„Kamalak“ bolalar tashkiloti oʻn yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida iqtidori va isteʼdodini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi. Loyiha 2001-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan boʻlib, 2024-yilda tugatilgan va oʻrniga „Oʻzbekiston bolalar tashkiloti“ tashkil etilgan.
Maqsadi Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi bolalarni milliy gʻoya asosida Vatanning sodiq farzandlari va komil inson etib tarbiyalash, ularning huquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, isteʼdod va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat.
Faoliyati Tashkilot oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining ustavi hamda tashkilotning nizomi asosida amalga oshiradi. Tashkilot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining tuzilmalariga ega.
Shiori Tashkilotning bosh shiori: „Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!“.
Xalqaro hamkorlik „Kamalak“ bolalar tashkilotining faol aʼzolari Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan „Hamdoʻstlik bolalari“ xalqaro madaniy-maʼrifiy forumida ishtirok etishgan. Shuningdek, Belorussiyada joylashgan „Zubryonok“ bolalar oromgohida ham dam olib kelishgan.
Faoliyatining tugatilishi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2024-yil aprel oyida „Kamalak“ bolalar tashkiloti negizida „Oʻzbekiston bolalar tashkiloti“ tashkil etilgan.
Manbalar
Havolalar „Kamalak“ bolalar tashkilotiga murojaat qilish
Turkum:Oʻzbekiston tashkilotlari Turkum:2001-yilda tashkil etilgan tashkilotlar