Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (koreys tilida: 대한민국 여자 축구 국가대표팀) Xalqaro ayollar futboli musobaqalarida Janubiy Koreya sharafini himoya qiladi. Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi 2003, 2015 (shu-yilgi Jahon chempionatida (nimchorak) 1/8 finalga chiqqan) va 2019-yillarda, jami uchta FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.
Tarixi
1949-2002: Boshlanishi Koreya Respublikasi hukumati tashkil etilganidan bir-yil o‘tmay, 1949-yil 28 va 29-iyun kunlari Seulda qizlar va ayollar milliy sport o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi birinchi rasmiy futbol o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu oʻyinlar orqali ayollar basketboli va voleyboli sprot turlari jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan boʻlsa-da, futbol ayollar uchun mos emas va jamoatchilik uchun yoqimsiz sifatida qabul qilindi. Natijada, tadbirdan koʻp oʻtmay ayollar jamoalari tarqatib yuborildi.
1990-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari turnirida ayollar futboli ham musoqaba sprot turlari safiga rasman qabul qilinganida, Janubiy Koreya sport maʼmuriyati boshqa sport turlari kabi futbolchilarda iborat ayollar jamoasini shakllantirish va jamoani Osiyo oʻyinlariga yuborishga qaror qildi. Lekin Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlabki turnirda Yaponiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarshi barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchragan. Shunga qaramay, kollejlar va korporatsiyalar 1990-yillargacha xususiy ayollar futbol jamoalarini ishga tushirishni boshladilar va Koreyada birinchi milliy ayollar futboli turniri, Qirolicha kubogi, 1993-yilda boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻzgarishlar tufayli Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilda Malayziyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
1999-yilda Janubiy Koreyaning Sport vazirligi oʻrta maktab qizlari, universitet jamoalari va xususiy jamoalar uchun yangi musobaqa va turnirlar tashkil etishga homiylik qildi. Ayollar futbolini ommalashtirish maqsadida 2001-yilning mart oyida Koreya Futbol Assotsiatsiyasi (KFA) bilan hamkorlikda mustaqil tashkilot sifatida Koreya Ayollar Futbol Federatsiyasi (KWFF) tashkil etilganFan Hong; J.A. Mangan (23 November 2004). .
2003-2013: Birinchi jahon chempionati Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003-yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi va birinchi marta jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (laqabi:Taegeuk Ladies) ushbu chempionatda Norvegiya, Fransiya va Braziliya bilan B guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatidagi birinchi oʻyinida 2003-yil 21-sentyabrda Braziliyaga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Ular Fransiyaga 1:0, Norvegiyaga 7:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Kim Jin-Hee 2003-yilning 27-sentyabrida Norvegiyaga qarshi o‘yinda Janubiy Koreyaning jahon chempionatidagi ilk golini kiritdi.
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda oʻz maydonida oʻtkazilgan EAFF E-1 futbol chempionatida gʻalaba qozonganiga qaramay, 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqa olmadi. Taegeuk Ladies jamoasi 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2010-yilgi EAFF ayollar futbol chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yana bir bor qatnasha olmadi.
2015-yilgi jahon chempionati Janubiy Koreya 2014-yilgi OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 2015-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va u yerda birinchi marta guruh bosqichidan chiqdi. Bu safar Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya, Ispaniya va Kosta-Rika bilan E guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab 2015-yil 9-iyun kuni Braziliyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan, biroq 13-iyun kuni Kosta-Rika bilan 2:2 hisobida durang va 17-iyun kuni Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yil 21-iyun kuni 1/8 finalda Fransiyaga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
2019-yilgi jahon chempionati Avvalgi o‘yinda yaxshilangan o‘yin natijalari hisobiga Janubiy Koreya ayollar o‘rtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va Fransiya, Norvegiya va Nigeriya bilan „A“ guruhidan joy oldi. Biroq ular 2015-yildagi oldingi muvaffaqiyatlarini takrorlay olmadilar va uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishdi va guruh bosqichida turnirni tark etishdi. Butun turnirda davomida atigi bitta gol va hatto avtogol urishdi.
Jamoa tasviri
Taxalluslar Janubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining laqabi „Taegeuk Ladies“ () hisoblanadi.
Sport formasi Ayollar jamoasi odatda Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi bilan bir xil sport toʻplamdan foydalanadi. Biroq, ayollar terma jamoasi formasida erkaklar jamoasi hech qachon foydalanmagan koʻplab kombinatsiyalarni uchratish mumkin. Quyida Janubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining turli yillarda kiygan futbol formalari keltirilgan.
Azaliy raqiblar
Yaponiya Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya terma jamosi bilan azaliy raqobatga ega. Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasining ancha ustunligidan farqli oʻlaroq, Janubiy Koreya ayollar jamoasi Yaponiyaga qarshi gʻalaba qozonganidan koʻra koʻproq magʻlub boʻlgan. Ikki jamoa birinchi marta 1990-yilda uchrashishgan vaJanubiy Koreya Yaponiyaga 1:13 hisobida magʻlub boʻlgan. 2022-yil holatiga koʻra, Janubiy Koreya oʻza oʻyinlarda 4 gʻalaba, 11 durang va 18 magʻlubiyat bilan ortda qolmoqda. Janubiy Koreyaning Yaponiyaga qarshi o‘yinlarda zaif o‘yin ko‘rsatishining sabablari bor edi: Janubiy Koreya, Yaponiyadan farqli o‘laroq, ayollar futbolini Yaponiyadan ancha kech rivojlantirgan, shuningdek, Yaponiyadan farqli o‘laroq, Janubiy Koreyada professional ayollar ligasi yo‘q.
Chet ellik futbolchilar 2014-yildan beri koreyalik eng yaxshi futbolchilar xorijda, ayniqsa Angliyada oʻynashga intila boshladi. Hozir FAWSL ligasida uchta koreys ayol oʻynamoqda. Ular: „Tottenham“ jamoasida Cho So-hyon, „Brayton va Xov Albion“ jamoasida Li Geum Min Park Ye Eun.
FIFA Jahon reytingi FIFA Jahon reytingiFIFA Jahon reytingi Reyting Yil Jami oʻyinlar soni Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Eng yaxshi Eng yomoni Reyting Koʻchish Reyting Koʻchish18 2022 6 4 1 1 18 18 18 2021 8 3 3 2 18 0 19 1
Barcha vaqt natijalari
Quyidagi jadvalda Janubiy Koreya ayollar terma jamoasining 2021-yil 1-yanvar holatidagi xalqaro oʻyinlardagi natijalari ko‘rsatilgan.
Jami oʻyinlar soni Gʻalaba Durang MagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtakazib yuborilgan gollar Jami 213 91 34 85 473 255
Manba: Worldfootball.net sayti
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Lavozim Ism Boshlanish sanasi Menejer Kolin Bell 2019-yil 18 oktyabr Boshqaruvchi yordamchisi Mett RossKim Eun Jung Nomaʼlum Darvozabonlar murabbiyi Chung Yu Suk Nomaʼlum Fitnes murabbiyi Jung Xyun-gyu Nomaʼlum
Bosh murabbiylar roʻyxati Bosh murabbiyMurabbiylik faoliaytiOʻtkazgan oʻyinlariGʻalabaDurangMagʻlubiyatGʻalaba koʻrsatkichi %Yutuqlar An Jong-goan2003-20100000% Lee Sang-yup2010-20110000% Choi In-cheol2010-20110000%2010-yilgi Osiyo oʻyinlari: 3-oʻrin Yoon Deok-yeo2013-20190000% Choi In-cheol20190000% Colin Bell2019-hozirga qadar191045%1-xorijiy bosh murabbiy 2022-yilgi Osiyo kubogi: 2-oʻrin
Oʻyinchilar Quyidagi futbolchilarga 2022-yil 3 va 6-sentabrdagi Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan.
Statistika 2022-yil 3-sentabr holatiga ko‘ra to‘g‘ri keladi.
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi * Qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar hozirda ham oʻz faoliyatini olib borishadi.
2020-yil 9-fevral holatiga koʻra. Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar #FutbolchiMilliy terma jamoadagi faoliyat yillariMaydonga tushgan oʻyinlari soni1Cho So-hyun2007-hozirga qadar1262Ji So-yun2006-hozirga qadar1253Kim Jung-mi2003-hozirga qadar1164Kwon Hah-nul2006-hozirga qadar1035Jeon Ga-eul2007-hozirga qadar1016Lee Eun-mi2007-hozirga qadar89Kim Hye-ri2007-hozirga qadar8Yoo Young-a2007-hozirga qadar879Kim Do-yeon2010-hozirga qadar8210Lee Myung-hwa1990-200481
Eng yaxshi toʻpurarlar futbolchilar #FutbolchiMilliy terma jamoadagi faoliyat yillariGollar soniMaydonga tushgan oʻyinlari soni1Ji So-yun2006-hozirga qadar611252Jeon Ga-eul2007-hozirga qadar381013Yoo Young-a2007-hozirga qadar32874 Cha Sung-mi1994-200330555Park Hee-young2005-201323556Jung Seol-bin2006-hozirga qadar2072Cho So-hyun2007-hozirga qadar1248Park Eun-sun2003-hozirga qadar17349Kwon Hah-nul2006-hozirga qadar1510310Lee Geum-min2013-hozirga qadar1443Lee Eun-mi2007-hozirga qadar89
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari
Mintaqaviy
OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi
Fayl:Med_2.png Ikkinchi oʻrin: 2022
EAFF E-1 futbol chempionati
Fayl:Med_1.png Chempion: 2005-yil Fayl:Med_2.png G‘oliblar: 2015, 2019
Kipr ayollar kubogi
Fayl:Med_2.png Chempion: 2017-yil
Janubiy Koreya terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijalari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 1995-yil 1999-yil 2003-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 1 11 −10 2007-yil Saralashdan oʻta olmadi 2011-yil 2015-yil 16-tur 4 1 1 2 4 8 −4 2019 Guruh bosqichi 3 0 0 3 1 8 −72023-yil Kvalifikatsiya qilindi 2027 Aniqlanmoqda Jami 4/9 10 1 1 8 6 27 −21 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati tarixi Yil Bosqich Sana Raqib Natija Stadion 2003-yil Guruh bosqichi 21-sentabr Braziliya Magʻlubiyat 0-3 RFK stadioni, Vashington, DC 24-sentabr Fransiya Magʻlubiyat 0-1 27-sentabr Norvegiya Magʻlubiyat 1-7 Gillette stadioni, Foksboro 2015-yil Guruh bosqichi 9-iyun Braziliya Magʻlubiyat 0-2 Olimpiya stadioni, Monreal 13-iyun Kosta-Rika Durang 2-2 17-iyun Ispaniya Gʻalaba 2-1 Lansdaun stadioni, Ottava 16-tur 21-iyun Fransiya Magʻlubiyat 0-3 Olimpiya stadioni, Monreal 2019-yil Guruh bosqichi 7-iyun Fransiya Magʻlubiyat 0-4 Parc des Princes, Parij 12-iyun Nigeriya Magʻlubiyat 0-2 Stad des Alpes, Grenobl 17-iyun Norvegiya Magʻlubiyat 1-2 Stad Auguste-Delaune, Reyms
Olimpiya oʻyinlari Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1996-yil Saralashdan oʻta olmadi 2000 2004-yil 2008-yil 2012-yil 2016-yil 2020 2024-yil Aniqlanmoqda Jami 0/7 - - - - - - -
OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalariMezbon davlat / YilNatijaOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollariOʻtkazib yuborilgan gollarGollar farqi 1975Qatnashmadi 1977 1979 1981link=Thailand|border|23x23px 1983 1986 1989 1991Guruh bosqichi3003022−22 1993310249−5 19954-oʻrin5212115+6 1997Guruh bosqichi2101111 +10 19994301305 +25 20014-oʻrin64021610+6link=Thailand|border|23x23px 20033-oʻrin6411225+17 2006Guruh bosqichi4202146 +8 2008320153 +2 2010311163 +3 20144-oʻrin5212184+14 20185-oʻrin422090 +9 20222-oʻrin6 411114+7Jami13/19542871915777+80
Osiyo oʻyinlari Osiyo oʻyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari Mezbon davlat / Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollari Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1990-yil 5-oʻrin 5 1 0 4 2 30 −28 1994-yil 4-oʻrin 3 0 0 3 0 9 −9link=Thailand|border|23x23px 1998-yil Guruh bosqichi 3 1 1 1 8 4 +42002-yil 4-oʻrin 5 2 0 3 6 8 −2 2006-yil 4-oʻrin 5 2 0 3 7 10 −3 2010-yil 3-oʻrin 5 3 1 1 14 4 +10 2014-yil 3-oʻrin 6 5 0 1 33 2 +31 2018 3-oʻrin 6 5 0 1 32 3 +29 2022 Aniqlanmoqda - - - - - - - 2026 Aniqlanmoqda - - - - - - - Jami 8/8 38 19 2 16 102 71 +31
EAFF E-1 futbol chempionati