Islom Ilhom oʻgʻli Qobilov (; 1997-yil 1-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Klub U Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yilning 11-mart kuni Bekobodning „Metallurg“ jamoasi tarkibida „Mashʼal“ klubiga qarshi oʻyinda (1:3) oʻtkazgan edi.

2017-yilning 26-iyul kuni „Bunyodkor“ klubi Qobilov Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijara shartnomasi asosida qaytganini eʼlon qilgan.

2021-yildan „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yilgi mavsum yakunida „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma yakunlanganidan soʻng klubni tark etgan. 2024-yilgi mavsum oldidan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami Dvizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Bunyodkor 2017-yil Oʻzbekiston ligasi 10 1 2 0 0 0 - 12 1 2018-yil 9 0 0 0 - - 9 0 Jami 19 1 2 0 0 0 - - 21 1 Umumiy faoliyat 19 1 2 0 0 0 - - 21 1

Xalqaro Islom 2018-yilning 19-may kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar bilan 2018-yilda oʻz toifasida Osiyo Kubogini qoʻlga kiritgan. 2020-yilda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo kubogida himoyachi boʻlishiga qaramay 3 ta gol bilan toʻpurarlardan biri boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasi Yil Oʻyinlar Gollar 2018 1 0201900202060202150202210 Jami 13 0 2022-yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Yutuqlar Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023

Xalqaro

Oʻzbekiston U-23

AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni (1): 2018-yil

Shaxsiy hayoti Islom Qobilov sobiq futbolchi, 1996-yilgi Qirgʻiziston chempionati toʻpurari Ilhom Zaylobiddinovning oʻgʻlidir.

Manbalar

Havolalar

Islom Qobilov Soccerway saytida

Islom Qobilov

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar