Nam The-hi () (1991-yil 3-iyulda Pusan shahrida tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda „Al-Duhail“ va Janubiy Koreya terma jamoasida oʻynaydi. U Janubiy Koreyadan tashqari Angliya, Fransiya va Qatarda o‘ynaganNam Tae-Hee: I came to Qatar to gain more experience and improve qsl.qa. U koʻp qirrali yarim himoyachi va hujumkor yarim himoyachi yoki markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay oladi. U oʻzining mukammal texnikasi, silliq harakati va driblingi bilan mashhur.

Klubdagi faoliyati Nam KFA Yoshlar loyihasi orqali Readingning Yoshlar Akademiyasida oʻynagan. 2009-yil iyul oyida uning birinchi professional shartnomasi Fransiyada Valenciennes FC bilan imzolanganKFA 유학생 출신 남태희' 발랑시엔 공식 입단KFA.com. U 2009-yilning 8-avgustida „Nancy“ga qarshi debyutini oʻtkazgani va hozirda 18 yoshida Liga 1da oʻynagan eng yosh osiyolik futbolchi hisoblanadi.

2011—2012-yilgi mavsumdagi qishki tanaffusda Nam 2011-yil 26-dekabrda Liga 1ni tark etib, Qatar Yulduzlar Ligasi giganti Lekhwiya SCga oʻtishga rozi boʻlgan.

Lekhwiya Nam debyutini 2012-yilning 1-yanvarida „Al Kharitiyath“ga qarshi oʻtkazgan. U 2012-yilning 19-yanvarida o‘zining birinchi ligadagi golini jarima zarbasidan kiritgan .

U 2012-yil 7-mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasidagi debyutini o‘tkazgan va Saudiyaning Al Ahli jamoasiga qarshi o‘yinda yagona gol muallifiga aylangan. Shu tariqa Lekhwiya uchun ilk golini kiritgan.

Al Sadd 2019-yil 8-fevral kuni „Al Sadd“ jamoasi Namni Qatarning „Al-Duhail“ klubidan sotib olganini eʼlon qilgan. Ularning kelishuviga koʻra, Nam 2019/2020-yilgi mavsumda „Al Sadd“ga oʻtgan va ular safida uch yil oʻynashi kelishib olingan.

Xalqaro faoliyati Nam Janubiy Koreyani U-13, U-15 va U-17, U-20 va U-23 toifalarida himoya qilgan. 2011-yilning 9-fevralida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Koreya kattalar terma jamoasi safida debyut qilgan.

Nam 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Janubiy Koreyani himoya qilgan. Kardiffdagi „Millenium“ stadionida oʻtkazilgan bronza medali uchun oʻyinda Koreya Yaponiyani magʻlub etganida, u zaxiradan maydonga tushgan.

2014-yilning 22-dekabr kuni Nam Janubiy Koreya terma jamoasining 2015-yilda Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan. Jamoaning guruhdagi ikkinchi oʻyinida Nam yagona gol muallifi boʻlgan, chunki Koreya Quvaytni 1:0 hisobida magʻlub etib, pley- off bosqichiga yoʻl olgan. 2018-yilning 20-noyabr kuni tizzasidan olgan jarohati sabab 6 oyga safdan chiqqan Nam 2019-yilda BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogini o‘tkazib yuborishi maʼlum bo‘lgan.

Faoliyat statistikasi

Klub Klublardagi faoliyatiLigaKubokBoshqaQitʼaJamiKlubMavsumLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFransiyaLigaFransiya KubogiFransiya Liga KubogiYevropaJamiValenciennes2009—2010Ligue 1601000—702010—20111801020—2102011—20121300000—130Jami3702020—410QatarLigaQatar Amiri KubogiBoshqaOsiyoJamiLekhwiyaAl-Duhail2011—2012Qatar Yulduzlari Ligasi1051021611972012—20131962042903482013—2014241210617238152014—2015257203010338102015—2016251032327240162016—2017251422208437202017—2018211230449135172018—2019117001050147Jami1607314425106113260100Al-Sadd2019—2020Qatar Yulduzlari Ligasi1934082613762020—20211872252613112Jami3710621341226818Al-Duhail2021—2022Qatar Yulduzlari Ligasi1654200602672022—20237200200092Jami237422060357Karyerada jami2579026842147915404127

Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 10-oktyabr Cheonan stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya 2 — 0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2015-yil 13-yanvar Kanberra stadioni, Kanberra, Avstraliya 1 — 0 1-0 2015-yilgi Osiyo kubogi 3. 2015-yil 12-noyabr Suvon Jahon kubogi stadioni, Suvon, Janubiy Koreya 4 — 0 4-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2016-yil 15-noyabr Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya 1 — 1 2-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 5. 2018-yil 7-sentyabr Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya 2 — 0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6. 2018-yil 20-noyabr QSAC, Brisben, Avstraliya 1 — 0 4-0Oʻrtoqlik uchrashuvi 7. 2021-yil 5-iyun Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya 2 — 0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari Lexviya/Al-Duhayl

Qatar Yulduzlar Ligasi : 2011—2012, 2013—2014, 2014—2015, 2016—2017, 2017—2018 Qatar amiri kubogi : 2016, 2018, 2022 Shayx Jassim kubogi : 2015, 2016 Qatar kubogi : 2013, 2015, 2018

Al-Sadd

Qatar Yulduzlar Ligasi : 2020—2021 Qatar amiri kubogi : 2020, 2021 Shayx Jassim kubogi : 2019 Qatar kubogi : 2020, 2021

Janubiy Koreya U23

Yozgi Olimpiya oʻyinlari bronza medali: 2012-yil

Janubiy Koreya

Osiyo kubogi ikkinchi oʻrin sohibi: 2015-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar