Sardor Sobirxoʻjayev (1994-yil 6-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Klub Sardor Faoliyatini Bunyodkor (Bunyodkor-2) akademiyasidan boshlagan. Dastlabki professional jamoasi Bunyodkor klubidir. „Qaldirgʻochlar“ jamoasi tarkibida 2013—2016-yillar oraligʻida oʻynagan. 2016-yilgi mavsum boshida Jizzaxning Soʻgʻdiyona jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2016-yilgi mavsumni birinchi davrasida 1 ta oʻyinda ishtirok etgan va asosan oʻrinbosalar jamoasi tarkibida oʻynagan. Mavsumning ikkinchi davrasidan oldin Jizzax klubini tark etgan ikkinchi va Toshkentning Obod klubi bilan shartnoma imzolagan. Sobirxoʻjayev Obod jamoasida ham uzoq vaqt qolmagan 2017-yilgi mavsum oldidan klubni tark etgan. 2017-yilgi mavsum boshida Gʻuzorning Shoʻrtan klubi tarkibiga oʻtgan. Gʻuzor klubida asosiy futbolchilaridan biriga aylangan va 15 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan.

2017-yilgi mavsumning ikkinchi davrasi oldidan „Bunyodkor“ klubi Sobirxoʻjayev klubga qaytarishga harakat qilgan va 26-iyul kuni shartnoma imzolanganini eʼlon qilgan. Sobirxoʻjayev „Bunyodkor“ jamoasida 2018-yilgi mavsum soʻngiga qadar oʻynagan va 2019-yilgi mavsum oldidan Paxtakor klubi bilan shartnoma imzolagan.

Karyera statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaUmumiyDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBunyodkor2013Oʻzbekiston Superligasi100000 -10201422010601030020151813030 -241Umumiy411409010551Soʻgʻdiyona2016Oʻzbekiston Superligasi1002000 -120Obod Toshkent2016Oʻzbekiston Superligasi1300000 -130Shoʻrtan Gʻuzor2017Oʻzbekiston Superligasi1512000 -171Bunyodkor2017Oʻzbekiston Superligasi300000 -30201823130 - -261Umumiy2613000--291Umumiy faoliyati105311090101263

Xalqaro Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiYillarOʻyinGol201410201500201600201700201830Umumiy40 2018-yil 11-sentyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Yutuqlari Klub Bunyodkor Oʻzbekiston chempioni: 2013 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2013 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2014

Paxtakor Oʻzbekiston chempioni: (5) 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (3) 2019, 2020, 2025 Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (2) 2021, 2022

Manbalar

Havolalar

Sardor Sobirxoʻjayev Soccerway saytida Sardor Sobirxoʻjayev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar