George John () — amerikalik futbolchi bo`lib, markaziy himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

Faoliyati 2005-2008-yillarda George John Vashington universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha tahsil olgan va National Collegiate Athletic Associationda „Washington Huskies“ universiteti futbol jamoasida oʻynagan.

2009-yilning 15-yanvarida George John MLS Super Draftning birinchi bosqichida „Dallas“ jamoasi tomonidan umumiy hisobda 14-o‘rinni egalladi. U oʻzining professional debyutini 2009-yil 4-aplreda „New England Revolution“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. 2009-yilning 16-mayida „Seattle Sounders“ klubiga qarshi o‘yinda u o‘ng sonini jarohatlab oldi va shutufayli keyingi oltita o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur boʻldi. 2009-yil 17-oktyabrda u „Colorado Rapids“ jamoasi darvozasiga birinchi professional golini urdi.

George John 2010-yilgi „AHEPA Garri Agganis“ mukofotini oldi.

2011-yil avgust oyida George Johnga Angliyaning „Blackburn Rovers“ jamoasi qiziqish bildirgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olishmagan.

2014-yil 10-dekabrda George John MLS kengayish loyihasida „New York City“ jamoasi tomonidan tanlangan. Biroq mavsum davomida klub roʻyxatida boʻlganiga qaramay, u bilan shartnoma rasman imzolanmagan.

Xalqaro karyerasi 2011-yilning may oyida George John Gretsiya terma jamoasi yigʻiniga taklif qilindi.

2011-yil 22-dekabrda George John Venesuela va Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari bilan yakunlangan yillik yanvar yigʻiniga AQSh terma jamoasiga chaqirildi. Ammo 2012-yilning 4-yanvarida u klub muammolarini hal qilish uchun lagerni tark etdi.

Statistikasi KlubMavsumLigaPlay off bosqichiKubogChempionlar ligasiJamiOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarFC Dallas2009161———161201025031——28120113131020704132012230—10—2402013242—20—262West Ham United201200———00Jami0000000000Umumiy karyerasida11964150701357

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar