Antonio Milić () (1994-yil 10-martda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Polshaning Lech Poznan klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Hajduk Split "Hajduk Split" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Antonio birinchi ligadagi oʻyinini 2011-yil 26-noyabrda „Sibenik“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha mavsumda u ligada faqat bitta oʻyinda maydonga tushgan. Bosh murabbiy Balakov „Hajduk“ni tark etgan. Shundan soʻng Antonio asosiy tarkibda maydonga tusha boshlagan.

2012-13 Prva HNLda u asosiy jamoada muntazam ravishda maydonga tushgan. Jamoa murabbiyi Misho Krstichevich Milićni asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylantirgan, koʻpincha yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. U 2012/13-yilgi UEFA Yevropa ligasida „Inter“ni „ San-Siro“da 2:0 hisobida magʻlub etishda muhim rol oʻynagan. Milić Prva HNLda oʻynab ajoyib oʻyinlar koʻrsatgan. Antonio Milić va Josip Radoshević birgalikda Prva HNLda eng yaxshi himoya juftligini vujudga keltirishgan. Qishki tayyorgarlik chogʻida Milić jarohat olibdeyarli ikki oyga safdan chiqqan va Poljudda Slaven Belupoga qarshi safar oʻyinida maydonga tushib hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qilgan. Bu gol Milićning jamoasiga 2012/2013-yilgi Xorvatiya kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. 2013-yilning may oyida Antonio „Hajduk“ bilan yangi shartnoma imzolagan va u 2015-yilgacha klubda qolaishi kelishib olingan. 2013-yilning may oyida Milić jamoasi bilan Xorvatiya kubogini qoʻlga kiritgan.

Yangi bosh murabbiy Igor Tudor qoʻl ostida Antonioning jamoadagi ampulasi oʻzgargan maydonga kam tusha boshlagan. U barcha musobaqalarda 22 oʻyin oʻtkazgan.

Oostende 2014-yilning 20-dekabrida Milić Belgiyaning KV Oostende klubiga 500 ming yevro evaziga oʻtishi maʼlum boʻlgan.

Anderlecht Ostendedagi ajoyib uch yillik mavsumidan soʻng, Milić 2018-yil yanvar oyi oxirida „Anderlecht“ga qoʻshilishga kelishib olingan, biroq tarnsfer oynasi yopilib qolganligi tufayli ular bilan rasmiy shartnoma imzolay olmagan. 2018-yil 22-may kuni Milić jamoadoshi Knowledge Musona bilan birga Anderlecht jamosiga koʻchib oʻtgani va jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.

Rayo Vallecano (ijara) 2019-yilning 30-avgustida Milić Ispaniya Segunda divizionining „Rayo Vallecano“ jamoasiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.

Lech Poznan 2021-yil 10-yanvarda Milić „Anderlecht“dan Polshaning „Lech Poznan“ jamoasiga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati Milić Xorvatiya terma jamoasiga birinchi marta 2017-yil oktyabr oyida Ukrainaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida chaqirilgan.

2018-yilning avgust oyida u Xorvatiya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasi tarkibida Ispaniya va Angliyaga qarshi oʻyinlar uchun chaqirilgan. 2018-yil 6-sentyabrda Milić Xorvatiya terma jamoasi safida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHajduk Split2011—2012Prva HNL20———202012—2013Prva HNL2630020—2832013—2014Prva HNL1822020—2222014—2015Prva HNL1121050—172Total5773090—697Oestende2014—2015Pro Liga51———512015—2016Pro Liga33210——3422016—2017Birinchi A Divizion31540——3352017—2018Birinchi A Divizion3513020—401Jami10499020—1159Anderlecht2018—2019Birinchi A Divizion2100040—2502020—2021Birinchi A Divizion—————Jami2100040—250Rayo Vallecano (Ijara)2019—2020Segunda Divizión18020——200Lech Poznań2020—2021Ekstraklasa9020——1102021—2022Ekstraklasa26420——2842022—2023Ekstraklasa0000201030Jami354402010424Karyerada jami236201701701027120

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xorvatiya 2018 3 0 Jami 3 0

Yutuqlari Hajduk Split

Xorvatiya U-19 chempionati : 2012-yil Xorvatiya kubogi : 2012/2013

Lech Poznan

Ekstraklasa : 2021/2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar