Kirill Pavlovich Alyoshin (ruscha: Кирилл Павлович Алешин; 1997-yil 24-aprel, Omsk) — rossiyalik figurali uchuvchi, Anastasiya Skoptsova bilan juftlikda muz ustida raqs ijro etadi. Juftlik oʻzining soʻnggi oʻsmirlar mavsumida (2017/2018), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida hamda Rossiya va jahon chempionatlarida gʻalaba qozonishgan. Keyingi mavsumda ular kattalar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilishib, Tallin kubogining kumush medali sohiblariga aylanishgan.
Tarjimayi holi Krill Pavlovich 2003-yildan beri figurali uchish bilan shugʻullanadi, uning birinchi murabbiyi Tatyana Odinokova edi.
Ilgari yakkaxon konkida uchuvchi boʻlgan.
2009—2010, 2010—2011 va 2011—2012-yilgi mavsumlarda Yevgeniya Cherpakova bilan muz raqslarida chiqish qilgan. Ular Sankt-Peterburg maktabida taʼlim olganlar. 2014—2015-yilda toʻrtta Gran-pri bosqichida qatnashgan, jumladan Cup of China turnirida yettinchi oʻrinni egallagan.
2017—2018-yilgi mavsum Juftlik (Skotsova — Alyoshin) 2017 — 2018-yilgi mavsumda oʻzlarining soʻnggi oʻsmirlar darajasidagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida, shuningdek, Rossiya va jahon oʻsmirlar chempionatlarida gʻolib chiqqan.
2018—2019-yilgi mavsum 2018 — 2019-yilgi mavsumda juftlik kattalar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalarda debyut qilishgan. Oktyabr oyining ikkinchi yarmida — noyabr oyining birinchi yarmida ular kattalar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasining ikki bosqichida (Skate Canada va NHK Trophy) 10- va 7-oʻrinlarni egallashgan. Keyin juftlik Tallin kubogi musibaqasida chiqish qilishdi (bu mavsumda ISU nomzodlar seriyasi yoki Challenger seriyasi deb ataladigan ushbu turnirning kattalar toifasida) va kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.
Sport yutuqlari MusobaqaXalqaroGran-pri bosqichlari. Cup of China7Gran-pri bosqichlari. Cup of Russia93Gran-pri bosqichlari. NHK Trophy7Gran-pri bosqichlari. Skate Canada10Tallinn Trophy12Egna Dance Trophy2Santa Claus Cup1MilliyRossiya chempionati553Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati9531Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich31Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich4Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich11Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich221Xalqaro oʻsmirlarYoshlar Olimpiya oʻyinlari3Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati51Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali61Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Xorvatiya2Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Polsha31Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Belarus2Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Estoniya2Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Sloveniya3Volvo Open Cup4
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:24-aprelda tugʻilganlar