Bayram Baxtiyar oʻgʻli Mustafoyev () — ozarbayjonlik paralimpiya dzyudochisi, 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida va B2 koʻzi ojizlar toifasida ishtirok etadi, ikki karra jahon (2014 va 2018-yil) va Yevropa (2011, 2013 va 2015-yil) chempioni 2011-yilgi Butunjahon oʻyinlari ishtirokchisi (5-oʻrin) . Londonda boʻlib oʻtgan 2012-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida va Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2016-yil sentyabr oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erishgan yuksak yutuqlari, shuningdek, Ozarbayjon sportini rivojlantirishga qoʻshgan xizmatlari uchun Mustafoyev III darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlanadi. .
2017-yilgi Yevropa chempionatida Mustafoyev kumush medalni, xudi shu yili Bokuda oʻtkazilgan „Islom birdamlik oʻyinlari“ning kumush medali sovrindori boʻladi va finalda hamyurti Elchin Tolibovga imkoniyatni qoʻldan boy beradi .
2018-yilda u Portugaliyadagi jahon chempionatida ishtirok etib, 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida chempion boʻladi. Mazkur yil chempionatda Ozarbayjon erkaklar jamoasi tarkibida Mustafoyev jamoaviy turnirning bronza medaliga sovrindori boʻladi .
2019-yilda Genuya shahrida Mustafoyev oʻz vazn toifasida (66 kg gacha) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻalabaga erishadi, shuningdek, Ozarbayjon aralash jamoasi tarkibida ham Yevropa chempioniga aylanadi .
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:23-mayda tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon sportchilari