Navroʻz Ibodullayevich Rizayev (1969-yil 28-martda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek filologi va siyosatchisi, 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Tarjimai holi Navroʻz Ibodullayevich 1969-yil 28-martda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1996-yilda Tbilisi davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1988-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 37-maktabda voleybol toʻgaragi rahbari sifatida boshlagan. 1993-2006-yillarda „Oʻzteleradiokompaniya“ tizimida Oʻzbekiston radiosi „Axborot“ tahririyati sharhlovchisi, „Oʻzteleradiokompaniya“ raisi oʻrinbosari, „Axborot“ tahririyati direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2002-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Idoralararo apellyatsiya sudida muvofiqlashtiruvchi komissiya yetakchi mutaxassisi, 2016-2017-yillarda „Oʻzbekiston“ telekanali katta muharriri lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan buyon „Oʻzbekiston 24“ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi axborot-tahliliy dasturlar boʻlimi katta muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. 2020-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, parlamentning Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish qoʻmitasi a’zosi etib saylangan. Mukofotlari 2000-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan. 2019-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Samarqand Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar