Jasur Meliyevich Narziqulov (; 1984-yil 13-aprel, Jizzaxda tugʻilgan) – qozogʻistonlik sobiq futbol darvozaboni.
Jasur avval Jasulan Dehqonov nomi bilan tanilgan va ismining soxtalashtirishi natijasida bir muddat Qozogʻistonda futbol oʻynashdan chetlashtirilgan edi.
Futbolchilik faoliayti
Klub Jasur futbolchilik faoliyatini „Ordabasi“ jamoasida boshlaganJasur Narzikulov: „U golkiperov osobaya missiya“Jasur Narzikulov: „U golkiperov osobaya missiya“ sports.kz. 2006-yilgi mavsum oʻsha davrdagi mamlakatning eng kuchli jamoalaridan biri, „Aktobe“ klubiga oʻtgan. 2008-yil 2 mart kuni Aktobe klubi bilan 2008-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. Ammo 21-mart kuni yosh oʻyinchilarning barcha hujjatlari yoshga muvofiqligi tekshirilganda, Jasur soxta hujjatda roʻyxatdan oʻtgani maʼlum boʻlgan. Tekshiruvlarga koʻra 1987-yilda tugʻilgan Dehqonov Jasulan Javlomboyevich aslida boshqa inson ekani maʼlum boʻlganSkandal. Annulirovan itog igri za superkubok. Futbolchi Dehqonov (Narziqulov) Qozogʻiston futbol federatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan barcha rasmiy turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Futbol jamoatchiligining noroziligi sabab maʼlum vaqt Qozogʻistonni tark etganJasur Narzikulov: „Xochu igrat za sbornuyu Kazaxstana“.
2009—2011-yillar Oʻzbekistondagi futbol klublarida oʻynagan. Bu davrda avvaliga „Andijon“ va „Mash’al“, keyinchalik esa „Qizilqum“ (Zarafshon) klubi tarkibida oʻynagan. Jasur Oʻzbekistonda tugʻilganiga qaramay, Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida oʻynagani sababli allaqachon qozogʻistonlik deb hisoblangan va shu sababdan terma jamoaga taklif qilinmagan.
2011-yilgi mavsum oʻrtalarida Jasur Qozogʻistonga qaytgan va Qiziloʻrdaning „Qaysar“ klubi bilan shartnoma imzolaganJasur Narzikulov: „Ot vsego otkazalsya v nadejde vernutsya v Kazaxstan“. 2012-yil yanvar oyida Jasur yana „Aktobe“ klubi tarkibiga qaytgan va jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Bu davrda klub murabbiylik qilgan rossiyalik Vladimir Muxanov uni mavsum davomida chempionatda oʻynashiga bermagan va klubning asosiy darvozaboni rossiyalik Andrey Sidelnikov deyarli barcha oʻyinlarda ishtirok etgan. Jasur Aktobe bilan mamlakat chempioni unvonini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, atigi 4 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2014-yilgi mavsum oʻrtasida Aktobe klubida oʻyin amaliyoti kamligi sababli jamoani tark etgan va Taraz jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2015-yilda Jasur „Atirau“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va uch mavsum davomida Atirov shahri jamoasi tarkibida oʻynagan. 2018-yilning yanvar oyida Narziqulov „Ordabasi“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Ammo klub mavsum yakunida medallarsiz qolgani sababli shartnoma uzaytirilmagan.
2019-yil 26-iyun kuni yozgi transfer oynasida 35 yoshli tajribali darvozabonni Qoʻstanayning „Tobol“ klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. 2019-yilning 12-dekabrida „Tobol“ Narziqulov shartnoma muddati tugagach, klubni tark etganini eʼlon qilgan. Jasur yil oxirida klubni tark etgan va keyin 2020-yilgi mavsum uchun „Aktobe“ jamoasi tarkibiga qaytgan„Aqtөbe“ futbol klubiniң jaңa qұrami belgіlі boldi, inbusiness.kz, 14 March 2020. Aktobe jamoasi uch mavsum davomida oʻynagan va asosan zaxira darvozabon vazifasini bajargan. 2023-yilning fevral oyida Narziqulov Turon klubi bilan shartnoma imzolagani maʼlum qilingan. 2023-yilgi mavsum kuzida professional faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Pasport mojarosiga aloqadorlik 2008-yilning mart oyida Qozogʻiston futbol federatsiyasi tomonidan futbolchilarning hujjatlarini soxtalashtirishini boʻyicha nazorat oʻtkazilgan. Natijada Narziqulov shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirgani va boshqa ism ostida musobaqalarda ishtirok etgani maʼlum boʻlgan. Jasur 2005-yilda Qozogʻiston fuqaroligini olgan davrida asl tugʻilgan sanasini 1984-yildan 1987-yilga, shuningdek asl ismini Jasulan Dehqonovga oʻzgartirgani aniqlangan. Natijada 2008-yilgi mavsum davomida Qozogʻistonda futbolning har qanday turida ishtirok etishdan chetlashtirilganHunt for forgers started from Sport.gazeta.kz 21 March 2008.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollarMilliy terma jamoaYilOʻyinGolQozogʻiston200620200710Umumiy30
Yutuqlar
Aktobe
Qozogʻiston Premyer-ligasi (1): 2007, 2013 Qozogʻiston Superkubogi (2): 2008, 2014 Qozogʻiston Birinchi ligasi gʻolibi: 2020
Manbalar
Havolalar
Jasur Narziqulov Jasur Narziqulov
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:FC Tobol jamoasi futbolchilari Turkum:FC Turan futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar