Sherzod Temirov (1998-yil 27-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbolchisi, Iroq Yulduzlar ligasining Zakho FC klubida chap qanot vingeri va hujumchi pozitsiyasida oʻynaydiPlayer info: Sherzod Temirov. globalsportsarchive.com.. 2025/2026-yilgi mavsumda Iroq chempionati toʻpurari boʻlgan.
Klub Faoliyatini Gʻuzorning Shoʻrtan jamoasi akademiyasida boshlagan. 2018-yilda Qarshining Nasaf jamoasiga oʻtgan. 2020-yilda Muborakning „Mash’al“ klubida toʻp surgan. 2021-yilgi mavsumda „Paxtakor“ klubi safida oʻynagan.
Persepolis 2022-yilning 28-fevralida Temirov Fors koʻrfazi Pro-ligasi chempioni — Persepolis bilan 18 oylik shartnoma imzolagan. Uning Persepolis klubiga jalb etilishi OAV tomonidan tanqid qilingan. Sherzod ingliz tilini ham bilmasligi, jamoaning texnik xodimlari va futbolchilari bilan muloqot qilishda qiynalishi taʼkidlangan. 2022-yil 30-avgustda shartnomasini bekor qilgan holda Persepolis klubini tark etgan.
Peykan 2022-yilning 6-sentyabrida Temirov Peykan klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil noyabr oyida Gongkongning „Kitchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumDivisionLigaKubokOsiyoBoshqaUmumiyOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNasaf2018Oʻzbekiston Superligasi910000—91Shoʻrtan2019Oʻzbekiston Pro ligasi231700——2317Mash’al2020Oʻzbekiston Superligasi23122——253Umumiy231922——2521Paxtakor2021Oʻzbekiston Superligasi188403010268Umumiy188403010268Persepolis2021–22Eron Pro ligasi9110—001012022–232000—0020Paykan2022–23Eron Pro ligasi23121——252Umumiy34231——373Kitchee SC2023–24Gonkong Premyer-ligasi13521—722272024–25231211—843217Umumiy361732—1565424Erbil SC2025–26Iroq Yulduzlar ligasi332821——3529Umumiy332821——3529Faoliyat statistikasi144741443016617785
Xalqaro oʻyinlar Temirov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2022-yil 27-yanvar kuni Janubiy Sudanga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:0) oʻtkazgan (72-daqiqada Eldor Shomurodov bilan almashtirilgan). Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan 2022-yilgi Navroʻz kubogi oʻrtoqlik oʻyinlarida chempion boʻldi.
Yutuqlari Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi (1): 2021 Oʻzbekiston kubogi (1): 2020 Oʻzbekiston Superkubogi (1): 2021
Manbalar
Havolalar Sherzod Temirov Soccerway saytida
Sherzod Temirov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Paykan F.C. futbolchilari Turkum:Kitchee SC futbolchilari Turkum:Erbil SC futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hong Kongdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Iroqdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Hong Kong Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Iroq Yulduzlar ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari