Dubai Aviation Corporation ("سياسة الخصوصية ." flydubai. Retrieved on August 10, 2011.), Flydubai () — Birlashgan Arab Amirliklarining davlat aviakompaniyasi, shtab-kvartirasi Dubay xalqaro aeroportida joylashgan. U ushbu aeroportning 2-terminalidan parvozlarni amalga oshiradi"Terms and conditions" flydubai. Retrieved on 21 June 2010. „The website is owned and operated by Flydubai, whose principal office is at Dubai International Airport, Terminal 2, PO Box 353, Dubai, United Arab Emirates. Flydubai is a Dubai corporation formed by the government of Dubai in July 2008.“.

Aviakompaniyaning rejalashtirilgan marshrut tarmogʻi Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Yevropadagi 94 ta nuqtadan iborat"flydubai destinations " flydubai. Retrieved on June 27, 2013..

Tarixi Flydubai 2008-yilning iyul oyida Dubay amirligi hukumati tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya The Emirates Group aviatsiya xoldingining shoʻba korxonasi boʻlmaganiga qaramay, ushbu guruh dastlabki bosqichda yangi tashkil etilgan aviatashuvchiga jiddiy yordam koʻrsatdi.

2008-yil 14-iyulda Farnboro aviasalonida Flydubai Amerikaning Boeing samolyot ishlab chiqaruvchisi bilan ellikta Boeing 737-800 samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha qatʼiy shartnoma tuzdi, buning umumiy qiymati 3,74 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shartnoma, shuningdek, tashuvchining shartnomani bajarish vaqtida qolgan Boeing 737-800 samolyotlarini yirikroq Boeing 737-900ER samolyotlariga yetkazib berish tartibini oʻzgartirish huquqini ham nazarda tutgan.

Shartnoma boʻyicha birinchi samolyot 2009-yil 17-mayda yetkazib berildi va oʻsha yilning 1-iyunida Flydubai Dubaydan Bayrutga (Livan) va Ammanga (Iordaniya) muntazam reyslarni amalga oshira boshladi.

2013-yil 13-fevralda aviakompaniya Boeing va Airbus konserni bilan yana ellikta samolyotni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida muzokaralar olib borilayotganini eʼlon qildi"Budget Carrier FlyDubai In Talks For 50 Aircraft Order " Reuters. Retrieved on June 27, 2013."FlyDubai Considers 50 New Aircraft" Gulf News. Retrieved on June 27, 2013.. 2013-yil 19-iyun kuni kompaniya rahbariyati ommaviy axborot vositalariga yangi yetkazib berilgan samolyotlar har biri 12 ta yoʻlovchi oʻrindigʻiga ega biznes-klass kabinalari"Introducing Business Class" FlyDubai. Retrieved on June 27, 2013. bilan jihozlanishi haqida maʼlum qildi"FlyDubai Announces Of New Business Class Service " 7DaysInDubai. Retrieved on June 27, 2013."FlyDubai Introduces Business Class Services" Gulf News. Retrieved on June 27, 2013..

2019-yil 1-iyun kuni aviakompaniya parvozlar boshlanganining o‘n yilligini nishonladi.

Flot 2021-yil dekabr oyida Flydubai aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat edi: +Flydubai floti Rasm TuriFoydalanishda Buyurtma qilingan Yoʻlovchi oʻrindiqlari Biz/kl Eko/kl Jamilink=Fayl:FlyDubai,_A6-FEF,_Boeing_737-8KN_(31326935421).jpg|frameless Boeing 737-800 33 0 0 189 189 12 162 174link=Fayl:FlyDubai,_A6-FMA,_Boeing_737-8_MAX_(45620442302).jpg|frameless Boeing 737 MAX 8 30 101 10 156 166 Boeing 737 MAX 9 3 6710 156 166 Boeing 737 MAX 10 0 50 Jami 66 218

Yoʻnalishlar 2021-yil yanvar holatiga ko‘ra, Flydubai dunyoning 43 mamlakatidagi 97 ta yo‘nalishga parvoz qiladi.

Yevropa davlatlariga:

Vena Zalsburg

Boku Gabala

Yerevan Bosniya va Gersegovina Sarayevo

Tbilisi Batumi Kutaisi

Kataniya Piza Neapol

Skopye

Krakov Varshava

Moskva Volgograd Voronej Yekaterinburg Novosibirsk Qozon Krasnodar Maxachqala Mineralnyye vody Rostov-Don Samara Sochi Ufa Grozniy

Belgrad

Bratislava

Istanbul Anqara

Kiyev Odessa

Dubrovnik

Podgoritsa

Praga

Minsk

Osiyo mamlakatlariga:

Kobul

Dakka Silxet Chittagong

Manama

Amman

Tel-Aviv

Nyu-Deli Ahmadobod Kochi Lakhnau Mumbay Tiruvanantapuram Haydarobod Chennay

Bagʻdod Najaf Basra

Tehron Ahvoz Bandar-Abbos Isfahon Lar Mashhad Sheroz

Ostona Olmaota Chimkent

Bishkek

Bayrut Maldiv Male

Katmandu

Maskat Salala

Karachi Kvetta Moʻlton Sialkot Faysolobod

Ar-Riyod Abxa Dammom Jidda Gassim Madina Tabuk Xail Jauf Xufuf Yanbu Toif

Dushanbe

Ashxobod

Toshkent

Kolombo Mattala

Afrika mamlakatlariga:

Jibuti Jibuti

Iskandariya Somali Xargeysa

Xartum Port-Sudan

Dorussalom Zanjibar Kilimanjaro

Entebbe Eritreya Asmera

Addis-Abeba

Juba

Favqulodda vaziyatlar va hodisalar Sana Bort raqami Baxtsiz hodisa joyi Qurbonlar Qisqa Tasvir 2012-yil 22-aprel A6-FDK Dubay 0/100 Dubay aeroportidan havoga koʻtarilgan Boeing 737-800 Air Arabia aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti bilan havoda xavfli yaqinlashdi, lekin toʻqnashuv boʻlmadi. 2015-yil 26-yanvar A6-FEK Bagʻdod 0/154 Dubaydan Bag‘dodga yo‘l olgan Boeing 737-800 samolyoti qo‘nish vaqtida o‘qqa tutildi. Bir yo‘lovchi o‘qdan yaralangan, yana ikki nafari yengil tan jarohati olgan. 2016-yil 19-mart A6-FDNRostov-Don 62/62 Dubaydan Rostov-Donga yoʻl olgan Boeing 737-800 samolyoti qoʻnishga yaqinlashayotganida halokatga uchradi. Bortdagilarning hammasi halok boʻldi.

Manbalar

Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyalari