link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/06/Akan_Caldera_Relief_Map%2C_SRTM.jpg/220px-Akan_Caldera_Relief_Map%2C_SRTM.jpg|thumb| Akan KalderasiMe-Akan (pastda chapda) O-Akan (oʻngda markazda) link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c4/Meakan.JPG/220px-Meakan.JPG|thumb| Oakan togʻidan Meakan va Akan Fuji togʻlarining koʻrinishi (2008-yil iyul). link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3c/Meakandake_funka.jpg/220px-Meakandake_funka.jpg|thumb| Meakan togʻidan koʻtarilgan bugʻning Akan koʻlining koʻli boʻyidan koʻrinishi Akan vulqon kompleksi — Akan kalderasidan hosil boʻlgan vulqonlar guruhi hisoblanadi. U Akan milliy bogʻida joylashgan, Yaponiyaning Xokkaydo shahridan taxminan 50 km shimoli-gʻarbdagi Kushiro sharqiy hududiga qarashli.

Tavsifi 24×13 km diametrli kalderani toʻldiradigan Akan koʻli (Akan-ko deb atalgan) atrofida bir qancha choʻqqilar joylashgan boʻlib, ular orasida eng balandlari Me-Akan (Meakan), O-Akan (Oakan) va Akan-Fuji hisoblanadi.

Oakan kalderaning shimoli-sharqiy tomonida, Meakan esa uning qarama-qarshi, janubi-gʻarbiy tomonida joylashgan boʻlib, toʻqqizta stratovulqondan iborat klasterdan oʻrin egallagan boʻlib, ular orasida mashhur Fudzi togʻi nomi bilan atalgan koʻplab simmetrik yapon vulqonlaridan biri Akan-Fuji ham bor (a.k.a. Fuppushi-dake, Xokkaydoning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Fuppushi tog'i bilan adashtirmaslik kerak).

Vulkanologiya Akan kalderasi 31500 yil avval shakllangan. Uning choʻzilgan shakli pleystosenning boshidan oʻrtalarigacha boʻlgan yirik portlashlar vaqtida bosqichma-bosqich shakllanilishi bilan bogʻliq holat hisoblanadi.

Meakan vulqonining Nakamachineshiri krateri taxminan 13500 yil avval yirik portlashlar paytida paydo boʻlgan.

Akan koʻlining sharqiy tomonida joylashgan toʻqqizta konusning Me-Akan guruhida XIX asr boshidan beri yengil portlashlar kuzatilgan. Ushbu tarixiy vulqonning oxirgi otilishi 2008-yilda sodir boʻlgan.

Oakan, Meakan, Furebetsu hamda Fuppushi Akan vulqon majmuasining kalderadan keyingi asosiy vulqonlari hisoblanadi.

Me-Akan — Xokkaydoning eng faol vulqonlaridan biri hisoblanadi. Uning choʻqqisida Ponmachineshiri va Naka-Machineshiri faol kraterlari mavjud boʻlib, ularda avvalgi davrlarda tez-tez freatik portlashlar sodir boʻlgan. Akan-Fuji va O-Akan togʻlarida bu holat kuzatilmagan.

Akan vulqon portlash indeksi Smithsonian VEI shkalasi boʻyicha 4 ball bilan baholangan, bu vulqonning eramizdan avvalgi 7050-yillarda maʼlum boʻlgan eng katta otilishi asosida shakllangan shkalasi boʻyicha toʻrtinchi eng yuqori ballli portlash hisoblanadi.

Quyida Akanning asosiy xususiyatlari keltirilgan:

Konuslar

Me-Akan-Dake (Meakan togʻi) (1499 m) Stratovulqon Akan Fudzi (Akan-Fudzi, Akan-Xudzi) (1476 m) Stratovulqon Kita-Yama (1400 m) Konus O-Akan-Dake (Oakan togʻi) (1371 m) Stratovulqon Kenga-kon konusi 1336 m Nishi-Yama (Nisi-Yama) (1300 m) Konus Fuppushi (Huppusi) (1226 m) Stratovulqon Miname-Dake (1217 m) Stratovulqon Xigashi-Dake (Higasi-Dake) (1140 m) Konus Furebetsu (Hurebetu) (1098 m) Stratovolqon Kobu-Yama konusi Futatsu-Dake piroklastik konus

Kraterlar

Nakamachineshiri (Nakamatineshiri) krateri Ponmachineshiri (Ponmatinesiri) krateri

Issiqlik xususiyatlari

Akan-Kohan termal xususiyati

Boshqa choʻqqilar

Ken togʻi  Ahoro tog'i 

Manbalar

Havolalar

Akan Kaldera — Yaponiya geologik xizmati

Turkum:Vuqon guruhlari Turkum:Hokkaido vulqonlari