Karl William Ouimette () — kanadalik futbolchi, „Indy Eleven“ jamoasida hamda Kanada terma jamoasida himoyachi sifatida faoliyat yuritadi.

Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5d/Karl_Ouimette2.jpg/250px-Karl_Ouimette2.jpg|thumb|252x252px| Karl Ouimette „Impact Montréa“l bilan Karl Ouimette „Montreal Impact“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 5-iyun kuni klub uni qoʻshib olgan. 2012-yil 21-iyulda u MLSdagi debyutini „Houston Dynamo“ga qarshi o‘tkazgan. 2013-yil 19-oktabrda Filadelfiyaning „Union“jamoasiga qarshi oʻyinda Karl jamoa uchun birinchi golini urgan. 2013 va 2014-yillarda u ikki marta Kanada chempionatida gʻolib chiqqan . 2015-yil 6-fevralda „Montreal Impact“ Karl Ouimetteni chiqarib yuborgan.

2015-yil 5-martda Karl Ouimette Amerikaning „New York Red Bulls“ tomonidan imzolangan. U „New York Red Bulls“ uchun debyutini 3-may kuni oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsum yakunida „New York Red Bulls“ futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.

2018-yil 2-fevralda Karl USLning „Indy Eleven“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Indy Eleven“ klubi uchun u 24-mart kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan „Richmond Kickers“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U „Indy Eleven“ uchun birinchi golini 26-iyun kuni „Nashville“ ga qarshi oʻyinda kiritgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yil 19-noyabrda Sloveniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Karl Ouimette Kanada terma jamoasida debyut qildi va ikkinchi bo‘limda Adam Strait o‘rniga maydonga tushdi. Oʻsha yili Karl terma jamoaning KONKAKAF Oltin Kubogiga daʼvogarlik qilgan edi. Turnirda u Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Statistikasi KlubMavsumLigaPlay off bosqichiKubogKONKAKAF Chempionlar ligasiJamiBoʻlimOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarMontreal Impact2012MLS20-00-20201371001010912014110-4020170Jami201005030281New York Red Bulls2015USL501200-6220161000--10Jami6012000072New York Red Bulls2015MLS1100000-11020167000000070Jami180000000180Jacksonville Armada2016NASL70-00-70San Francisco Deltas2017NASL2302010-260Indy Eleven2018USL3131010-3332019USL2723120-32320201500000-15020212520000-2522022200010-30Jami10074140001088Detroit City FC2022USL120000000120Jami1868731003020611

Xalqaro statistikasi CanadaYilOʻyinGollar2013102014302015100201640Jami180

Yutuqlari Jamoaviy yutuqlari

"Impact Montréal"

Kanada chempionati — 2013 Kanada chempionati — 2014

"New York Red Bulls"

2015-yilgi MLS muntazam chempioni

"San Francisco Deltas"

Shimoliy Amerika futbol ligasi — 2017

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kanadalik erkak futbolchilar