Fernando Ruiz Hierro () 1968-yil 23-martda Ispaniyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasi va Real Madridning sobiq sardori, himoyachi, murabbiy hisoblanadi.

Fernando Ruiz Hierro „Real Madrid“ bilan besh karra Ispaniya chempioni va uch karra Chempionlar ligasi gʻolibi.

Fernando Ruiz Hierro Ispaniya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar orasida oʻninchi (89 oʻyin) va toʻpurarlar orasida toʻrtinchi (29 gol) oʻrinni egallab turibdi.

Faoliyati Fernando Ruiz Hierro 1989-yil 20-sentyabrda 21 yoshida Luis Suares qoʻl ostida milliy terma jamoadagi debyutini A Korunyada Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 1990-yil 19-dekabrda (terma jamoa uchun uchinchi oʻyin) Yevropa chempionati saralash oʻyinida (9:0) Albaniyaga qarshi oʻyinda kiritgan. 22 yoshli Fernando Ruiz Hierro 1990-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo u maydonga tusha olmagan.

Hammasi boʻlib Fernando Ruiz Hierro terma jamoa safida 89 ta oʻyin oʻtkazib, 29 ta gol urgan (bu koʻrsatkich boʻyicha Fernando tarixda beshinchi oʻrinda turadi), ammo bu vaqt davomida Ispaniya terma jamoasi hech qachon turnirning chorak final bosqichidan oʻta olmagan.

Menejerlik va murabbiylik faoliyati 2007-yilning sentyabridan Ispaniya futbol federatsiyasi sport direktori lavozimida ishlagan. Fernando Ruiz Hierro federatsiyadagi faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi Yevropa (2008-yil) va jahon chempioniga aylandi (2010-yil). 2011-yil iyul oyida u oʻz ona viloyatiga qaytib, „Malaga“ direktori boʻldi. Biroq, 2012-yilning may oyida u klubni tark etdi.

2014-yilning 10-iyulida Fernando Ruiz Hierro Zinedin Zidan oʻrniga „Real Madrid“ bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga yordamchi boʻldi. 2016-yil iyun oyida u „Oviedo“ klubi bosh murabbiyi boʻldi, biroq bir yildan soʻng tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi.

Statistika JamoaMavsumLigaKubokXalqaroJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolReal Valladolid C. F.1987-882912———3111988-892926———352Jami5838000663Real Madrid C. F.1989-903775—4—4671990-913573—514381991-923721739253261992-9333136—6545181993-9434105—5244121994-953372—5—4071995-9631741514091996-9739662——4581997-982832—1034061998-9928631914081999-002052—1424572000-012951—1314262001-023055—14—4952002-0325—1112—381Jami43910252811118602128Al-Rayyan S. C.2003-04193————193Bolton Wanderers F. C.2004-05291————291Umumiy karyerasida54510960811118716135

Mukofotlar Real Madrid

La Liga: 1989-90, 1994-95, 1996-97, 2000-01, 2002-03 Qirol kubogi: 1992-93 Ispaniya Superkubogi: 1990, 1993, 1997, 2001-yillar UEFA Chempionlar Ligasi: 1997-98, 1999-2000, 2001-02 Qitʼalararo kubok: 1998, 2002 UEFA Superkubogi: 2002-yil Iberoamerikana kubogi: 1994

Al-Rayyan

Qatar amiri kubogi: 2003-04

Shaxsiy sovrinlar

FIFA XI: 1996, 1997, 1998 UEFA yilning eng yaxshi klub himoyachisi: 1997-98 Yilning ESM jamoasi: 1996-97, 1997-98 FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2002-yil

Manbalar

Havolalar

Real Madrid official profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Real Valladolid Promesas futbolchilari Turkum:Real Valladolid futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Al-Rayyan SC futbolchilari Turkum:Bolton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:Segunda División murabbiylari Turkum:Real Oviedo murabbiylari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 murabbiylari Turkum:Futbol rahbarlari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar