Pavel Ploc — (1964-yil 15-iyunda tugʻilgan) sobiq chexiyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sportchi, Chexoslovakiya uchun kurashgan va ikkita Olimpiya medalini qoʻlga kiritgan.
Faoliayti Qishki Olimpiya oʻyinlarida Pavel 1988-yilda yakka tartibli oddiy tepalikda kumush medalini va 1984-yilda yakka tartibli katta tepalikda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ploc shuningdek, XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida (1984-yil va 1989-yillar) Jamoaviy katta tepalik musobaqasida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. Jumladan, u XCHF changʻi uchish boʻyicha Jahon chempionatida 1983-yilda kumush va 1985-yilda bronza bilan ikkita medalni qoʻlga kiritgan.
Ploc changʻida sakrash boʻyicha oʻzining faol faoliyatini 1992-yilda yakunlagan va 1996-yilda Chexiyaning Xarrachov shahrida Bed&Breakfast ochgan. 1996—2002-yillarda Xarracov shahar kengashi deputati etib saylangan. 2002-yilda Chexiya parlamenti deputatligiga nomzodini qoʻyib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo 2006-yilda bu oʻrinni qoʻlga kiritgan va Chexiya sotsial-demokratik partiyasidan (ČSSD) Chexiya parlamentining quyi palatasi deputati etib tayinlangan.
1983-yil 19-martda changʻida uchish boʻyicha 7-jahon chempionatida Chexoslovakiyaning Xarraxov shahridagi Chertakda 181 metr (594 fut) balandlikda changʻidan sakrash boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan.
Jahon chempionati Jahon miqiyosidagi shohsuppalarni 1983—1984-yilgi Jahon chempionatidagi ilk shohsuppasi yaʼni bronza medali bilan boshlagan. Oradagi uch yillik muvafaqqiyatsiz mavsumlardan soʻng 1987—1988-yilgi Changʻida sakrash Jamon chempionatida yana shohsuppaga koʻtrilgan. Bu galgi gʻalabani kumush medal bilan nishonlagan.
Turnir jadvali Mavsum Umumiy bahslarda 1981—1982-yil 38 46 Yoʻq 1982—1983-yil 11 7 Yoʻq 1983—1984-yil 5 Yoʻq 1984—1985-yil 7 10 Yoʻq 1985—1986-yil 13 48 Yoʻq 1986—1987-yil 39 14 Yoʻq 1987—1988-yil 28 Yoʻq 1988—1989-yil 19 11 Yoʻq 1989—1990-yil 7 18 Yoʻq 1990—1991-yil 20 — —
Changʻidan sakrash boʻyicha Jahon rekordi Sana Tepalik Manzil Metr Ballar 1983-yil 19-mart Čerťák K185 Xarraxov, Chexoslovakiya 181 594
Manbalar