Gavriil Dmitriyevich Kachalin (; 1911-yil 17-yanvar – 1995-yil 23-may) – sovet / rossiyalik futbolchi va murabbiy.
Sovet milliy futbol terma jamoasini eng katta yutuqlarga, 1956-yilgi Olimpiada oʻyinlarining oltin medallariga va 1960-yilda futbol boʻyicha Yevropa chempionatiga olib chiqgan. Uchta FIFA Jahon kubogida: 1958, 1962 va 1970-yillardagi jahon chempionatlarida murabbiylik qilgan.
Kachalin qoʻl ostida „Dinamo Tbilisi“ 1964-yilda oʻz tarixidagi birinchi Sovet Oliy Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va keyinchalik 1971 va 1972-yillarda ikki marta 3-oʻrinni egallagan. 1973-yilda Moskvaning Dinamo klubi 3-oʻrinni egallagan.
Futbolchilik faoliyati Kachalin oʻz faoliyatini 1928-yilda „Volniy Trud“ klubida boshlagan. Homel shahar futbol jamoasi va FC Dinamo Homel uchun oʻynadi. 1936-yildan 1942-yilgacha Moskvaning „Dinamo“ jamoasi uchun kurashgan. Faoliyati davomida SSSR oliy ligasining 36 ta oʻyinida maydonga tushib, 1937 va 1940-yillarda ikki marta chempion boʻlgan va 1937-yilda Moskvaning „Dinamo“ jamoasi bilan Sovet Ittifoqi kubogi sohibi boʻlgan. Bask mamlakati futbol jamoasiga qarshi ham oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati Gavriil Kachalin quyidagi klublar va terma jamoalar bosh murabbiyi boʻlgan:
FK Trudovye Rezervy Moskva (1945—1948) Lokomotiv Moskva (1949—1952) Futbol boʻyicha SSSR terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi sifatida (1954) Futbol boʻyicha SSSR terma jamoasi (1955—1958, 1960—1962, 1968—1970) Toshkentning „Paxtakor“ klubi (1963, 1975)Sbornaya Rossii po futbolu. Kachalin Gavriil Dmitrievich . Rusteam.permian.ru. Retrieved on 20 October 2016. „Dinamo Tbilisi“ (1964—1965, 1971—1972) SSSR 21 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasi (1965) SSSR milliy olimpiya terma jamoasi (1966—1968) „Dinamo Moskva“ (1973—1974)
Faoliyatining oxirida Kachalin Moskvaning „Dinamo“ yoshlar akademiyasida ishlagan. 1963-yilda Sovet futbol federatsiyasining murabbiylar kengashi raisi boʻlgan. FIFA texnik qoʻmitasi aʼzosi ham boʻlgan.
Yutuqlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0d/RU134-15.jpg/245px-RU134-15.jpg|thumb|245x245px| Kachalin „Futbol afsonalari“ turkumidagi 2016-yilgi rus markasida
Futbolchi sifatida Dinamo-Moskva
Sovet Oliy Ligasi (2): 1937, 1940 Sovet Kubogi (1): 1937-yil
Murabbiy sifatida Dinamo Tbilisi
Sovet oliy ligasi (1): 1964; Bronza medali (2): 1971, 1972
Dinamo Moskva
Sovet Oliy Ligasi bronza medali (1): 1973-yil
Sovet Ittifoqi
UEFA Yevropa chempionati (1): 1960-yil Yozgi Olimpiada oʻyinlari (1): 1956-yil
Moskva XI
SSSR xalqlari Spartakiadasi (1): 1956-yil
Mukofotlari
Mehnat Qizil Bayroq ordeni Xalqlar doʻstligi ordeni
Manbalar
Havolalar „Rossiya milliy futbol jamoasi“ veb-saytidagi profil Sovet futbolining bosh direktori // Aleksandr Titeev, „Chempionat“, 2011-yil 17-yanvar
Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustalari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Sovet Ittifoqi milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:FC Lokomotiv Moskva murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:FC Dinamo Moskva murabbiylari Turkum:FC Dinamo Tbilisi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar