Diego Pablo Simeone González () — argentinalik futbolchi va futbol murabbiyi. Himoyachi yarim himoyachi sifatida oʻynagan. 2011-yildan beri Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klubi bosh murabbiyi.
Oʻyinchi sifatidagi karyerasi
Jamoalardagi faoliyati Klublar miqyosida Diego Simeonening asosiy muvaffaqiyatlari Ispaniya va Italiya klublaridagi oʻyinlari bilan bogʻliq. „Atletico Madrid“ tarkibida Diego 1995-1996-yilgi mavsumda chempionlik va Ispaniya kubogini qoʻlga kiritdi.
„Atletico“dagi uch mavsumdan soʻng Simeone 1997-yilda „Inter“ga oʻtgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazdi. 1999-yilda argentinalik futbolchi „Latsio“ga oʻtgan. Rim klubi tarkibida 1999-2000-yilgi mavsumda Diego „oltin dubl“ga erishdi, chempionlik va kubokni qoʻlga kiritdi.
Ispaniya Superkubogi uchun „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda u bosh hakamga manjet berdi, buning uchun u 8 oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.
Jamoalardagi karyerasi U 1988-yilda 18 yoshida terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan.
1991-1993-yillarda milliy terma jamoa tarkibida Amerika kubogini, 1996-yili Atlantadagi Olimpiya o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritgan.
Murabbiylik karyerasi 2009-yil 15-aprelda Simeone San-Lorenso klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 2010-yilning 4-aprelida Simeone soʻnggi 12 oʻyinda 7 ta magʻlubiyatdan soʻng isteʼfoga chiqgan.
2011-yil 19-yanvarda u Italiyaning „Catania“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2012-yil 30-iyungacha imzolangan. 2011-yilning 1-iyunida Diego Italiya klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
2011-yilning 17-iyunida Simeone „Racing Club“ boshqaruvini qabul qilgan. Jamoa bilan Diego Argentina chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2011-yil 20-dekabrda u oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqgan.
„Atletico Madrid“ 2011-yil 23-dekabrda u bir kun oldin ishdan boʻshatilgan Gregorio Manzano oʻrniga Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Birinchi mavsumda Simeone jamoasi bilan Yevropa ligasida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi va finalda Ispaniyaning boshqa klubi „Bilboko Athletic“ni 3:0 hisobida magʻlub etdi.
2020-yil 30-dekabr kuni u „Atletiko Madrid“ murabbiyi sifatidagi 500-uchrashuvini „Xetafe“ga qarshi o‘tkazgan.
Statistikasi KlubMavsumLigaKubogSuper kubogKontinentalJamiOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarVélez Sársfield19872841988-19891621989-1990328Jami7614Pisa1990-199131410——3241991-199224210——252Jami556200000576Sevilla1992-199333400——3341993-199431800——318Jami6412006412Atlético Madrid1994-199529682——3781995-1996371280——45121996-1997323302074447Jami9821192207412627Inter Milan1997-199830620—914171998-199927570—92437Jami571190001838414Lazio1999-200028572—1204772000-20013022010814132001-20028100—501312002-200324730—70347Jami90151221032113518Atlético Madrid2003-200428240——3222004-20058010—61151Jami362500061473Racing2004-2005172—1722005-2006201—201Jami373—373Umumiy karyerasi51384—62697
Yutuqlari
Oʻyinchi sifatidagi yutuqlari „Atletico Madrid“
Ispaniya chempioni: 1995-1996-yil Ispaniya kubogi sohibi: 1995-1996-yil Ispaniya Superkubogi finalchisi: 1996-yil UEFA Intertoto kubogi finalchisi: 2004-yil
"Internazionale"
UEFA kubogi sohibi: 1997-1998-yil
"Lázio"
Italiya chempioni: 1999-2000-yillar Italiya kubogi sohibi: 1999-2000-yillar Italiya Superkubogi sohibi: 2000-yillar UEFA Superkubogi sohibi: 1999-yil
Argentina terma jamoasida
Amerika kubogi gʻolibi (2): 1991, 1993 Qirol Fahd kubogi sohibi: 1992-yil Artemio Franchi kubogi sohibi: 1993-yil Olimpiya kumush medali sovrindori: 1996-yil
„Atletico Madrid“
Ispaniya chempioni (2): 2013-2014, 2020-2021 Ispaniya kubogi sohibi: 2012-2013 Ispaniya Superkubogi sohibi: 2014-yil UEFA Yevropa ligasi gʻolibi (2): 2011-2012, 2017-2018 UEFA Superkubogi gʻolibi (2): 2012, 2018 UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi (2): 2013-2014, 2015-2016
Shaxsiy yutuqlari
Ispaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi (2): 2013, 2014 Migel Muñoz mukofoti (2): 2014, 2016
Manbalar
Havolalar
Profile and Statistics at yahoo.com
at Fútbol XXI
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:28-aprelda tugʻilganlar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:CA Vélez Sarsfield futbolchilari Turkum:Pisa SC futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Racing Club futbolchilari
Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:Copa América 1991 oʻyinchilari Turkum:Copa América 1993 oʻyinchilari Turkum:Copa América 1995 oʻyinchilari Turkum:Copa América 1999 oʻyinchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Argentinalik olimpiyada futbolchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinalik futbol murabbiylar Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar