Mark Alexander McKenzie () 1999-yil 25-fevral sanasida AQShning Nyu-York shahrida tugʻilgan. Belgiyaning „Genk“ klubi va AQSh terma jamoasi himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati Mark McKenzie „Philadelphia Union“ klubining bitiruvchisi. 2016-yilda u „Bethlehem Steel“ farm klubiga jalb etila boshladi va 5-iyun kuni „New York Red Bulls II“ga qarshi USLda debyut qildi.
2017-yilda Mark McKenzie „Wake Forest“ universitetiga oʻqishga kirdi va universitetning futbol jamoasida oʻynay boshladi.
2021-yil 7-yanvarda Mark McKenzie Belgiya chempionatining „Genk“ klubiga oʻtib, 2025-yilning oʻrtalarigacha 4,5 mavsumga shartnoma imzoladi. Matbuot xabariga koʻra, transfer summasi 6 million dollardan ortiqni tashkil qilgan. U „Genk“ safida debyutini 24-yanvar kuni „Brugge“ ga qarshi oʻtkazdi.
Xalqaro karyerasi 2018-yilda Mark McKenzie AQSh yoshlar jamoasi bilan KONKAKAF yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u AQSH Virjiniya orollari, Trinidad va Tobago, Surinam, Meksika, Gonduras va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Trinidadliklar va Virjiniyalarga qarshi janglarda Mark McKenzie gol urdi.
2019-yilda Mark McKenzie Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Nigeriya, Qatar va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
2020-yil 1-fevral kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Mark McKenzie AQSh terma jamoasi safida debyut qildi.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBethlehem Steel201630――30201760――60201820――20201960――60Jami1700000170Philadelphia Union201820030―23020199010―1002020262――262Jami5524000592K. R. C. Genk2020-2113030―1602021-2222030302802022-237000―70Jami4206030510Umumiy karyerasida1142100301272
Yutuqlari
„Philadelphia Union“
MLS muntazam mavsum gʻolibi: 2020
Belgiya kubogi sohibi: 2020-2021
KONKAKAF Millatlar ligasi gʻolibi: 2019—2020-yil
KONKAKAF yoshlar chempionati gʻolibi: 2018-yil
KONKAKAF yoshlar chempionati ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2018-yil MLS ramziy jamoasi aʼzosi — Back Tournament (2020) MLS ramziy jamoasi aʼzosi: 2020-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar