Damir Milinović ()(1972-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U boshqargan eng oxirgi jamoa „Orijent 1919“.

Klubdagi faoliyati Rijekada tugʻilgan Milinović faoliyatining koʻp qismini mahalliy klub Rijekada oʻtkazgan. Rijeka bilan ajoyib mavsumdan soʻng, klub soʻnggi oʻyinda chempionlik uchun kurashda magʻlubiyatga uchragan, Milinović 2000-yilning yozida VfL Bochum bilan shartnoma imzolab, Germaniyaga joʻnab keetgan. Bochum Bundesligada soʻnggi oʻrinni egallab, quyi ligaga tushib qolgani sababli, Milinović atigi bir mavsumdan soʻng Rijekaga qaytgan. U yakuniy mavsum chempioni NK Zagrebga qoʻshilgunga qadar Rijekada yarim mavsum oʻtkazgan. 2003-yil yanvar oyida Milinović Rijekaga uchinchi marta qaytib kelgan va u yerda bir yarim mavsum oʻtkazgan. Oradan biroz vaqt oʻtib Zagrebning „Dinamo“siga qoʻshilgan. Milinović „Dinamo“ni yarim mavsumdan soʻng tark etgan va „Red Bull Zalsburg“ jamoasiga qoʻshilgan. Milinović Avstriyadagi yarim mavsumdan soʻng Xorvatiyaga qaytib, ikkinchi divizion vakili „Pomorac Kostrena“ bilan shartnoma imzolagan. Pomorac bilan ikki mavsumdan soʻng Milinović 2007-yilning yozida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati Milinović Xorvatiya terma jamoasida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.

Murabbiylik faoliyati Milinović nafaqaga chiqqanini eʼlon qilganidan bir necha oy oʻtgach, oʻzining soʻnggi klubi Pomorac Kostrenaning bosh murabbiyi etib tayinlangan. Pomoracda u ancha muvaffaqiyat qozongan, ikkinchi divizionni top-klublar orasida yakunlagan va Xorvatiya kubogining chorak finaliga qadar yetib borgan. Milinović 2010-yilda „Pomorac“ni tark etgan va uchinchi divizion vakili NK Grobnichanni qabul qilgan. Milinović boshchiligida Grobnichan uchinchi divizionning oʻrtamiyona klubidan liganing eng yaxshi klublaridan biriga aylangan.

2012-yil may oyida Milinović HNK Goritsa bosh murabbiyi etib tayinlangan. Milinović Goritsada atigi olti oy oʻtkazgan, u 2012-yilning noyabrida mavsumning birinchi yarmidagi natijalardan soʻng isteʼfoga chiqgan. 2013-yil yanvar oyida Milinović uchinchi divizion vakili Novigradni qabul qilgan. U 2015-yil 9-sentabrda yana Goritsa bilan shartnoma imzolagan, ammo 2017-yilning 30-martida ishdan boʻshatilgan. 2017-yil avgust oyida Milinović Sloveniyaning „Koper“ klubini boshqara boshlagan.

2020-yil 28-avgustda Milinović ikkinchi divizion vakili Orijent 1919 bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Faoliyat statistikasi

Klub Klubdagi faoliyatiLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolXorvatiyaLigaXorvatiya KubogiSuper KubokYevropaJami1992—93Orijent2. HNL — Janub101993—94201994—95RijekaPrva HNL211412521995—96323513741996—97262212931997—98Croatia ZagrebPrva HNL30100040Rijeka1421421998—99RijekaPrva HNL301103111999—20002402020260GermaniyaLigaDFB-PokalDFL-SuperkubogiYevropaJami2000—01VfL BochumBundesliga20020220XorvatiyaLigaXorvatiya KubogiSuper KubokYevropaJami2001—02RijekaPrva HNL8141122NK Zagreb1111422002—031401010211812003—04RijekaPrva HNL291503402004—05Dinamo ZagrebPrva HNL140201070240AvstriyaLigaÖFB KubogiAvstriya SuperkubogiYevropaJami2004—05Austria SalzburgAvstriya Bundesliga10010110XorvatiyaLigaXorvatiya KubogiSuper KubokYevropaJami2005—06Pomorac Kostrena2. HNL — Janub203002032006—072. HNL17100171DavlatXorvatiya275192852011131625Germaniya200200000220Avstriya100100000110Jami305193252011135025

Xalqaro oʻyinlar Xorvatiya terma jamoasi YilOʻyin Gol 1997-yil 1 0 1998-yil 0 0 1999-yil 3 0 Jami 4 0

Yutuqlari NK Zagreb

Xorvatiya birinchi ligasi : 2001-02

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar