Abra, rasman Abra provinsiyasi – Filippinning Cordillera maʼmuriy mintaqasida joylashgan 3-toifadagi provinsiya hisoblanadi. Abra provinsiyasining markazi Bangued munitsipalitetidir. Abra provinsiyasi shimoli-gʻarbda Ilocos Norte, shimoli-sharqda Apayao, sharqda Kalinga, janubi-sharqda Mountain provinsiyasi va janubi-gʻarbda Ilocos Sur bilan chegaradosh.

Etimologiyasi Abra ispancha „abre“ soʻzidan olingan boʻlib, „darra“, „oʻtish“, „buzish“ yoki „ochish“ degan maʼnoni anglatadi. Bu soʻz birinchi marta ispanlar tomonidan Abra daryosining Gʻarbiy Filippin dengiziga qoʻyilish joyi „Banaoang deltasini“ (Rio Grande de Abrani) belgilash uchun ishlatilgan.

Tarixi

Mustamlakachilikdan oldingi davr Abraning dastlabki aholisi Bontocs va Ifugaoslarning ajdodlari edi.Bu aholi keyinchalik Mountain provinsiyasiga koʻchib oʻtishgan. Dastlabki aholining boshqa qatlamini Tingguianlar (yoki Itneglar) tashkil etgan.

Ispaniya mustamlakachiligi davri Tingguianlar nomi birinchi marta 1585-yilda Domingo de Salazarning Ispaniya qiroliga yozgan maktubida tilga olingan.

1598-yilda Bangued shahri ispan-Iloko qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Shahar egallanganidan soʻng oʻzlarining missionerlarini mahalliy aholidan himoya qilish uchun ispanlar oʻzlarining garnizonlarini tuzdilar. Shu yoʻl bilan ispanlar Tingguianlarni xristianlashtirishlari va hududdagi oltin konlarini topishni rejalashtirishgan edi.

Bangued, Vigan va Bantay shaharlari ispan missionerlari qaramogʻida boʻlgan. Fr. Esteban Marin va Fr. Agustin Minon 1598-yildayoq Banguedda ispaniya missiyasini tashkil etishgan. Ispaniya mustamlakasi ostidagi hududlarga 1612-yil 5-aprelda Fr. Pedro Columbo birinchi vazir etib tayinlandi. Augustinianlarning bu harakatiga Dominicanning Narvacan vazirligini egallashi sabab boʻlganga oʻxshaydi. Dominicanlar Narvacanni Abra shahrining boshqa hududlarini ham xristianlashtirish uchun missionerlik markaziga aylantirmoqchi boʻlishdi.Ushbu Dominicanlarning harakatini nazorat qilish uchun Augustinianlar Bangued shahrida vazirlik lavozimini tashkil qilishdi.

Bantaydagi cherkov ruhoniysi Fr. Juan Pareja OSA Abra provinsiyasini konvertatsiya qilishga rahbarlik qildi va shuning uchun 1626-yilda provinsiyaga keldi.

Fr. Jose Polanco „OP“ Abra provinsiyasi konvertatsiyasiga hissa qoʻshdi. Fr. Jose Polanco 1679-yilda Abra provinsiyasida vafot etgan. Mahalliy aholi uni avliyo deb hisoblashgan.

Fr. Bernardino Lago „OSA“ XIX asrning boshlarida provinsiyaga kelgan. 1823-yilda Fr. Bernardino Lago Pidigan shahrida oʻz ish faoliyatini boshlagan. 25 yildan soʻng Fr. Bernardino Lago bu shaharda mingga yaqin xristianlik markazlarini tashkil qilgan. Ular orasida quyidagi shaharlar ham mavjud edi:

Tayum, 1803-yil San-Gregorio, 1829-yil Pidigan, 1823-yil La Paz, 1832-yil Bucay, 1847-yil San Jose, 1848-yil Villavieja, 1862-yil San Quintin, 1868-yil Dolores, 1882-yil Pilar, 1882-yil San Juan, 1884-yil Alfonso XII, 1884-yil

Dastlab Abra hududi „El Abra de Vigan“ („Viganning ochilishi“) deb nomlangan.Filippinni Britaniya imperiyasi ishgʻol qilgan vaqtda Gabriela Silang va uning qoʻshini Ilocosdan Abra provinsiyasiga chekinishga majbur boʻlgan.

1818-yilda Ilocos mintaqasi Ilocos Norte va Ilocos Surga boʻlingan. 1846-yil 9-oktyabrda Abra provinsiyasi va gubernatorning qarorgohi Bucayda joylashgan mustaqil viloyatga aylandi. 1863-yilda poytaxt viloyatning eng qadimgi shahri Banguedga koʻchirildi. Bu 1899-yilda amerikaliklar kelguniga qadar shunday boʻlib qoldi.

Amerika davri 1908-yilda Filippin hukumati Abraning moliyaviy qiyinchiliklarini hal qilish uchun uni Ilocos Sur tarkibiga qoʻshib oldi. 1917-yil 9-martda Filippin Assambleyasi 2683-sonli qonunga binoan Abrani provinsiya sifatida qayta tashkil etdi.

Ikkinchi jahon urushi 1942-yilda Yaponiya qoʻshinlari Filippinni bosib oldi va Abra provinsiyasini egallab oldi. 

Abra provinsiyasi Filippin Hamdoʻstligi kuchlari va mahalliy Cordilleran partizanlari tomonidan 1945-yilda ikkinchi Jahon urushi oxirida Abra jangi paytida ozod qilingan. 

Yaqin tarixi Cordillera qabilalarining huquqlari uchun kurashgan inqilobchi marksist ruhoniy Conrado Balweg salib yurishini Abrada provinsiyasida boshlagan. 1987-yilda Balweg guruhining aʼzolari bilan tinchlik kelishuviga erishganidan soʻng Filippin hukumati Abrani oʻz ichiga olgan Cordillera maʼmuriy hududini tashkil qildi.

Geografiyasi Abra provinsiyasi Luson orolidagi Cordillera maʼmuriy hududining gʻarbiy qismida joylashgan.U shimoli-gʻarbda Ilocos Norte, shimoli-sharqda Apayao, sharqda Kalinga, janubi-sharqda Mountain provinsiyasi va janubi-gʻarbda Ilocos Sur provinsiyalari bilan chegaradosh hisoblanadi. Abra provinsiyasining umumiy yer maydoni ni tashkil qiladi.

Provinsiya gʻarbda Ilocos togʻ tizmalari va sharqda Markaziy Cordillera bilan chegaralangan. Abra daryosi provinsiya hududini ikkiga boʻlib oqib oʻtadi va Dolores munitsipaliteti yaqinidagi sharqiy togʻ tizmasidan boshlanuvchiTineg daryosiga qoʻshiladi.

Abra provinsiyasi 27 ta munitsipalitetdan iborat boʻlib, ularning barchasi Abraning Abraning yagona Kongress okrugiga hududiga kiradi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e4/Ph_fil_abra.png/220px-Ph_fil_abra.png|alt=Political map of Abra province showing its component municipalities|thumb MunitsipalitetlarAholisi2020-yilBangued†48,163Boliney3,573Bucay17,115Bucloc2,501Daguioman2,088Danglas4,192Dolores11,315LaPaz15,437Lacub3,403Lagangilang14,255Lagayan4,499Langiden3,1984,689Luba6,339Malibcong3,428Manabo10,761Peñarrubia6,640Pidigan12,185Pilar10,223Sallapadan6,622SanIsidro4,574SanJuan9,867SanQuintin5,438Tayum14,467Tineg5,097Tubo5,699Villaviciosa5,392Umumiy250,985 Demografiya 2020-yildagi aholini roʻyxatga olish koʻrsatkichlarida Abra provinsiyasi aholisi 250 985 kishini tashkil etdi. Aholi zichligi esa har kvadrat kilometr maydonga 60 kishidan toʻgri keladi.

Abra aholsining asosiy qismini Ilocano koʻchmanchilarining avlodlari va Tingguian qabilasi aʼzolari tashkil qiladi. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida Ilocano koʻchmanchilari umumiy aholining 71,94 % ini tashkil qilishi aniqlandi. Tingguian qabilasining avlodlari esa umumiy aholining 18,7 % ini tashkil qilgan. Provinsiyadagi boshqa etnik guruhlar ibanaglar (4,46 %), Itneglar  (3,17 %)  va Tagaloglar (0,42 %) dan iborat.Provinsiyadagi asosiy tillar Ilocano va Itneg tillari hisoblanadi.

Iqtisodiyot 1990-yil holatiga koʻra Abra provinsiyasida 743 kottej sanoati mavjud boʻlib, ulardan 208 tasi Savdo va sanoat departamentida(Filippin) roʻyxatga olingan. Mamlakat aholisining 59 % i hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.

Abra iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Qishloq xoʻjaligidagi asosiy ekinlar sholi, sabzavotlar va ildizmevalar hisoblanadi. Savdo mahsulotlariga qahva, tamaki va kokos kiradi. Aholi chorvachilik uchun keng yaylovlardan foydalanadi.

Infratuzilma

Quvvat taqsimoti Fayl:Abra_electric_utilities.svg

Hukumat Sobiq harbiy va saylangan gubernatorlar roʻyxati:

Don Ramon Tajonera va Marzal (harbiy gubernator): 1846-? Don Esteban de Penarrubia (harbiy gubernator): 1868-? Polkovnik William Bowen (harbiy gubernator): 1901-yil Juan G. Villamor (gubernator): 1902-1904 Joaquin J. Ortega (gubernator): 1904-1914 Rosalio G. Eduarte (gubernator): 1914-1916 Julio V. Borbon (gubernator): 1916-1922 Virgilio V. Valera (gubernator): 1922-1925 Eustaqio P. Purugganan (gubernator): 1925-1930 Virgilio V. Valera (gubernator): 1930-1936 Bienvenido N. Valera (gubernator): 1936-1939 Eustaqio P. Purugganan (gubernator): 1939-1941 Bernardo V. Bayquen (gubernator): 1941-1944 Zacarias A. Crispin (gubernator): 1944-1946 Juan C. Brillantes (gubernator): 1946-1947 Luis F. Bersamin (gubernator): 1947-1951 Lucas P. Paredes (gubernator): 1951-1953 Vene B. Pe Benito 1953-yilda gubernator vazifasini bajaruvchi edi Ernesto P. Parel (gubernator): 1953-1954 Jose L. Valera 1954-1963 Carmelo Z. Barbero (gubernator): 1963-1965 Petronilo V. Seares (gubernator): 1965-1971 Gabino V. Balbin (gubernator): 1971-1977 Arturo V. Barbero (gubernator): 1977-1984 Andres B. Bernos (gubernator): 1984-1986 Vicente P. Valera (gubernator): 1986-1987 Buenaventura V. Buenafe 1987-yilda gubernator vazifasini bajaruvchi edi Vicente Y. Valera (gubernator): 1988-1998 Constante B. Culangen 1998-yilda gubernator vazifasini bajaruvchi edi Maria Zita Claustro-Valera (gubernator): 1998-2001 Vicente Y. Valera (gubernator): 2001-2007 Eustaqio P. Bersamin (gubernator): 2007-2016 Maria Joselyn Valera Bernos (gubernator): 2016-yildan hozirgi kungacha.

Manbalar

Havolalar Media related to Abra (province) at Wikimedia Commons Geographic data related to Abra (province) at OpenStreetMap History articles and links on Bucay and Abra

Turkum:Provinsiyalar Turkum:1846