Aleksandr Valentinovich Kojuxov (1965-yil 29-avgust – 1996-yil 13-oktyabrda vafot etgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya Toshkent shahridagi 107-maktabni tamomlagan. Futbolchilik faoliyatini 1983-yilgi mavsum „Sohibkor“ jamoasida boshlagan. 1985-yilgi mavsumda Jizzaxning „Zvezda“ jamoasida bir mavsum davomida oʻynagan. „Paxtakor“ tarkibida SSSR birinchi ligasi (1987—1989) va Oʻzbekiston Oliy ligasi (1992) dagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1986-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasining kumush medali sovrindori boʻlgan. 1992-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston terma jamoasi safida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan.
1995-yilg Malayziyaning Melaka jamoasi bilan shartnoma imzolagan va Malayziya chempionatida oʻynash uchun Janubiy-Sharqiy Osiyoga uchib ketgan. 1996-yil 13-oktyabrda Aleksandr Kojuxov Kuala Terengganu shahridagi koʻp qavatli uyning, 13-qavatida uyining derazasi ostida oʻlik holda topilgan.
41 yoshli beva ayol Bellaning soʻzlariga koʻra, 13-oktyabr yakshanba kuni ertalab uygʻonganida, yotoqxonada qon izlarini koʻrgan (Aleksandr dastlab ustara bilan tomirlarni ochishga harakat qilgan). Biroz vaqt oʻtgach, u balkonga chiqqanida, jasadni koʻrganKochokov found dead.
Oʻlim sabablari nomaʼlumligicha qolgan. Kojuxovning birinchi turmushidan farzandi bor edi, Bella bilan farzandlari yoʻq edi.
Statistika Mavsum Klub Oʻyinlar Gollar 1983 Sohibkor 29 0 1984 Sohibkor 37 2 1985 Yulduz (Jizzax) 26 0 1987 Paxtakor 13 0 1988 Paxtakor 35 2 1989 Paxtakor 4 0 1990 Soʻgʻdiyona (Jizzax) 24 1 1991 Umid (Toshkent) 40 3 1992 Paxtakor 12 1 Zvezda (Gorodishche) 20 2 1993 MHSK 7 0 1994 Torpedo (Miass) 7 1 1995 Melaka ? ? 1996 Terengganu ? ?
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekistonlik legioner 13-qavatdan sakrab tushdi, Sport-Ekspress – 1996-yil 15-oktyabr.
Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:29-avgustda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:13-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari