Valeriy Borisovich Bextenev (1914-yil 8-dekabr, Barnaul – 1993-yil 25-fevral, Moskva) – sovet futbolchisi va murabbiyi. Yarim himoyachi, markazi hujumchi. SSSR sport ustasi.
Biografiyasi Futbolchilik faoliyatini Taganrogning „Dinamo“ klubida boshlagan.
Bextenev butun faoliyatini „Dinamo“ nomi atalgan klublarida oʻtkazgan. Rostov, Yerevan, Moskva, Minsk jamoalarida oʻynagan. „Dinamo“ Moskva klubi tarkibida SSSRning ikki karra chempioni: 1940 (6 oʻyin, 1 gol) va 1945 (1 oʻyin). Moskva „Dinamo“sining Buyuk Britaniyadagi turnesi ishtirokchisi (1945). Umuman olganda, u oliy ligada 64 ta oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyatini Frunze shahridagi „Trudoviye rezervi“da dastlab yordamchi, keyin murabbiy sifatida boshlagan. Keyinchalik Kishinyov va Gorkiy jamoalarini boshqargan. 1953—1954-yillarda SSSR sport qoʻmitasining futbol boʻlimi davlat murabbiyi boʻlib ishlagan. 1956-yilda yangi tashkil etilgan „Paxtakor“ klubini boshqargan va bir vaqtning oʻzida 1-Butunittifoq Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.
1959—1964-yillarda Moskvaning „Lokomotiv“ klubida yosh futbolchilarini tayyorlash guruhlarida murabbiylik qilgan. Anatoliy Kojemyakinning birinchi murabbiyi hisoblanadi. Keyinchalik, Krasnodarning „Kuban“ klubida bosh murabbiylik qilgan.
1993-yil 25-fevralda Moskvada vafot etgan.
Manbalar
Havolalar Valeriy Bextenev Footballfakst saytidagi profili Valeriy Bextenev Footballdatabase saytidagi profili
Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Dinamo Rostov klubi futbolchilari Turkum:FK Dinamo Yerevan futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Yangiyer futbol klubi murabbiylari Turkum:Alga futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston SSR milliy futbol terma jamoasi murabbiylari