ediTucker, p. 6. Odamlarning katta konsentratsiyasiga bogʻliq boʻlgan virusli kasalliklarning boshqa epidemiyalari, masalan, parotit, qizilcha va poliomielit ham birinchi marta shu vaqtda sodir boʻlganClark, p. 20.
Taxminan miloddan avvalgi 9500-yilda Yaqin Sharqda boshlangan neolit davri odamlar dehqonchilik bilan shugʻullangan paytlarga toʻgʻri keladiBarker, p. 1. Ushbu qishloq xoʻjaligi inqilobi monokulturaning rivojlanishi bilan kechdi va oʻsimlik viruslarining bir nechta turlari tarqalishi uchun imkoniyat yaratdi. Sobemoviruslarning divergensiyasi va tarqalishi (masalan, janubiy loviya mozaik virusi) shu vaqtdan boshlangan. Kartoshka va boshqa meva va sabzavotlarning potiviruslarining tarqalishi taxminan 6600-yillar oldin boshlangan.
10 000 yillar oldin Oʻrta yer dengizi havzasi atrofidagi yerlarda yashagan odamlar yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirishni boshladilar deb hisoblanadi. Choʻchqalar, qoramollar, echkilar, qoʻylar, otlar, tuyalar, mushuklar va itlar asirlikda saqlangan va koʻpaytirilgan. Oʻz oʻrnida, bu hayvonlar oʻzlari bilan viruslarini olib kelishgani taxmin qilinadiMcNeill, p. 71. Viruslar hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin, ammo bunday zoonotik infeksiyalar kamdan-kam uchraydi, shuningdek, garchi gripp kabi sezilarli istisnolar mavjud boʻlsa-da, hayvonlar viruslarining odamdan odamga yuqishi holatlari bundan ham kam kuzatiladi. Aksariyat viruslar turlarga xosdir va odamlar uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydiBaker, pp. 40-50. Bu viruslar odamlarga toʻliq moslashmaganligi sababli hayvonlardan yuqtirish yoʻli bilan kelib chiqadigan kamdan-kam uchraydigan virusli kasalliklar epidemiyasi qisqa muddatli boʻlganMcNeill, p. 73 va inson populyatsiyalari infeksiya zanjirlarini saqlab qolish uchun juda kichiklik qilganClark, p. 57-58.
Boshqa, nisbatan qadimgiroq viruslar kamroq xavf tugʻdiradi. Gerpes viruslari birinchi marta zamonaviy odamlarning ajdodlari tomonidan 80 million yil oldin yuqtirilganCrawford (2000), p. 225. Odamlarda bu viruslarga nisbatan toqatlilik paydo boʻlgan va aksariyat kishilar gerpesning kamida bitta turi bilan kasallangan. Bugungi kunda mazkur yengilroq virusli infeksiyalarni qayd etish holatlari kamdan-kam uchraydi, ammo hozirgi odamlar erta gominidlar keltirib chiqaradigan shamollash, gripp va diareyadan qanday aziyat chekishsa, ilgarigi davrlarda gerpesda ham shunday aziyat chekishgan. Epidemiya va pandemiyalarni asosan yaqinda paydo boʻlgan viruslar keltirib chiqaradi.
Antik davrda link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5c/Polio_Egyptian_Stele.jpg/170px-Polio_Egyptian_Stele.jpg|thumb| Misr stellasida poliomielit bilan kasallangan odam tasvirlangan degan taxminlar bor. 18-sulola (miloddan avvalgi 1580-1350-yillar).|left Virusli infeksiyalar bilan bogʻliq eng qadimgi yozuvlar orasida 18-suloladan (miloddan avvalgi 1580-1350-yillar) boʻlgan misrlik ruhoniy tasvirlangan Misr stellasi mashhur sanalib, unda poliovirus infeksiyasiga xos boʻlgan oyoq tushishi deformatsiyasi tasvirlanganShors, p. 16. 19-sulola hukmdori Siptahning mumiyasi ham oʻzida poliomielit belgilarini namoyon qiladi. Bundan 3000-yillar ilgali koʻmilgan Ramses V va boshqa baʼzilarning mumiyalari chechakning alomatlarini koʻrsatadiDonadoni, p. 292Taylor, p. 4. Miloddan avvalgi 430-yilda Afinada yuz bergan chechak epidemiyasi armiyaning chorak qismi va shaharning koʻplab tinch aholisini qirib yuborganZimmer, p. 82. Milodiy 165-180-yillarda roʻy bergan Antonine vabosi (katta ehtimol bilan yana bir chechak pandemiyasi) Buyuk Britaniya, Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani oʻz ichiga olgan Rim imperiyasida besh millionga yaqin odamning vafotiga sabab boʻldiBaker p. 25. Pandemiya hozirgi Iroq hududida boshlangan qoʻzgʻolonni bostirish uchun yuborilgan Rim askarlari Dajla daryosi boʻyidagi Salavkiya shahrini talon-toroj qilishi va bir vaqtning oʻzida kasallik yuqtirishidan keyin boshlanib ketgan. Ular oʻzlari bilan infeksiyani Rim va Yevropaga olib kelishdi, bu hududlarda kuniga 5000 ga yaqin kishi kasallik natijasida halok boʻldi. Tarqalish choʻqqisiga chiqqanida pandemiya Hindiston va Xitoygacha yetib bordiCrawford p. 78.
Qizamiq qadimgi kasallik hisoblanib, uni birinchi marta X asrda fors shifokori Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy (865-925-yillarda yashagan) aniqlaganLevins, pp. 297-298. Roziy qizamiq uchun arabcha hasbah (حصبة) atamasini qoʻllagan. Shuningdek, qizamiqning boshqa koʻplab nomlari bor, lotincha rubeus — „qizil“ va morbilli – „kichik vabo“ soʻzidan olingan rubeola shular jumlasidandirDobson, pp. 140-141. Qizamiq virusi, it kasalligi virusi va qoramol virusi oʻrtasidagi yaqin oʻxshashliklar qizamiq birinchi marta odamlarga uy hayvonlari yoki qoramollardan yuqqan degan taxminlarni keltirib chiqaradiKarlen, p. 57. Qizamiq virusi XII asrga kelib oʻsha paytda keng tarqalgan qoramol virusidan butunlay ajralib chiqqani taxmin qilinadi.
Qizamiq infeksiyasidan soʻng kishida umrbod immunitet hosil boʻladi. Shu sababli virus endemik koʻrinish olishi uchun yuqori aholi zichligini talab qiladi va bu, katta ehtimol bilan, neolit davrida sodir boʻlmaganLevins, pp. 297-298. Yaqin Sharqda paydo boʻlganidan soʻng virus miloddan avvalgi 2500-yilda Hindistongacha yetib bordi. Qizamiq oʻsha davrlarda bolalar orasida shunchalik keng tarqalgan ediki, hatto u kasallik sifatida ham tan olinmagan. Misr iyerogliflarida mazkur kasallik inson rivojlanishining normal bosqichi sifatida tasvirlangan. Virus bilan kasallangan oʻsimlikning eng qadimgi taʼriflaridan birini yapon imperatori Koken (718-770) yozgan sheʼrda topish mumkin – asarda yozda barglari sargʻaygan oʻsimlik tasvirlanadi. Keyinchalik Eupatorium lindleyanum sifatida aniqlangan oʻsimlik koʻpincha pomidorning sariq barglari jingalak virusi bilan kasallanganMahy, (a) p. 10.
Oʻrta asrlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9f/Middle_Ages_rabid_dog.jpg/220px-Middle_Ages_rabid_dog.jpg|right|thumb| Oʻrta asrlar. Yogʻochdan ishlangan quturgan it tasviri. Yevropa aholisining tez oʻsib borayotganligi, shaharlar va ulardagi odamlar sonining koʻpayishi koʻplab yuqumli kasalliklar, jumladan, ehtimol, eng mashhur bakterial infeksiya sanalgan qora oʻlimning tarqalishi uchun qulay zamin yaratdi. Chechak va grippdan tashqari viruslar sabab boʻlishi maʼlum boʻlgan infeksiyalarning hujjatlashtirilgan epidemiyalari kamdan-kam uchraydi. 4000 yil ilgari qayd etilgan quturmaMahy, (b) p. 243 Yevropada keng tarqalgan infeksion kasalliklardan biri edi va bu holat 1886-yilda Lui Paster tomonidan vaksina ishlab chiqilgunga qadar davom etdiShors, p. 586. Oʻrta asrlarda Yevropada oʻrtacha umr koʻrish 35 yoshni tashkil etgan; bolalarning 60 foizi 16 yoshga toʻlmasdan vafot etgan, ularning aksariyati olti yoshgacha umr koʻrgan, xolos. Shifokorlarning ozchilik qismi davo choralarini qoʻllashda oʻz cheklangan tibbiy bilimlariga va, shuningdek, astrologiyaga ham tayangan. Infeksiyalarni davolashning baʼzi usullari orasida kirpi yogʻida qovurilgan mushukdan tayyorlangan malham ham bor ediMortimer, (2009) p. 211. Bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan kasalliklar orasida qizamiq, gripp va chechak kabilar maʼlum boʻlganPickett, p. 10. Salib yurishlari va musulmonlarning istilolari Yevropada V-VII asrlarda qitʼaga kirib kelganidan keyin tez-tez uchrab turgan epidemiyalarning sababi boʻlgan chechakning tarqalishiga yordam berdiClark, p. 21.