Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi (armanchada: Հայաստանի ֆուտոլի ազգային հավաքական) Armaniston ayollar futboli milliy futbol jamoasi boʻlib, Armaniston futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini oʻtkazdi. Ular uy oʻyinlarini Yerevan shahridagi „Mika“ stadionida oʻtkazishadi. Jamoaning birinchi oʻyini 2003-yilning 10-mayida Avstriya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan va oʻsha oʻyinda Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 11:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi hali biron marta ham FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki UEFA ayollar chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritmagan.
Tarixi Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi Waidhofen shahrida Avstriya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazdi va unda 11:0 hisobida magʻlub boʻldi. Uch kundan keyin Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Avstriya terma jamoasiga 11:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Ushbu ikki oʻyindan soʻng ular Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Gretsiya ayollar milliy terma jamoalariga qarshi toʻrtta oʻyin oʻtkazishdi.
Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidan birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan chiqib ketdi. Keyinchalik Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007—2009-yillarda xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazgan.
Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2009-yil noyabr — 2010-yil avgust oylarida 2011-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻynab, faqat bitta gol bilan saralash turnirida oxirgi oʻrinni egallashdi. Oʻshanda Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi jamoa hisobda 42 ta gol oʻtkazib yubordi va barcha sakkizta oʻyinda magʻlub boʻldi. Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi soʻnggi musobaqasi 2013-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash oʻyinlari edi. Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015 yoki 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashiga kira olmadilar.
Armaniston 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichiga kiritildi. Sarlash oʻyinlarining F guruhida Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi marta bor-yoʻgʻi 1 toʻp urgan holda barcha oʻyinlarda magʻlub boʻlishdi. Belgiya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 19:0 hisobida saralash oʻyinlaridagi eng katta hisobdagi magʻlubiyatga uchrashdi.
Jamoa tasviri
Jamoa laqabi Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi „Ararat“ nomi bilan tanilgan.
Jamoaning uy stadioni Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini „Mika“ stadionida oʻtkazadi.
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Manuk Sarkisyan
Bosh murabbiylar tarixi Ism Murabbiylik davri Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba koʻrsatkichi % Manuk SarkisyanNomaʼlum 0 0 0 0 00,0 %
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib 2021-yil 7 va 12-aprel kunlari Polsha ayollar terma jamoasi va Albaniya ayolar terma jamoalariga qarshi boʻlib oʻtadigan 2023-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida quyidagi futbolchilar Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 10-aprel holatiga koʻra berilgan.
Xalqaro musobaqalarda Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Armaniston terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Armaniston terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 1991-yil Sovet Ittifoqi terma jamoasining bir qismi edi Sovet Ittifoqi terma jamoasining bir qismi edi 1995-yil Kiritilmadi 1995-yilgi UEFA chempionati 1999-yil Kiritilmadi 2003-yil 2007-yil 2011-yil Saralashdan oʻta olmadi 8 0 0 8 1 42 −41 2015-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 20192023-yil Saralashdan oʻta olmadi Aniqlanmoqda Jami - - - - - - - - 8 0 0 8 1 42 −41
Saralash oʻyinlari tarixi
2011-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida Armaniston ayollar terma jamoasining natijalar tarixi Raqib jamoalarOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbatiToʻplagan ochkolink=Finland_womenʼs_national_football_team|alt=|border|23x23pxlink=Portugal_womenʼs_national_football_team|alt=|border|23x23pxlink=Slovenia_womenʼs_national_football_team|alt=|border|23x23pxlink=Armenia_womenʼs_national_football_team|alt=|border|23x23px Italiya8710383 +3522—1-12-06-07-0link=|alt=|border|23x23px Finlandiya8611256 +19191-3—4-14-17-0link=|alt=|border|23x23px Portugaliya84041710 +7121-30-1—1-07-0link=|alt=|border|23x23px Sloveniya8206727−2060-80-30-4—1-0link=|alt=|border|23x23px Armaniston8008142−4100-80-40-31-5— Saralash oʻyinlaridagi uchrashuvlar tarixi
UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionati rekordi Saralash rekordi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1984-yildan 1991-yil Sovet Ittifoqi terma jamoasining bir qismi edi Sovet Ittifoqi terma jamoasining bir qismi edi 1993-yildan 2001-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 2005-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 0 0 6 0 53 2009-yil 3 1 1 1 2 2 2013-yil 11 1 2 8 4 45 2017-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 2022 Jami - - - - - - - 20 2 3 15 6 100
Boshqa turnirlar + Turnir Natija2021-yilgi Armaniston oʻrtoqlik turniri Ikkinchi oʻrin
Yana qarang Armanistonda futbol Armaniston ayollar terma jamoasi futbolchilari ro'yxati Armaniston erkaklar milliy futbol jamoasi
Manbalar
Havolalar
Armaniston futbol federatsiyasi Arman futbol portali