thumb| link=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c3/FIFA_Womens_World_Cup_2015.png/420px-FIFA_Womens_World_Cup_2015.png|right|thumb| 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yettinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo davlatlar futbol assotsiatsiyalarining ayollar terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionatidir. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga birinchi marta Kanada davlati (bu uchinchi bor Shimoliy Amerika mintaqasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi edi) mezbonlik qildi. Turnir doirasidagi oʻyinlar Kanadaning oltita shahrida beshta vaqt mintaqasida oʻtkazildi. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2015-yil 6-iyunda boshlangan va 2015-yil 5-iyulda final oʻyinida AQSh terma jamoasining Yaponiya ayollar terma jamoasi ustidan qozonilgan gʻalabasi bilan yakunlangan.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati qamrovi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatigi 16 ta jamoadan 24 tagacha kengaytirildi. Kanada ayollar milliy futbol terma jamoasi toʻgʻridan-toʻgʻri mezbon sifatida ishtirok etdi va qolgan 23 kvota uchun ayollar futbolidagi 134 ta terma jamoalardan iborat saralash turniri oʻtkazildi. 2015-yilgi kengaytirilgan turnir natijasida sakkizta terma jamoa FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qildi.

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiining avvalgi barcha finalchil jamoalari turnirda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar. Ular orasida amaldagi chempion Yaponiya va sobiq chempion jamoalar: Germaniya (2003, 2007) va AQSh (1991, 1999) bor edi.

Quyida 2015-yilning 6-iyunidan 5-iyuligacha Kanadada boʻlib oʻtgan ayollar futbol assotsiatsiyasining eng nufuzli xalqaro futbol turniri boʻlgan 2015-yilgi FIFA Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati jamoalari roʻyxati. Turnirda ishtirok etayotgan 24 ta terma jamoa 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni, jumladan, uchta darvozabonni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak edi. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida faqat ushbu tarkibdagi futbolchilar qatnashish huquqiga ega edi. Jamoalarni FIFAga yakuniy jamoalar tarkibini topshirishning oxirgi muddati 2015-yil 25-may edi.

Futbolchilarning oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar statistikasi, klubga mansubligi va yoshi boʻyicha umumiy maʼlumotlari 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining 2015-yil 6-iyundagi ochilish kunidagi holatga koʻra berilgan.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi

Kanada Bosh murabbiy: Jon Herdman

Yakuniy 23 nafar futbolchidan iborat tarkib 2015-yil 27-aprelda e’lon qilindi.

Xitoy Bosh murabbiy: Hao Wei

2015-yilning 17-aprelida 2015-yilning 14-mayida 25 nafar futbolchiga qisqartirildi. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yilning 28-mayida e’lon qilindi.

Niderlandiya Bosh murabbiy: Rojer Raijners

23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yilning 10-mayida e’lon qilindi. Claudia van den Heiligenberg jarohati tufayli safdan chiqdi va uning oʻrniga Shanis van de Sanden maydonga tushdi.

Yangi Zelandiya Bosh murabbiy: Tony Readings

2015-yilning 19-martida 20 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi. Yakuniy roʻyxat 2015-yil 14-mayda eʼlon qilindi.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi

Germaniya Bosh murabbiy: Silvia Neid

2015-yil 11-mayda 27 nafar futbolchidan iborat dastlabki roʻyxat e’lon qilindi. Yakuniy tarkib 2015-yil 24-mayda e’lon qilindi.

Kot-d'Ivuar Bosh murabbiy: Clementine Toure

2015-yil 15-mayda 23 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi.

Norvegiya Bosh murabbiy: Hatto Pellerud

35 nafar futbolchidan iborat dastlabki tarkib 2015-yil 23-aprelda eʼlon qilingan. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 13-may kuni eʼlon qilindi. Carolin Graham Hansen jarohati tufayli safdan chiqdi va uning oʻrniga Anja Sonstevold maydonga tushdi.

Tailand Bosh murabbiy: Nuengrutai Srathongvian

2015-yil 19-mayda 28 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi. Yakuniy tarkib 2015-yil 26-mayda aniqlangan. 2015-yil 6-iyunda Nattaya Duanjanthuek Irravadee Makris oʻrnini egalladi.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati C Guruhi

Kamerun Bosh murabbiy: Carl Enow

2015-yil 17-aprelda 25 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi.

Ekvador Bosh murabbiy: Vanessa Arauz

2015-yil 24-aprelda 25 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi. Yakuniy tarkib 2015-yil 15-mayda e’lon qilindi.

Yaponiya Bosh murabbiy: Norio Sasaki

Yakuniy roʻyxat 2015-yil 1-mayda eʼlon qilingan.

Shveysariya Bosh murabbiy: Martina Voss-Tecklenburg

2015-yil 13-mayda 27 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yilning 22-mayida e’lon qilindi.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati D Guruhi

Avstraliya Bosh murabbiy: Alen Stajcic

23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yil 12-mayda e’lon qilindi.

Nigeriya Bosh murabbiy: Edvin Okon

2015-yil 19-mayda 26 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi. Yakuniy tarkib 2015-yil 27-mayda aniqlangan.

Shvetsiya Bosh murabbiy: Pia Sundhage

23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yilning 11-mayida e’lon qilindi.

Amerika Qoʻshma Shtatlar Bosh murabbiy: Jill Ellis

23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yil 14-aprelda e’lon qilindi.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati E Guruhi

Braziliya Bosh murabbiy: Vadao

Jamoaning yakuniy tarkibi 2015-yil 25-mayda eʼlon qilingan. Turnir arafasida Rafinha tizzasidan jarohat olgan Erikaning oʻrniga chaqirildi.

Kosta-Rika Bosh murabbiy: Ameliya Valverde

Jamoaning yakuniy tarkibi 2015-yil 20-mayda eʼlon qilingan.

Janubiy Koreya Bosh murabbiy: Yun Deok-yeo

2015-yil 30-aprelda 23 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi.

Ispaniya Bosh murabbiy: Ignasio Keereda

23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2015-yilning 11-mayida e’lon qilindi.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati F Guruhi

Kolumbiya Bosh murabbiy: Fabian Taborda

2015-yilning 1-mayida 25 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi. Yakuniy roʻyxat 2015-yil 20-mayda eʼlon qilindi.

Angliya Bosh murabbiy: Mark Sampson

Jamoa yakuniy tarkibi 2015-yil 11-mayda eʼlon qilingan.

Fransiya Bosh murabbiy: Philippe Bergeruoo

2015-yil 23-aprelda 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibi eʼlon qilindi.

Meksika Bosh murabbiy: Leonardo Cuellar

2015-yil 11-mayda 24 nafar futbolchidan iborat tarkib eʼlon qilindi. Yakuniy roʻyxat 2015-yil 20-mayda chop etilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:WikiAyollar Turkum:FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati