Odiljon Soxibjon oʻgʻli Xamrobekov (1996-yil 13-fevral tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, Eronning „Traktorsozi“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Klub „Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi Xamrobekovni „Nasaf“ jamoasidan ikki yarim milliard soʻmga xarid qilgani OAVlarda maʼlum qilingan. 2019-yil 14-mart kuni „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirilgan.

2021-yil 5-martda BAAning „Shabab Al Ahli“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 2021-yil 23-iyul kuni Xamrobekov Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytib, 2022-yil oxirigacha shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum dekabr oyida Oʻzbekiston Superligasining Transfermarkt talqiniga koʻra eng qimmat ikki futbolchisidan biriga aylangan.

2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2025-yil 19-iyulda Eronning Traktorsozi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro Odiljon 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtgan yoshlar (17 yoshgacha) jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida toʻp surgan, Oʻzbekiston yoshlari 1/8 finalgacha yetib borgan, shuningdek, yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etgan. U Oʻzbekiston yoshlar (20 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga 2015-yilda Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalga qadar yetib borgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar (23 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Osiyo chempioni boʻlgan va musoboqada sherilariga eng koʻp pas bergan futbolchiga aylangan.

2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etilgan. Xamrobekov 2017-yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut oʻyinini oʻtkazganUAE 1–0 Uzbekistan. Keyin Urugvay, Marokash, Senegal, Eron, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibiga kiritilgan.

2024-yilning 3-fevral kuni terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urganOsiyo Kubogi-2023 | 1/4 final03.02.2024 | 20:30 (Toshkent vaqti)QATAR — OʻZBEKISTON 1:1 LIVE // Championat.asia.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Kontinental Boshqa Jami Boʻlim Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Paxtakor Toshkent 2019 Oʻzbekiston Superligasi 20 0 4 0 1 1 7 0 - 32 0 2020 21 0 4 0 - 8 0 - 33 0 Jami 41 0 8 0 1 1 15 0 - - 65 1 Shabab Al Ahli 2020-21 BAA Pro ligasi 8 0 0 0 0 0 - - 8 0 Karyera jami 49 0 8 0 1 1 15 0 - - 73 1

Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasi Yil Oʻyin Gol 2017 1 0 2018 8 0 2019 8 0 2020 1 0 2021 5 02022920235 Jami 39 0 2023-yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Yutuqlar

Klub

Nasaf

Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi (1): 2017-yil Oʻzbekiston Ligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2013, 2014, 2015, 2016 Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2015-yil Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin sohibi (2): 2013, 2016 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 2016

Paxtakor

Oʻzbekiston Ligasi Chempioni (5): 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 2019, 2020 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2): 2021, 2022 Oʻzbekiston liga kubogi sohibi (1): 2019

Shabob al-Ahli

BAA Liga kubogi: 2020/2021 BAA Prezidenti kubogi: 2020/2021

Xalqaro

U-23 Osiyo chempionati: 2018-yil

Individual

U-23 Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2018

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Odiljon Hamrobekov National-football-teams saytida

Odiljon Hamrobekov Transfermarkt saytida Odiljon Hamrobekov Sportbox.ru saytida Odiljon Hamrobekov Footballfacts saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Shabab Al Ahli (Dubay) futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Tractor S.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari