Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Moldova sharafini himoya qiladi. Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Moldova Respublikasida futbol boʻyicha boshqaruv organ boʻlgan Moldova Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Shu vaqtga qadar Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi hali biron marta ham FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga chiqishmagan. Eduard Blănuţă 2019-yilning 4-fevralidan beri Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarib kelmoqda.
Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining hozirgi sardori yarim himoyachi Ludmila Caraman hiosblanadi. Ayni paytda FIFA reytingida 86-oʻrinni egallab turgan Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy oʻyinlarini mamlakat poytaxti Kishinyov shahridagi „Zimbru“ stadionida oʻtkazadi.
Tarixi Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi rasmiy oʻyinini 2001-yil 12-sentyabrda Irlandiya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda 0:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Shu vaqtga qadar oʻtkazilgan oʻyinlar hisobiga koʻra Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi faqat Andorra, Lyuksemburg va Litva ayollar milliy futbol terma jamoalari ustidan ustunlikka ega. Estoniya, Ozarboyjon va Gretsiya (Yunoniston) ayollar milliy futbol terma jamoalari bilan oʻtkazilgan oʻyinlar sarhisobiga koʻra Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi bu milliy terma jamoalarning barchasi bilan ikki martadan oʻynagan va har bir terma jamoani bir martadan magʻlub etib, bir martadan magʻlubiyatga uchragan.
Xalqaro musobaqalarda Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Bosqich Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yildan 1999-yilgacha Kiritilmadi — 2003-yil Saralashdan oʻta olmadiMoldova were in „Class B“ of European qualification and were therefore unable to earn qualification for the World Cup finals. 6 1 0 5 3 22 2007-yil 6 1 0 5 5 13 2011-yildan 2015-yilgacha Kiritilmadi — 2019 Saralashdan oʻta olmadi 11 2 2 7 8 452023-yil 10 0 1 9 1 49 Jami 33 4 3 26 17 129
UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati (UEFA ayollar chempionati) UEFA ayollar oʻrtasidagi evroda Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Bosqich Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1984-yildan 2013-yilgacha Kiritilmadi — 2017-yil Saralashdan oʻta olmadi 11 2 0 9 6 34 2022 8 1 0 7 3 43 Jami 19 3 0 16 9 77
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib 2021-yil 17 va 21-sentyabr kunlari Italiya ayollar terma jamoasi va Shveysariya ayollar milliy terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda quyidagi futbolchilar Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. O‘yinlar va gollar statistikasi 2021-yil 21-sentabr holatiga ko‘ra berilgan.
Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha vaqtlardagi oʻyinlar natijasi (terma jamoalar kesimida) Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining quyidagi oʻzaro uchrashuvlar roʻyxati 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra berilgan. OpponentsOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar farqi110040 +4210132 +12002019−19200205−52002014−14200209−9210154 +1210124−2301203−34004119−18100101−14211550Lyuksemburg110030 +34004115−142002015−152002010−104013110−9200208−82002019−19200209−92002021−21200206−6Yugosloviya200218−7Jami52734226206−180
Yana qarang 19 yoshgacha bo'lgan futbol bo'yicha Moldova ayollar terma jamoasi 17 yoshgacha bo'lgan Moldova ayollar terma jamoasi
Manbalar
Havolalar
Moldova futbol assotsiatsiyasi FIFA jamoasi profili