Neamț okrugi () Ruminiya okrugi (județ), Moldaviya tarixiy mintaqasida joylashgan, markazi – Piatra Neamț. Okrug nomi Neamț daryosi nomidan olingan.

Demografiyasi

Aholisi 2011-yilda 470 766 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi 80/km² ni tashkil qilgan.

Ruminlar – 98,25 % Lipovanlar – 0,05 % Vengerlar (aniqrogʻi csángóslar) – 0,04 % Loʻlilar – 1,48 % va boshqalar

Yil Okrug aholisi National Institute of Statistics, „Populația la recensămintele din anii 1948, 1956, 1966, 1977, 1992 și 2002“ 1948 357 348 1956 419 949 1966 470 206 1977 532 096 1992 577 619 2002 554,516 2011 470 766 2022Toʻliq hisoblanmagan

Dinlari

Geografiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b5/Bistrita.cristibur.jpg/220px-Bistrita.cristibur.jpg|thumb| Bistrita vodiysi Neamț okrugining maydoni ni tashkil qiladi2017 Romanian Statistical Yearbook

Relyef gʻarbdan sharqqa qarab pasayib boradi. Gʻarbiy qismida balandligi dan ortiq boʻlgan Sharqiy Karpat togʻlari va Ceahlau massivining yuksak choʻqqilari bor. Bicaz daryosi boʻyida Cheile Bicazului kanyoni joylashgan. 1950-yillarda Bistrita daryosida Bicaz toʻgʻonining qurilishi Ruminiyadagi eng katta sunʼiy Bicaz koʻli (Izvorul Muntelui koʻli) paydo boʻlishiga olib keldi

Eng past nuqtasi gʻarbiy tomonida taxminan lar atrofida boʻlib, Siret daryosi vodiysi boʻyida joylashgan.

Qoʻshni hududlar

Sharqda Iasi va Vaslui okruglari. Gʻarbda Hargita okrugi. Shimolda Suceava okrugi. Janubda Bacău okrugi.

Iqtisodiyoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/33/Bicaz_Dam.jpg/220px-Bicaz_Dam.jpg|thumb|220x220px| Bicaz toʻgʻoni Okrugning asosiy sanoat tarmoqlari

Kimyo Mexanik qismlar Toʻqimachilik Oziq-ovqat mahsulotlari Qurilish materiallari

Ruminiyadagi eng katta toʻgʻonlardan biri, Bistrita daryosi boʻylab qurilgan Bicaz toʻgʻoni boʻlib, Bicaz koʻlini tashkil qiladi; koʻl suvi Bicaz-Stejaru GESida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Turizmi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/70/Varatec1.cristibur.jpg/220px-Varatec1.cristibur.jpg|thumb| Văratec monastiri cherkovi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a7/Ceahlau6.jpg/220px-Ceahlau6.jpg|thumb| Ceahlau massivi Neamț okrugi dunyoda har kvadrat kilometrga eng koʻp monastirlar joylashgan hudud sifatida tanilgan. Neamț monastirining monumental cherkovi Moldaviya cherkovlari va monastirlari uchun namuna boʻlgan. Katta oʻziga xoslik va stilistik birlikka ega boʻlgan Moldaviya sanʼati uslubi gotika elementlarini Vizantiya naqshlari bilan uygʻunlashtirish orqali ishlab chiqilgan.

Okrug Ruminiyaning 9 milliy bogʻidan ikkitasini oʻz ichiga oladi: Ceahlau massivi va Vânători-Neamț tabiiy bogʻi.

Okrugning asosiy sayyohlik joylari quyidagilar hisoblanadi:

Piatra Neamț shahri, oʻrta asrlar maydoni va changʻi inshootlari; Roman shahri monastirlari Agapia Bistrita Durau Horaita Neamt Pângărati Petru Voda Războieni Secu Sihăstria Sihla Văratec Vânători-Neamţ tabiat bogʻi Târgu Neamțdagi Neamț qal’asi Ceahlau milliy bogʻi Bicaz kanyoni – „Cheile Bicazului“ Durău changʻi kurorti Hanu Ancutei

Siyosatchilar 2020-yilgi mahalliy saylovlarda yangilangan Neamț okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 34 maslahatchidan iborat:     Partiya Oʻrinlar Hozirgi okrug kengashi   Sotsial Demokratik Partiya (PSD) 13                             Milliy Liberal Partiya (PNL) 11                             Save Romania Union (USR) 4                             Xalq Harakati Partiyasi (PMP) 3                             PRO Romania (PRO) 3                          

Maʼmuriy boʻlinmalari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c8/Piatraneamtvedereaeriana.jpg/220px-Piatraneamtvedereaeriana.jpg|thumb| Piatra Neamț () link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/83/Muzeul_de_Istorie_Roman.jpg/220px-Muzeul_de_Istorie_Roman.jpg|thumb| Romandagi tarix muzeyi Neamț okrugida 2 ta munitsipalitet, 3 ta shahar va 78 ta kommuna mavjud.

Munitsipalitetlar Markazi – Piatra Neamț; Aholisi: 77,393 kishi (2011-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra) Romanilar: 45,344 kishi (2011-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra) Shaharlar Bicaz Roznov Târgu Neamț

Taniqli mahalliy aholi

Sergiu Celibidache, dirijyor Vasile Conta, faylasuf Ion Creangă, yozuvchi Virgil Georgiu, yozuvchi Řtefan Macovei, zamonaviy haykaltarosh Nicodim Munteanu, patriarx

Tarixiy okrugi

Okrug Ruminiyaning shimoli-sharqiy qismida, Moldaviya mintaqasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Bugungi kunda sobiq okrug hududining katta qismi hozirgi Neamț okrugi tarkibiga kiradi. U shimolda Campulung, shimoli-sharqda Baia, sharqda Roman, janubda Bacau, janubi-gʻarbda Ciuc va gʻarbda Mureş okrugilari bilan chegaradosh edi.

Maʼmuriyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/28/1938_map_of_interwar_county_Neamt.jpg/310px-1938_map_of_interwar_county_Neamt.jpg|right|thumb|310x310px| 1938-yilda tuzilgan Neamț okrugi xaritasi. 1930-yilda okrugda toʻrtta tuman (plăși) bor ediPortretul României Interbelice – Județul Neamț:

Bistrita de Mijloc Muntele Neamț

1938-yilda okrugda beshta tuman bor boʻlgan:

Bistrita, 45 qishloqdan iborat va markazi – Roznov Muntele, 53 qishloqdan iborat va markazi – Broşteni I.Gh. Duca, 39 qishloqdan iborat Răsboeni, 56 qishloqdan iborat va markazi – Răsboeni Cetatea Neamț, 15 qishloqdan iborat va markazi – Târgu Neamț.

Piatra Neamțdan tashqari okrugda ikkita: Târgu Neamț va Buhusi shahar munitsipaliteti (shaharlari) boʻlgan.

Aholisi 1930-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 198 223 kishi, 90,3 % ruminlar, 6,3 % yahudiylar, 1,2 % vengerlar, shuningdek, boshqa ozchiliklardan iborat ediRecensământul general al populației României din 29 decemvrie 1930, Vol. . Diniy nuqtai nazardan aholining 90,5 % Sharqiy pravoslav, 6,7 % yahudiy, 2,3 % Rim-katolik, shuningdek, boshqa ozchiliklarni tashkil etgan.

Shahar aholisi 1930-yilda okrugning shahar aholisi 47 957 kishini tashkil etdi, ularning 69,6 % ruminlar, 24,7 % yahudiylar, 1,3 % vengerlar, shuningdek, boshqa ozchiliklardan iborat edi. Diniy nuqtai nazardan shahar aholisi 69,7 % sharqiy pravoslavlar, 25,2 % yahudiylar, 3,4 % rim katoliklari, shuningdek, boshqa ozchiliklardan iborat boʻlgan.

Manbalar <div class="reflist">

Havolalar

neamt.ro – Neamț okrugi haqidagi veb-sayt prefecturaneamt.ro – Neamț prefekturasi

Turkum:Ruminiya okruglari