Emma Elizabet Nordin (; 1991-yil 22 martda tugʻilgan) — shved xokkey hujumchisi va Shvetsiya milliy xokkey jamoasi aʼzosi, hozirda Shvetsiya ayollar xokkey ligasida (SDHL) Luleå HF/MSSK jamoasida oʻynaydi. Koʻpincha ayollar xokkeyidagi eng yaxshi faol shved oʻyinchilaridan biri sifatida tilga olinadi, ikki marta Shvetsiyada yilning eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan, besh karra SDHL chempioni, SDHL tarixida ikkinchi eng koʻp gol urgan va 200 dan ortiq terma jamoa oʻyinlarida ishtirok etgan.

Faoliyati Örnsköldsvikda tugʻilgan Emma 2004-yilda, 13 yoshida oʻz shahrining Modo Xokkey klubida oʻynay boshlagan. 2011—2012-yilgi mavsum oldidan Mododa sardor yordamchisi etib tayinlandi. Oʻsha mavsumda oʻzining birinchi Riksserien chempionligini yutdi.

2015-yilda Modoni tark etib, Luleå HF/MSSK ga qoʻshildi. Luleå bilan birinchi mavsumida 31 ta oʻyinda 62 ochko toʻplagan holda faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Fevral oyida Shvetsiya terma jamoasi safida boʻlganida jarohat olganidan soʻng, mavsumning soʻnggi beshta oʻyinini hamda pley-offni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.

2018—2019-yilda faoliyatidagi eng yaxshi 31 ta golga tenglashdi va jami 59 ochko toʻpladi va gollar soni boʻyicha ligada peshqadamlik qildi. Ochkolar boʻyicha barcha shved oʻyinchilari orasida birinchi oʻrinni egalladi. SDHLning eng yaxshi hujumchisi va Shvetsiyaning yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, Luleå unvonni qoʻlga kiritdi, bu uning toʻrtinchi chempionlik gʻalabasi.

U 2019—2020-yilgi mavsumda belidagi jarohatlari tufayli 13 ta oʻyinni oʻtkazib yubordi, ammo Shvetsiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum bekor qilinishidan oldin Luleå pley-off finaliga chiqqannigacha 35 ochko qoʻshib oldi.

Xalqaro faoliyati Nordin 2010-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya ayollar milliy xokkey jamoasida oʻynagan. U barcha beshta oʻyinda qatnashib, bitta golli uzatmani qayd etdiIIHF — Team Sweden Stats — 2010 Olympics. 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 6 ta oʻyinda 3 ochko, 2018-yilgi Qishki Olimpiadada esa 6 ta oʻyinda 4 ochko toʻplagan.

Nordin Shvetsiya terma jamoasi safida oltita IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Uning birinchi oʻyini 2008-yilda boʻlganIIHF — Team Sweden Stats — 2011 World Championship.

Shvetsiya xokkey federatsiyasidan ayollar terma jamoasi uchun sharoitlarni yaxshilashni jamoadoshlari bilan talab qilgan.

Yoshligidagi terma jamoa Nordin Shvetsiyaning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy xokkey jamoasida 2008- va 2009-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF Jahon chempionatida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2009-yilgi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Faoliyat statistikasi

Klublardagi statistikasi Eslatma: Riksserien 2016-yilda oʻz nomini SDHL ga oʻzgartirdi. GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlikni anglatadi.   Muntazam mavsum Pley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM2007-2008Modo HockeyRiksserien113364401102008-2009Modo HockeyRiksserien1817812605522009-2010Modo HockeyRiksserien123470401122010-2011Modo HockeyRiksserien2644814210102011-2012Modo HockeyRiksserien255101512311202012-2013Modo HockeyRiksserien2816122810324602013-2014Modo HockeyRiksserien2817223916323502014-2015Modo HockeyRiksserien2814213510522402015-2016Luleå HF/MSSKRiksserien3131316216 - - - - -2016-2017Luleå HF/MSSKSDHL311523386423522017-2018Luleå HF/MSSKSDHL3527315867641002018-2019Luleå HF/MSSKSDHL3631285910111161722019-2020Luleå HF/MSSKSDHL23142135461560SDHLda jami332181217398120582835638

Xalqaro statistikasi Yil Jamoa Musobaqa GP G A Pts PIM 2008-yil Shvetsiya U18 U18 5 1 0 1 2 2008-yil Shvetsiya WW 4 0 2 2 0 2009-yil Shvetsiya U18 U18 5 2 1 3 8 2009-yil Shvetsiya WW 5 0 1 1 0 2010-yil Shvetsiya Oly 5 0 1 1 2 2011-yil Shvetsiya WW 5 0 1 1 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar