Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 29-fevral, 2020-yil holatiga koʻra, shaharchada 2678 ta xonadonda 7506 nafar aholi istiqomat qilganMamurogawa Town official statistics , aholi zichligi 1 km² ga 20 kishini tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni 374,29 kvadrat kilometr (145 mi²).

Geografiyasi Mamurogava shimoliy Yamagata prefekturasida joylashgan boʻlib, shimolda Akita prefekturasi bilan chegaradosh. Shahar Shinjo vodiysida joylashgan hamda har tomondan past togʻlar bilan oʻralgan. Mamurogavaning shimoli-sharqiy qismida Ou togʻlari qad roslagan. Bu hudud qishda kuchli qor yogʻishi bilan ham mashhur.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Yamagata prefekturasi Sakata, Yamagata Shinjo, Yamagata Sakegava, Yamagata Kaneyama Akita prefekturasi Yurihonjo, Akita Yuzava, Akita

Iqlimi Mamurogava nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi jumladan, juda issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish singari. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Mamurogavada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng nam oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan qayd etilgan.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraMamurogawa population statistics, Mamurogava aholisi soni 1950-yillarda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻsha paytdan buyon uning soni yarmidan koʻproqqa kamaygan. Hozir bu bir asr olding statistikaga qaraganda kamroq natija koʻrsatadi.

Tarixi Hozirgi Mamurogava hududi qadimgi Deva provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Sengoku davrida bu hududda Sakenobe qal’asi joylashgan. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Mogami tumani tarkibiga kiritildi. Mamurogava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Mamurogavada Yaponiya imperatorlik armiyasi tomonidan uchuvchilarni tayyorlash uchun aviabaza tashkil etilgan. Aviabaza hududi hozir park va mahalliy oʻrta maktab hududining bir qismi hisoblanadi. Mamurogava 1950-yil 1-aprelda shahar maqomiga koʻtarildi. 1954-yil 1-avgustda u qoʻshni Araki va Nozoki qishloqlarini oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.

Iqtisodiyoti Mamurogava iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi Mamurogavada uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transport tizimi

Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

Mamurogava — Kamabuchi — Ōtaki - Nozoki

Magistral yoʻl

Tōhoku-Chūō Expressway — Mamurogava almashinish bekati Milliy yoʻnalish 13 Milliy yoʻnalish 344

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Kabusan prefekturasi bogʻi Tokasaka toʻgʻoni

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt

Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Mamurogava, Yamagata